Paxriddinov Umidjon Mo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Migratsiya global jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy omili sifatida: falsafiy sharh”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1501
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Nozima Imomova Avazxonovna sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi migratsiya jarayonlarining global jamiyat shakllanishidagi o‘rnini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migratsiya global jamiyat shakllanishining asosiy ijtimoiy-falsafiy omili sifatida talqin qilinib, uning ijtimoiy tizimlar rivoji, madaniyatlararo muloqot va ijtimoiy ong o‘zgarishidagi o‘rnini ifodalovchi konseptual asoslari aniqlandi;
“global jamiyat”, “transmilliylik” va “madaniy identitet transformatsiyasi” tushunchalari migratsiya jarayonlari doirasida qayta talqin qilinib, ular o‘rtasidagi aksiologik hamda strukturaviy-funksional bog‘liqlik ilmiy jihatdan ochib berildi;
O‘zbekiston misolida migratsiyaning milliy va mintaqaviy xususiyatlari global ijtimoiy makon bilan uzviy aloqada tahlil qilinib, mahalliy ijtimoiy tuzilma va migratsiya oqimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi mexanizmlari ishlab chiqildi;
migratsiyani ijtimoiy adolat, inson qadr-qimmati, inklyuzivlik va birdamlik tamoyillari asosida boshqarish mezonlari ishlab chiqilib, milliy migratsiya siyosatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar amaliy dalilandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Migratsiya global jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy omili sifatida: falsafiy sharhini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
migrasiya fenomeni global jamiyat shakllanishining markaziy ijtimoiy-falsafiy omili sifatida yangicha konseptual modelda talqin qilinib, bu modelda migrasiyaning ijtimoiy tizimlar, madaniyatlararo muloqot va ijtimoiy ong transformatsiyasiga oid yangiliklaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” bo‘yicha amaliy dastur ishlab chiqishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/550-son Da’lolatnomasi). Natijada fuqarolar ongida vatanparvarlik hissini mustahkamlash, kosmopolitizm, nigilizm qarashlariga qarshi immunitetni shakllantirishning bugungi kunda yangilanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining muhim global madaniyatni tarkib topishi asoslash, migratsiya va muhojirlik tushunchalarining yangicha yondashuvlar asosida mafkuraviy immunitetlarini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston misolida migrasiya jarayonlarining milliy va mintaqaviy o‘ziga xos jihatlari global ijtimoiy makon bilan dialektik bog‘liqlikda tahlil qilinib, mahalliy ijtimoiy tuzilma, qadriyatlar tizimi va migrasiya oqimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlariga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhining 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasini tuzishda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-27/393-son Dalolatnomasi). Natijada, fuqarolarda migratsiya jarayonlarining milliy va mintaqaviy o‘ziga xos jihatlari global ijtimoiy makon bilan dialektik bog‘liqlikligi, mahalliy ijtimoiy tuzilma, qadriyatlar tizimi va migratsiya oqimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlariga nisbatan yangicha yondashuvlar amalga oshirishga xizmat qilgan;
migratsiyani ijtimoiy adolat, inson qadr-qimmati, inkluzivlik va birdamlik tamoyillari asosida boshqarishning falsafiy mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida milliy migratsiya siyosatini takomillashtirishga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2024-yilgi tadbirlar rejasi bo‘yicha kiritilgan mobillik va erkinlik immunitetini mustahkamlashga doir chora tadbirlar dasturida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri ssenariysi, xususan material, buklet, flaer o‘quv-uslubiy materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 2-13-21-4796-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongida jamiyatdagi global ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy-ma’naviy transformatsiyalashuvining barqaror rivojlanish munosabatlarining shakllanishiga, ularning migratsion jarayonlarga nisbatan obektiv yondashuvi, inklyuzivlik va ta’luqlikni ratsional mazmun-mohiyatini anglashi hamda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
migrasiyani ijtimoiy adolat, inson qadr-qimmati, inkluzivlik va birdamlik tamoyillari asosida boshqarishning falsafiy mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida milliy migrasiya siyosatini takomillashtirishga oid yangiliklaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga doir tadbirlar rejasini tuzishda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/550-son Da’lolatnomasi). Natijada O‘zbekiston fuqarolarining muhim global madaniyatni tarkib topishi asoslash, migratsiya va muhojirlik tushunchalarining yangicha yondashuvlar asosida mafkuraviy immunitetlarini oshirishga xizmat qilgan.