Avezova Durdona Gafurjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Autist bolalarning oilalarida shaxslararo munosabatlarning o‘zig xosligi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiysi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P345.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy- tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Jumaniyozova Nasiba Ramatillaevna, psixologiya fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi autist bolalarning oilalarida shaxslararo munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan amaliy psixokorreksion texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autist bolalarning oilalaridagi muloqotda ota-ona-farzand munosabatlari dinamikasini “bolani oilada qabul qilinish” darajasiga bog‘liqligiga asoslanib ota va onaning o‘z farzandiga himoyalovchi pozisiya negizida kompensator-adaptiv oilaviy o‘zaro ta’sirni kuchli namoyon qilishi aniqlangan; 
ota-onaning autist farzandiga nisbatan munosabatida oiladagi tarbiya pozisiyasiga differensial yondashuv va rolli kutilmalarning asimmetriyasi tufayli ota-bola muloqotida ijtimoiy rollarni qabul qilinishiga bog‘liq konstruktiv kommunikatsiya, ona-bola muloqotida esa emosional dissonanslar ta’sirida shakllanuvchi ziddiyatli qarashlarning dominant ekanligi dalillangan;
ota-ona-farzand o‘rtasida konstruktiv shaxslararo munosabatlarning shakllanishi autist bolaning holatini “xavflilik” darajasiga ko‘ra bolani emotsional qabul qilish simbioz va nazoratga asoslangan munosabatning ta’siriga bog‘liq ekanligi aniqlangan; 
autistik bolalarning oilalarida konstruktiv shaxslararo munosabatlarni shakllantirish uchun oilaviy muloqotda soddalashtirilgan til va vizual-kinestik signallardan foydalanish orqali bolani emosional qo‘llab-quvvatlash muhimligiga ko‘ra rivojlanishning yaqin zonasiga muvofiq ijtimoiy va hissiy sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Autist bolalarning oilalarida shaxslararo munosabatlarning o‘zig xosligini tadqiq etish asosida 
autist bolalarning oilalaridagi muloqotda ota-ona-farzand munosabatlari dinamikasini “bolani oilada qabul qilinish” darajasiga bog‘liqligiga asoslanib ota va onaning o‘z farzandiga himoyalovchi pozisiya negizida kompensator-adaptiv oilaviy o‘zaro ta’sirni kuchli namoyon qilishi aniqlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi №PM-133-son buyrug‘iga binoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi №PM-133-son ma’lumotnomasi). Natijada autist bolalarning oilalarida shaxslararo munosabatlarda ijobiylashish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan. 
ota-onaning autist farzandiga nisbatan munosabatida oiladagi tarbiya pozisiyasiga differensial yondashuv va rolli kutilmalarning asimmetriyasi tufayli ota-bola muloqotida ijtimoiy rollarni qabul qilinishiga bog‘liq konstruktiv kommunikatsiya, ona-bola muloqotida esa emosional dissonanslar ta’sirida shakllanuvchi ziddiyatli qarashlarning dominant ekanligi dalillangan ma’lumotlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 23-oktyabrdagi 01-253-son ma’lumotnomasiga binoan “Autizm sindromli bolalarda hamda ularning ota-onalarida ijobiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning amaliy texnologiyalari (autizm sindromli bolalar, shuningdek, daun sindromli, BSF kabi bolalarning ota-onalari uchun)” mavzusidagi rejasiga singdirilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2023-yil 23-oktyabrdagi 01-253-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda autist bolalar bilan ijobiy muloqot o‘rnatish metodikasini qo‘llash ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan. 
ota-ona-farzand o‘rtasida konstruktiv shaxslararo munosabatlarning shakllanishi autist bolaning holatini “xavflilik” darajasiga ko‘ra bolani emotsional qabul qilish simbioz va nazoratga asoslangan munosabatning ta’siriga bog‘liq ekanligi aniqlangan ma’lumotlar SOS bolalar mahallalari uyushmasining autist bolali oilalarda ota-ona va autist bola shaxs sifatidagi o‘zaro munosbatlari, ota-onaning tarbiyachilik funksiyasi, ota-ona va farzand munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi mexanizm amaliy faoliyatda qo‘llanilgan (SOS bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filiali 2023-yil 14-mart sanasidagi 01/122sonli ma’lumotnomasi). Natijada autist bolali oilalar bilan olib boriladigan samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari tizimini tashkil etishga erishilgan;; 
autistik bolalarning oilalarida konstruktiv shaxslararo munosabatlarni shakllantirish uchun oilaviy muloqotda soddalashtirilgan til va vizual-kinestik signallardan foydalanish orqali bolani emosional qo‘llab-quvvatlash muhimligiga ko‘ra rivojlanishning yaqin zonasiga muvofiq ijtimoiy va hissiy sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi №PM-133-son buyrug‘iga binoan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga singdirilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi №PM-133-son ma’lumotnomasi). Natijada autist bolalarda muloqot ko‘nikmalari ijobiylashishiga erishilgan hamda  autizm muammosi, autist bolalarning oilalarida shaxslararo munosabatlarni shakllantirish tushunchasini ilmiy asoslangan talqinda ommalashtirish asosida autizm sindromili bolalarning me’yoriy hayotiy faoliyatini ta’minlashda shaxslararo munosabatlarni ijobiylashtirish usullari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar takomillashtirilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish