Xudayberdieva Sevara Boxodir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/P1014.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.P.03.02. 
Rasmiy opponentlar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent  davlat sharqshunoslik universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillarini empirik jihatdan o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
turli oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlarning oila mustahkamligiga ta’siri ijtimoiy identifikatsiyasining simpatiya hissini kuchayishi asosida barqarorlashuviga ko‘ra, oiladagi farzand tarbiyasiga nisbatan rolli kutilmalar asimmetriyasiga bog‘liq ravishda dinamik namoyon bo‘lishi dalillangan;
oilaviy hayot sikllarida oilaviy muhit dinamikasi shaxslararo munosabatlarda milliy qadriyatlarga muvofiq erkaklarda o‘ziga ishonch, rahmdillik, ayollarda esa itoatkorlikning dominant namoyon bo‘lishiga asoslanib muloqotdagi ijtimoiy ustanovkalar va konformistik pozisiyaning integrativ shakllanishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlash er-xotinning o‘zaro munosabatlaridagi qadriyatlar transformatsiyasini ijtimoiy faollik darajasini ortishiga adaptiv integratsiyasiga muvofiq, ota va onaning farzandni emotsional qabul qilishidagi qarashlari va ideallarining yakdil qadriyat sifatidagi ta’siriga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
turli oilaviy hayot sikllarida barqaror shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishi er-xotinlar orasidagi o‘zaro va oilaviy hayotga bo‘lgan psixologik, emotsional, kommunikativ ustanovkalar hamda majburiyatlarining taqsimotiga asoslanib er va xotinning ijtimoiy rollariga xos ekspressiv-hissiy holatlarni bola tarbiyasiga oid ota-onalik rollariga integratsiyasi ta’sirida felisitologik pozisiyani yuzaga kelishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari» yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
turli oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlarning oila mustahkamligiga ta’siri ijtimoiy identifikatsiyasining simpatiya hissini kuchayishi asosida barqarorlashuviga ko‘ra, oiladagi farzand tarbiyasiga nisbatan rolli kutilmalar asimmetriyasiga bog‘liq ravishda dinamik namoyon bo‘lishi dalillanganligiga doir takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 28-avgustdagi PM–438-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM–438 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalla oilalari va FXDY  boʻlimida oilalarni mustahkamlash uchun aholi va yoshlarga tavsiyalar berilgan;
oilaviy hayot sikllarida oilaviy muhit dinamikasi shaxslararo munosabatlarda milliy qadriyatlarga muvofiq erkaklarda o‘ziga ishonch, rahmdillik, ayollarda esa itoatkorlikning dominant namoyon bo‘lishiga asoslanib muloqotdagi ijtimoiy ustanovkalar va konformistik pozisiyaning integrativ shakllanishiga bog‘liq ekanligi aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 28-avgustdagi PM–438-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM–438 a-son ma’lumotnomasi). Natijada,  mahalla oilalari va FXDY  bo‘limida oilalarni mustahkamlash uchun aholi va yoshlarga tavsiyalar berish uchun vakolatli mutaxassislarga amaliy faoliyatiga zarur bo‘lgan tavsiyalar taqdim etilgan;        
oilaviy hayot sikllarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini ta’minlash er-xotinning o‘zaro munosabatlaridagi qadriyatlar transformatsiyasini ijtimoiy faollik darajasini ortishiga adaptiv integratsiyasiga muvofiq, ota va onaning farzandni emotsional qabul qilishidagi qarashlari va ideallarining yakdil qadriyat sifatidagi ta’siriga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 28-avgustdagi PM–438-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM–438 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada «ota-ona–bola» munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
turli oilaviy hayot sikllarida barqaror shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishi er-xotinlar orasidagi o‘zaro va oilaviy hayotga bo‘lgan psixologik, emotsional, kommunikativ ustanovkalar hamda majburiyatlarining taqsimotiga asoslanib er va xotinning ijtimoiy rollariga xos ekspressiv-hissiy holatlarni bola tarbiyasiga oid ota-onalik rollariga integratsiyasi ta’sirida felisitologik pozisiyani yuzaga kelishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 28-avgustdagi PM–438-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM–438 a-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislar uchun  oila bilan ishlashda «er-xotin, ota-ona–farzand, qaynona-kelin» munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish