Ergashev Uyg‘un Jabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kameral soliq nazoratini raqamlashtirishni takomillashtirish yo‘llari” 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3797
Ilmiy rahbar: Shuxrat Amanovich Toshmatov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dots; Qo‘ziev Ravshan Ramazonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti tavsiya etilsin
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kameral soliq tekshiruvlarini amalga oshirish jarayonida aqlli (smart) va moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalangan holda “soliq xavfi”ni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat byudjeti daromadlarini barqaror oshirish hamda soliq organlarining institutsional salohiyatini mustahkamlashda kameral tekshiruvlar natijasida qo‘shimcha undirilgan penyalar va moliyaviy hamda ma’muriy jarimalar summasining 80 foizini davlat byudjetiga, 20 foizini Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirish asoslangan;
nazorat organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlik va rag‘batlantirish mexanizmlarini kuchaytirishda kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan hollarda qo‘shimcha undirilgan penyalar va moliyaviy hamda ma’muriy jarimalar summasining 10 foizini Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga, 10 foizini esa Departamentning maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltirish taklif etilgan;
davlat byudjeti daromadlarining to‘liqligi va fiskal intizomni ta’minlashda soliq tekshiruvlari natijasida aniqlanib, o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan soliq summalarini to‘liq hajmda davlat byudjetiga yo‘naltirish asoslangan;
qonuniylik tamoyilini ta’minlash va soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilishda kameral soliq tekshiruvi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida taqiqlangan soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirmaslik taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
davlat byudjeti daromadlarini barqaror oshirish hamda soliq organlarining institutsional salohiyatini mustahkamlashda kameral tekshiruvlar natijasida qo‘shimcha undirilgan penyalar va moliyaviy hamda ma’muriy jarimalar summasining 80 foizini davlat byudjetiga, 20 foizini Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida aks etgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 7 oktyabrdagi 18/1-113095-son ma’lumotnomasi). Natijada kameral soliq tekshiruvining dastlabki natijalariga ko‘ra, faoliyati tekshirilgan o‘rtacha har yili 40 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subektlarda o‘rtacha 15.0 trln so‘mlik soliq xavfi aniqlangan bo‘lib, soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida qo‘shimcha undirilgan 15.0 trln so‘mdan 125.0 mlrd so‘mi Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘lar shakillanishiga erishildi.
nazorat organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlik va rag‘batlantirish mexanizmlarini kuchaytirishda kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan hollarda qo‘shimcha undirilgan penyalar va moliyaviy hamda ma’muriy jarimalar summasining 10 foizini Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga, 10 foizini esa Departamentning maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida aks etgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 18/1-113095-son ma’lumotnomasi). Natijada kameral soliq tekshiruvining dastlabki natijalariga ko‘ra, faoliyati tekshirilgan o‘rtacha har yili 8 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi subektlarda o‘rtacha 3.0 trln so‘mlik soliq xavfining soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida qo‘shimcha undirilgan 3.0 trln so‘mdan 300.0 mlrd so‘mi Soliq qo‘mitasining maxsus jamg‘armasiga 300.0 mlrd so‘mi Departamentning maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armasiga undirilishiga erishildi.
davlat byudjeti daromadlarining to‘liqligi va fiskal intizomni ta’minlashda soliq tekshiruvlari natijasida aniqlanib, o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilmagan soliq summalarini to‘liq hajmda davlat byudjetiga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29- dekabrdagi PQ-422-son O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 18/1-113095-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda o‘tkazilgan 41.1 mingta korxonada 45.3 mingta kameral soliq tekshiruvlari, 9,7 mlrd so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanagan va shundan 5,6 mlrd so‘m undirilishiga, 2024-yilda 28,8 mingta korxonada 38,9 mingta tekshirishda 8,8 mlrd so‘m qo‘shimcha soliq hisoblanib 4,7 mlrd so‘m undirilishiga, yirik soliq to‘lovchilarda 344 ta kameral tekshiruvlari o‘tkazilib, 3,3 trln so‘m miqdorida qo‘shimcha soliq hisoblanib, shundan 1,7 trln so‘m undirilishiga erishildi.
qonuniylik tamoyilini ta’minlash va soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilishda kameral soliq tekshiruvi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida taqiqlangan soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirmaslikga doir taklifi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-martdagi “Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 132-son qarorida aks ettirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 18/1-113095-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq tekshiruvlarining ma’muriy bosim tamoyili asosida tashkil etilishi oldini olishga, soliq to‘lovchilarning qonuniy xuquqlarining ximoya qilinishiga hamda mamlakatimizda soliq organlari va soliq to‘lovchilarning o‘zaro xamkorlik tamoyili asosida faoliyat yuritishlariga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish