Ubaydullaev No‘’monjon Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda fiskal siyosatdan foydalanish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.-.PhD/Iqt--
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Ishmanova Dinora Nurmamad qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sultonmurodov Bobir Bahodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhit barqarorligini ta’minlash va yashil iqtisodiyot tamoyillarini rag‘batlantirishda davlat byudjetidan nodavlat-notijorat tashkilotlari loyihalarini yashil yondashuv asosida moliyalashtirish orqali fiskal siyosatning yashil maydonlarni kengaytirishga ta’sirini kuchaytirish asoslangan;
energiya tejamkorligini oshirish va uy-joy fondidan oqilona foydalanishni ta’minlashda byudjetning ijtimoiy soha xarajatlari doirasida energiya samarador qurilish materiallari, xususan pishiq g‘ishtdan foydalanishni rag‘batlantirish hamda ko‘p energiya sarfi talab etadigan xom g‘ishtdan foydalanish hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish taklif etilgan;
ekologik barqarorlikni ta’minlashda mahalliy darajada byudjetning markazlashgan investisiya xarajatlarini yashil yondashuv tamoyillariga uyg‘unlashtirish orqali atmosferani ifloslantiruvchi zararli moddalarning hajmini qisqartirishni fiskal tartibga solish taklif etilgan;
suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda atmosferani ifloslantiruvchi zararli moddalar va chiqindilar hajmini tartibga solishda suvdan foydalanish darajasini soliq vositalari orqali nazorat qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot sharoitida fiskal siyosatni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etish natijasida asosida:    
atrof-muhit barqarorligini ta’minlash va yashil iqtisodiyot tamoyillarini rag‘batlantirishda davlat byudjetidan nodavlat-notijorat tashkilotlari loyihalarini yashil yondashuv asosida moliyalashtirish orqali fiskal siyosatning yashil maydonlarni kengaytirishga ta’sirini kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 1-ilovasini ijrosi ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-8866-son  ma’lumotnomasi). Natijada, yashil maydonlar hajmi ulushi 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 21,7 foizga oshgan;
energiya tejamkorligini oshirish va uy-joy fondidan oqilona foydalanishni ta’minlashda byudjetning ijtimoiy soha xarajatlari doirasida energiya samarador qurilish materiallari, xususan pishiq g‘ishtdan foydalanishni rag‘batlantirish hamda ko‘p energiya sarfi talab etadigan xom g‘ishtdan foydalanish hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 1-ilovasini ijrosi ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-8866-son  ma’lumotnomasi). Natijada, yashil qurilishning hajmi ulushi 2024-yilda o‘tgan yilga nisbatan 10,2 foizga oshgan;
ekologik barqarorlikni ta’minlashda mahalliy darajada byudjetning markazlashgan investisiya xarajatlarini yashil yondashuv tamoyillariga uyg‘unlashtirish orqali atmosferani ifloslantiruvchi zararli moddalarning hajmini qisqartirishni fiskal tartibga solish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 1-ilovasini ijrosi ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-8866-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda investisiya loyihalarining ekologik xavfsizligi oshgan, atmosferani ifloslantiruvchi zararli moddalarning chiqindilari kamaygan va yashil iqtisodiyot tamoyillari kuchayishga erishilgan;
suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda atmosferani ifloslantiruvchi zararli moddalar va chiqindilar hajmini tartibga solishda suvdan foydalanish darajasini soliq vositalari orqali nazorat qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 1-ilovasini ijrosi ta’minlashga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 03-03/1-03/3-8866-son  ma’lumotnomasi). Natijada, suv tejamkorligi hajmi ulushi 2024-yilda o‘tgan yilga nisbatan 22,3 foizga, yashil yondashuvning elementlar uchligini joriy etish orqali tabiiy kapitaldan foydalanishda ekologik barqarorlikni ta’minlash natijasida 19,3 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish