Valiev Umid Gulamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish mexanizmlarini takominlashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5952
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ishmanova Dinora Nurmamad qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Yo‘ldoshev Jahongir To‘raboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi er maydonlarida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tashabbuskorlar tomonidan ipoteka shartlari asosida 7 yillik muddat (shundan 2 yillik imtiyozli davr) bilan xarid qilishi uchun moliyalashtirish mexanizmlarini tatbiq etish taklif etilgan;
yoshlarning startap va raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalarini moliyalashtirishda venchur va grant mexanizmlarini joriy etish taklifi tayyorlangan;
yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ularni mehnat bozorida ish qidiruvchi (job seeker) subekt sifatidan ish o‘rinlarini yaratuvchi (job creator) tadbirkorlar qatlamiga transformatsiya qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tashkilotini bitiruvdan so‘ng 5 yil davomida yoshlar tomonidan o‘z biznes g‘oyalarini tayyor loyihagacha olib borish va risklarni boshqarish imkoniyatlarini oshishi aniqlanib, kelgusida yoshlarga faqat bitiruv bosqichida moliyalashtirish mexanizmlarini tadbiq etib qolmasdan balki bitiruvdan keyingi 3 yil muddat davomida ham moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar tadbirkorligi loyihalarini moliyalashtirish va samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi er maydonlarida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tashabbuskorlar tomonidan ipoteka shartlari asosida 7 yillik muddat (shundan 2 yillik imtiyozli davr) bilan xarid qilishi uchun moliyalashtirish mexanizmlarini tatbiq etish taklifi 2023-yil 21-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-400-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Milliy bankning 05.12.2025 yildagi 02/7-8285/39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida 7 nafar yosh tashabbuskorlar uchun sanoat ipotekasi asosida ajratilgan er maydonlarida tadbirkorlik subektlari tomonidan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etildi hamda yosh tadbirkorlar tomonidan xarid qilinishi uchun 6,6 mlrd. so‘m resurslar yo‘naltirilgan;
yoshlarning startap va raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalarini moliyalashtirishda venchur va grant mexanizmlarini joriy etish taklifi tayyorlangan taklifi 
2025-yil 14-fevralda "Yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-62-son Prezident qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Aloqa bankning 02.12.2025 yildagi 31-04/6036-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025 yil davomida yoshlarning startap va innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
27 mlrd.so‘m miqdoridagi resurs hisobiga 33 nafar yosh tashabbuskorlarning loyihalari moliyalashtirilgan;
yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ularni mehnat bozorida ish qidiruvchi (job seeker) subekt sifatidan ish o‘rinlarini yaratuvchi 
(job creator) tadbirkorlar qatlamiga transformatsiya qilish mexanizmi taklifi 2025-yil 14-fevraldagi "Yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-62-son Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yoshlar biznesi” dasturini amalga oshirishda foydalanilgan (Aloqa bankning 
02.12.2025 yildagi 31-04/6036-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil davomida yoshlarning ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 9 ming nafarga yaqin yosh tadbirkorlarga 995,4 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan;
oliy ta’lim tashkilotini bitiruvdan so‘ng 5 yil davomida yoshlar tomonidan o‘z biznes g‘oyalarini tayyor loyihagacha olib borish va risklarni boshqarish imkoniyatlarini oshishi aniqlanib, kelgusida yoshlarga faqat bitiruv bosqichida moliyalashtirish mexanizmlarini tadbiq etib qolmasdan balki bitiruvdan keyingi 3 yil muddat davomida ham moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish taklifi 2025-yil 3-noyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi PQ–328-sonli Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirishda foydalanilgan (Milliy bankning 05.12.2025 yildagi 
02/7-8285/39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarga oliygohni tamomlaganidan so‘ng 
3 yil davomida “Kelajakka qadam” dasturida yaratilgan moliyaviy instrumentlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilib, 2025 yil davomida yuridik shahs tashkil etgan 612 nafar oliy ma’lumotli yoshlarning biznes tashabbuslariga 164 mlrd. so‘m resurs yo‘naltirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish