Egamberganov Haytboy Hamidullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Neolit davriga oid tarixiy rekonstruksiya (Xorazm arxeologiya-etnologiya ekspedisiyasi va yangi materiallar asosida)», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1743
Ilmiy rahbar: Xolmatov Normahammad O‘rozovich, tarix fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.13/2025.27.12.Tar.02.01
Rasmiy opponentlar: Sayfullaev Baxtiyor Qurbonovich, tarix fanlari doktori; Mirsoatova Sayyora Turg‘unovna, tarix fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Neolit davri tarixiy rekonstruksiyasini Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi tomonidan va mustaqillik yillarida kaltaminor yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan materiallar asosida yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Kaltaminor neolit jamoalari madaniyatini o‘rganilish aerofoto-metodik, kompleks va multidissiplinar tadqiqotlar kabi 3 ta bosqichga ajratilib, ushbu madaniyatga oid arxeologik yodgorliklar tarqalishining yangi xaritasi yaratilgan;
Tolstov makonida Kaltaminor madaniyati uchun mutlaqo yangi yarim erto‘la tipiga mansub 2 ta uy-joylar va ulardan ko‘plab o‘choqlar, tosh va suyakdan ishlangan artefaktlar, baliq va hayvon suyaklari aniqlandi va bu topilmalar asosida mazkur makon neolit davrining yirik qishloq markazi bo‘lganligi dalillangan;
Kaltaminor madaniyati jamoalarining ijtimoiy tuzumi urug‘doshlikka, iqtisodiy tuzumi esa ovchilik-baliqchilik, termachilik, primitiv chorvachilik va kulolchilikka asoslanganligi isbotlangan;
“Shoxli” trapesiya, geometrik shaklli mikrolitlar, sopol idishlar yasalish shakli, naqshiga ko‘ra kaltaminor madaniyati neolit davri aholisi janubdan migratsiya qilganligi, tosh industriyasi, sopol idishlari, taqinchoqlariga ko‘ra Sazag‘on madaniyati bilan madaniy-iqtisodiy aloqada bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neolit davriga oid tarixiy rekonstruksiya (Xorazm arxeologiya-etnologiya ekspedisiyasi va yangi materiallar asosida) mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Tolstov makonida Kaltaminor madaniyati uchun mutlaqo yangi yarim erto‘la tipiga mansub 2 ta uy-joylar va ulardan ko‘plab o‘choqlar, tosh va suyakdan ishlangan artefaktlar, baliq va hayvon suyaklari aniqlanganligi va bu topilmalar asosida mazkur makon neolit davrining yirik qishloq markazi bo‘lganligi haqidagi tahliliy ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati muzeyi fondlarini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasining 2025-yil, 27-iyundagi №01-05/04-390 - sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijasida tarixiy-madaniy yodgorliklarni saqlash, rekonstruksiya qilish, arxeologik obektlarning kelajak avlod uchun muhofazasini ta’minlash ishlari amaliy natijalar bilan boyitilgan.
Kaltaminor neolit jamoalari madaniyatini o‘rganilish tarixi 3 ta bosqich: 1-bosqich – aerofoto-metodik, 2-bosqich - kompleks va 3-bosqich - multidissiplinar tadqiqotlar davrlari bo‘lganligi va yodgorliklar tarqalishining yangi xaritasi yaratilganligi shuningdek, Kaltaminor madaniyati jamoalarining ijtimoiy tuzumi urug‘doshlikka, iqtisodiy tuzumi esa ovchilik-baliqchilik, termachilik, primitiv chorvachilik va kulolchilikka asoslanganligi bo‘yicha tadqiqot natijalarining amaliyotda joriy etilishi haqidagi ko‘rsatuvlar teletomoshabinlarga neolit davri tarixiy rekonstruksiyasi borasidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilishda Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Qaraqalpaqstan tariyxı”, “Tariyxımızdı úyrenemiz”, “Dáwir nápesi” eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-iyuldagi №05-22/416 raqamli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar teletomoshabinlarga Quyi Amudaryo tosh davri odamlarining moddiy madaniyati to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan.
“Shoxli” trapesiya, geometrik shaklli mikrolitlar, sopol idishlar yasalish shakli, naqshiga ko‘ra kaltaminor madaniyati neolit davri aholisi janubdan migratsiya qilganligi, tosh industriyasi, sopol idishlari, taqinchoqlariga ko‘ra Sazag‘on madaniyati bilan madaniy-iqtisodiy aloqalarda bo‘lganligi, Tumek-Kichikjik, Kaskajol qabr materiallariga ko‘ra ijtimoiy tengsizlik shakllana borganligi, diniy marosimlar va kundalik urf-odatlarga ega bo‘lishganligi bo‘yicha ma’lumotlardan turizm qo‘mitasi faoliyatida keng foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 14-noyabrdagi 01-06/04-344-sonli dalolatnomasi). Taqdim etilgan materiallar yodgorliklarning rekonstruktiv variantini tiklash, ularni turizm resurslariga aylantirish, tashrif buyuruvchilar uchun ekskursiya mashrutlarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan.