Qilichev Umid Ibodullaevichchning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l yuk tashish faoliyatida tarif tizimini takomillashirish yo‘nalishlari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt1410.
Ilmiy rahbar: Gulamov Abdulaziz Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Namangan davlat texnima universiteti dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raximov Xasan Shukurjonovich. Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l yuk tashish faoliyatida tarif tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental, nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l yuk tashish faoliyatidagi infratuzilma etishmovchiligini kamaytirish orqali quvvatdan samarali foydalanishda “optimallashtiruvchi tariflar”, tig‘iz vaqtlarda va ortiqcha yuklamali yo‘nalishlarda tabaqalashgan tariflarni qo‘llash hamda yuk oqimini vaqt va yo‘nalishlar kesimida “tenglashtirish” orqali tarif bosimini pasaytirish taklifi asoslangan;
temir yo‘l yuk tashish faoliyatidagi infratuzilma xarajatlari va vagon/lokomotiv bilan bog‘liq tashish operatori xarajatlarining alohida hisobini yuritish vositasida raqobat muhitini shakllantirish orqali tarif tizimini takomillashtirish asoslangan;
yuk tashuvchilar, yo‘lovchilar, logistika kompaniyalari, biznes uyushmalari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida ochiq “tarif eshituvlari” o‘tkazish, muntazam ravishda e’lon qilib boriluvchi tarif tizimidagi o‘zgarishlar loyihasi yuzasidan kamida 1 oy davomida taklif va e’tirozlar qabul qilish amaliyotini joriy etish orqali temir yo‘lda yuk tashish tariflarning shaffofligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti asosiy faoliyatidan tushum, kiritilgan investisiya, tranzit tashuvi, asosiy fondlar, mahalliy yuk tashish hajmlari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
temir yo‘l yuk tashish faoliyatida tarif tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l yuk tashish faoliyatidagi infratuzilma etishmovchiligini kamaytirish orqali quvvatdan samarali foydalanishda “optimallashtiruvchi tariflar”, tig‘iz vaqtlarda va ortiqcha yuklamali yo‘nalishlarda tabaqalashgan tariflarni qo‘llash hamda yuk oqimini vaqt va yo‘nalishlar kesimida “tenglashtirish” orqali tarif bosimini pasaytirish taklifidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-dekabrdagi 02/5302-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarif tizimidagi muammolarni aniqlash va ularning ta’sirchanligini 15 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l yuk tashish faoliyatidagi infratuzilma xarajatlari va vagon/lokomotiv bilan bog‘liq tashish operatori xarajatlarining alohida hisobini yuritish vositasida raqobat muhitini shakllantirish orqali tarif tizimini takomillashtirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-dekabrdagi 02/5302-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston temir yo‘llari iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda milliy yuk tashish faoliyatini samarali rivojlantirish darajasini aniqlashga xizmat qilgan;
yuk tashuvchilar, yo‘lovchilar, logistika kompaniyalari, biznes uyushmalari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida ochiq “tarif eshituvlari” o‘tkazish, muntazam ravishda e’lon qilib boriluvchi tarif tizimidagi o‘zgarishlar loyihasi yuzasidan kamida 1 oy davomida taklif va e’tirozlar qabul qilish amaliyotini joriy etish orqali temir yo‘lda yuk tashish tariflarning shaffofligini oshirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimining rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-dekabrdagi 02/5302-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini yaratish orqali temir yo‘lda yuk tashish tariflarning shaffofligini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti asosiy faoliyatidan tushum, kiritilgan investisiya, tranzit tashuvi, asosiy fondlar, mahalliy yuk tashish hajmlari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030- yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 11-dekabrdagi 02/5302-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniya tomonidan etkazib berilgan yuklar hajmi va daromadlari bilan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli istiqboldagi muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.