Mavlanov Donyor Ergash o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smir yoshidagi suzuvchilar sport faoliyatiga shaxslararo nizolar ta’sirining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1040.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamjon Muxtarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Baratov Xumoyun Sharipovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Shaxs nizolarining o‘smir yoshidagi suzuvchilar sport faoliyatiga ta’sirining psixologik xususiyatlarini ochib berish va zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir suzuvchilar orasidagi nizolarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi kelishuv, moslashuvchanlikning o‘quv mashg‘uloti guruhida bahs-munozara uslubining yaqqol namoyon bo‘lishiga asoslanib, musobaqa oldi jarayonida frustratsiya reaksiyalarining kuchayishi shaxslararo munosabatlardagi psixoemosional dissonansni yuzaga keltirish dalillangan;  
o‘smir suzuvchilardagi nizoli xulqning differensial xususiyatlariga ko‘ra murabbiy-sportchi-tengdosh munosabatlari ierarxiyasidagi muloqot motivlarining jismoniy faollikka ta’sir yo‘nalishiga asoslanib boshlang‘ich tayyorlov guruhi sportchilaridagi to‘siqlarni engib o‘tishga intilish motivasion kompensatsiya mexanizmi orqali shaxslararo konfliktga o‘zgarishi aniqlangan; 
o‘smir suzuvchilardagi shaxslararo nizolarning faoliyatga ta’siri sport mashg‘ulotlaridagi musobaqalashishga intilish hissining psixoemosional determinantlari bilan shartlanganligi tufayli boshlang‘ich tayyorlov guruhida “sportchi Men” konstruktidagi shaxsiy xavotirlanish, o‘quv mashg‘uloti guruhida esa ijtimoiy kutuvlar asosidagi reaktiv xavotirlanish orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
o‘smir suzuvchilardagi nizolashuvchanlikning diagnostik markyorlariga ko‘ra mashg‘ulot jarayonida murabbiy va jamoadoshlar bilan muloqotdagi tushunmovchiliklarni ichki xavotirlanish rakursida idrok etilishiga asoslanib psixoemosional dissonans holatida frustratsiyaga chidamlilikni kommunikativ ko‘nikmalarga bog‘liqlik namoyon bo‘lish darajasi orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs nizolarining o‘smir yoshidagi suzuvchilar sport faoliyatiga ta’sirining psixologik xususiyatlari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida: 
o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarining namoyon bo‘lishining darajaviy o‘sib borishi bahs-munozara, kelishuv, moslashuv bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli ijobiy aloqadorlik mavjudligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 23huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 470-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-470-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarining namoyon bo‘lishining darajaviy o‘sib borishida bahs-munozara, hamkorlik, moslashuv, o‘zini chetga olish kabi shaxs ichki nizolarini barqarorlashtirishga erishilgan; 
o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarining frustratsion holatlarda beqarorlik, o‘z faoliyatidan qoniqmaslik jihatlari shaxsning ichki nizolari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli differensial farqlarning mavjudligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 470-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-470-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir suzuvchilarning shaxs ichki nizolarining frustratsion holatlarda tolerantlik, shaxsning ichki nizolariga nisbatan barqarorlik xususiyatlarini oshirishga erishilgan; 
o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarning paydo bo‘lishi reaktiv va shaxsiy xavotirlanish xususiyatlariga bog‘liqligiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda asabiylashganlik, jizzakilik, reaktiv tajovuzkorlik ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumot O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 470-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-470-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarning kuzatilishi reaktiv va shaxsiy xavotirlanish xususiyatlari pasaytirilgan; 
o‘smir suzuvchilardagi shaxs ichki nizolarini o‘z faoliyatiga adekvat va shaxsiga konstruktiv baho berish, refleksiv, ijtimoiy persepsiya va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi psixokorreksion model hamda shaxs ichki nizolarini korreksiyasiga qaratilgan psixokorreksion dastur ishlab chiqish asosida o‘smirlarda adaptiv ta’sir etish muhimligi dalillangan malumot O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 470-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-470-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir suzuvchilarda shaxs ichki nizolarini pasaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi psixokorreksion model orqali shaxs ichki nizolarining korreksion dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish