Xo‘jayorova Sadoqat Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri-XX asr boshlarida savdo aloqalari tarixi (Ettisuv, Farg‘ona va Kaspiyorti viloyatlari misolida)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar996
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tag.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Shuhrat Bahronovich, tarix fanlari doktori, dotsent, Klichev Oybek Abdurasulovich, tarix fanlari doktori DSc, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr o‘rtalari – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi viloyatlari hisoblangan Ettisuv, Farg‘ona, Kaspiyorti viloyatlarining Rossiya imperiyasi tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalaridagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarixiy manbalar Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati dastlab qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari haqida etarli bilimga ega bo‘lmaganligi, bu aniq tashkil etilgan chegara va bojxona postlarining yo‘qligi, chegara savdosini tartibga soluvchi davlatlararo shartnomalar tuzilmaganligi bilan bog‘liqligi dalillangan;
chegara hududlari hokimiyatlarining qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishda dastlab etarli tajribaga ega bo‘lmaganiga qaramay, ushbu sohani institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan aniq choralar ko‘rilgani, imperiya tomonidan bojxona nazoratining muayyan standartlari joriy etilgani, ya’ni, hududlarni demarkatsiya qilish tartiblarining belgilanishi, bojlarni yig‘ishda ta’qiq va cheklov tizimining shakllantirilishi, zakot muassasalarining 2,5% stavkaga asoslangan tajribasidan bojxona amaliyotida foydalanilgani isbotlangan;
Rossiya imperiyasi janubiy mintaqalar bilan tashqi siyosatini olib borishda Turkiston o‘lkasi faqat ma’muriy-hududiy boshqaruv organi emas, davlatning Osiyo yo‘nalishidagi tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshiruvchi muhim mexanizm bo‘lgani, imperiyaning janubiy mintaqalarga tashqi siyosatda savdo, bojxona, migratsiya va diniy omillarning o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi general-gubernatorlikning chegara xavfsizligini ta’minlash, diplomatik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi siyosiy ta’sirni kuchaytirishdagi roli asoslangan;
chegara hududlari bilan savdo aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi: Xitoy bilan (Etti va Farg‘ona viloyatlari misolida) va Fors va Afg‘oniston bilan (Kaspriyorti mintaqasi misolida). Bu sohalarning har biri o‘zaro foydali tovarlar almashinuvi va harakatini o‘z ichiga olgan savdoning o‘ziga xos shakllari bilan ajralib turganligi dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonning Rossiya imperiyasi nazorati ostidagi savdo va elchilik aloqalari tarixiga doir ilmiy izlanishlar natijasida olingan ilmiy yangiliklari asosida:
tarixiy manbalar Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati dastlab qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari haqida etarli bilimga ega bo‘lmaganligi, bu aniq tashkil etilgan chegara va bojxona postlarining yo‘qligi, chegara savdosini tartibga soluvchi davlatlararo shartnomalar tuzilmaganligi bilan bog‘liqligiga doir ilmiy xulosa va yangiliklardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida ko‘rsatilayotgan ayrim ko‘rsatuvlar, xususan, “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 5 maydagi 02-40-917-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar jamoatchilikda Turkistonda savdo yoʻllari va elchilik munosabatlarning o‘rnatilishi va ularning ahamiyati haqida qo‘shimcha maʼlumotlarning boyishi uchun xizmat qilgan.
chegara hududlari hokimiyatlarining qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishda dastlab etarli tajribaga ega bo‘lmaganiga qaramay, ushbu sohani institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan aniq choralar ko‘rilgani, imperiya tomonidan bojxona nazoratining muayyan standartlari joriy etilgani, ya’ni, hududlarni demarkatsiya qilish tartiblarining belgilanishi, bojlarni yig‘ishda ta’qiq va cheklov tizimining shakllantirilishi, zakot muassasalarining 2,5% stavkaga asoslangan tajribasidan bojxona amaliyotida foydalanilgani haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 26 iyuldagi 02/02/1204 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlar markaz faoliyatining tarixiy mavzularini davlatchilik tarixi, tarixshunosligi va manbashunosligi ma’lumotlarini boyitishga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasi janubiy mintaqalar bilan tashqi siyosatini olib borishda Turkiston o‘lkasi faqat ma’muriy-hududiy boshqaruv organi emas, davlatning Osiyo yo‘nalishidagi tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshiruvchi muhim mexanizm bo‘lgani, imperiyaning janubiy mintaqalarga tashqi siyosatda savdo, bojxona, migratsiya va diniy omillarning o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi general-gubernatorlikning chegara xavfsizligini ta’minlash, diplomatik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash orqali tashqi siyosiy ta’sirni kuchaytirishdagi roli haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2022 yil 21 sentyabrdagi №155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar muzeyning XIX-XX asrlar qismini gazeta va jurnallar, foto, turli xaritalar, statistik materiallar orqali ekspozisiyaning qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan.
chegara hududlari bilan savdo aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi: Xitoy bilan (Etti va Farg‘ona viloyatlari misolida) va Fors va Afg‘oniston bilan (Kaspriyorti mintaqasi misolida). Bu sohalarning har biri o‘zaro foydali tovarlar almashinuvi va harakatini o‘z ichiga olgan savdoning o‘ziga xos shakllari bilan ajralib turganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” 2024 yil 8 yanvardagi 06-28-37-son guvohnomasi). Natijada tomoshabinlarda tarixiy materiallar asosida O‘zbekistonda savdo va elchilik munosabatlarining tarixiy ildizlariga doir bilimlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish