Shapulatov Ulug‘bek Xoltojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sopolli madaniyatining irrigatsiya tizimi», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar1066
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.13/25.27.12.Tar.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori; Suyunov Samariddin Samatovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sopolli madaniyatiga oid sug‘orish tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash, turli fanlar yondashuvlarini uyg‘un qo‘llagan holda sun’iy sug‘orish inshootlarining xronologiyasini belgilash hamda ularning ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy hayotga ko‘rsatgan ta’sirini ilmiy asosda yoritib berish.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Sopolli madaniyatiga tegishli yangi yodgorliklar va sun’iy sug‘orish inshoatlar aniqlandi va ular xaritalashtirildi. Jumladan, Zarabog‘ mikrovohasida joylashgan Burguttepa kanali geomorfologik tuzilishi va stratigrafiyasi o‘rganilib, OSL tahlil namunalari asosida uning mazkur madaniyatga mansub ekanligi ilmiy jihatdan tasdiqlangan;
Sopolli madaniyatiga mansub Kattabuloq, Tillabuloq va Orabuloq yodgorliklarining suv manbalari atrofida joylashuvi o‘rganilib, tadqiqotlar natijasida bu hududlarda buloq bo‘yi va hovuzga asoslangan mikroirrigatsiya tizimi mavjud bo‘lganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Ilk bor Tillabuloq va Sopollitepa yodgorliklari atrofidagi maydonlarda tabiiy fanlar usullaridan foydalalangan xolda olib borilgan fanlararo kompleks tadqiqotlar natijasida radiokarbon(AMS C14) hamda OSL tahlillari natijalariga ko‘ra, ushbu hududlardagi profillarda aniqlangan tuproq qatlamlari bundan 4000–3700 yil avval, ya’ni Sopolli madaniyati davriga oid qadimgi dehqonchilik izlari ekanligi ilmiy asosda tasdiqlangan; 
Irrigatsiya inshootlari va dehqonchilikka oid arxeologik topilmalar, jumladan, bir omborxonada 20–30 ta, balandligi 1–1,2 metr bo‘lgan xumlar, yirik don omborlari, tosh mehnat qurollari va madaniy o‘simlik urug‘larining tahlili Sopolli madaniyatida mahsulotni saqlash, qayta ishlash va taqsimlash jarayonlari puxta yo‘lga qo‘yilgan xo‘jalik tizimi shakllanganligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Olingan natijalar sug‘oriladigan erlarni boshqarish, mehnatni taqsimlash hamda mahsulotni jamg‘arish va saqlash amaliyoti Sopolli jamiyatida ijtimoiy tuzilma va boshqaruv tizimining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganini ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Sopolli madaniyatning irrigatsiya tizimi” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot natijalari “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan Jarqo‘ton, Sopollitepa, Tillabuloq, Kattabuloq va Orabuloq yodgorliklari geoarxeologiyasi – shu vaqtgacha olib borilgan arxeologik izlanishlar, Sopolli madaniyati yodgorliklarining irrigatsiya tizimi, buloq bo‘yi irrigatsiyasi haqidagi muhim xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2025-yil 9-apreldagi 01-32-527-sonli ma’lumotnomasi). Sopolli madaniyati jamoalari dastlabki sug‘orish inshootlari barpo etganliklari hamda sug‘orma dehqonchilikning vujudga kelishida ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar bo‘yicha yangi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilgan.
Sopolli madaniyatiga tegishli Tillabuloq, Orabuloq, Jarqo‘ton va boshqa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan sug‘orma dehqonchilik madaniyati tarixinining moddiy asoslari atroflicha tahlili asosida qilingan ilmiy Surxon vohasi hududlarida yashagan qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, xo‘jaligi, iqtisodiy va madaniy hayoti haqidagi yangi ma’lumotlar yoshlarni vatanparvarlik, o‘tmish, tarix va ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalashda xizmat qilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 25-martdagi 04-05/1123-sonli ma’lumotnomasi). 
Tadqiqot ishi Termiz arxeologiya muzeyi fondlariga topshirilgan Sopolli madaniyatiga oid yangi ashyolar tavsifini yozishda, muzey ekspozisiyasini shaklantirishda foydalanilgan. Haqiqatdan ham Sopolli madaniyatiga oid yangi yodgorliklar va sug‘orish tizimlarining aniqlanishi hamda xaritalashtirilishi, xususan Zarabog‘ mikrovohasida joylashgan Burguttepa kanalining zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘rganilishi va OSL tahlillari asosida uning mazkur madaniyatga mansubligining ilmiy jihatdan asoslanishi Termiz arxeologiya muzeyi fondida saqlanayotgan ushbu davrga oid ashyolarni tahlil etishda muhim ilmiy tayanch vazifasini bajarmoqda.
Sopolli madaniyati yodgorliklarining suv manbalari atrofida joylashuvi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida buloqbo‘yi hamda hovuz tipidagi mikroirrigatsiya tizimlarining mavjud bo‘lganligi ilmiy asosda aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar Surxon vohasining ilk sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati tarixini o‘rganishda, shuningdek muzey fondlarida saqlanayotgan bu davrga oid topilmalarni ilmiy tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda (Termiz arxeologiya muzeyining 2025-yil 17-noyabrdagi 247-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish