Abdusalamov Olimjon Eshmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘llari”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt706.
Ilmiy rahbar: Toymuxamedov Ibroxim Rixsiboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Farrux Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Halqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari umumiy moliyaviy barqarorligini baholash uslubi kapital etarliligi, likvidlik va tizimli xatarlar ko‘rsatkichlarini birlashtirgan holda yaxlit “Bank barqarorlik indeksi (BBI)” kompleks baholash indeksini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklari uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar moslashuvchan kapital siyosatini shakllantirishga qaratilgan “Bosqichma-bosqich kapital rejasi (BBKR)” usulini tatbiq etish orqali banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida bank kredit portfeli sifatini yaxshilash hamda aholining kredit yuki darajasidagi keskin (20-25 foiz) tebranishlarning oldini olishga qaratilgan “Erta ogohlantirish usuli” taklif etilgan;
ipoteka bozorida kredit risklarini diagnostika qilish, prognozlash va boshqarish uchun qo‘llaniladigan maxsus “Ipoteka risk ko‘rsatkichlari (IRK)” tizimini ishlab chiqish orqali mamlakat ko‘chmas mulk bozoridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni bank kredit portfeliga salbiy ta’sirining oldini olish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari umumiy moliyaviy barqarorligini baholash uslubi kapital etarliligi, likvidlik va tizimli xatarlar ko‘rsatkichlarini birlashtirgan holda yaxlit “Bank barqarorlik indeksi (BBI)” kompleks baholash indeksini shakllantirish asosida takomillashtirish taklifi “Hayot bank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hayot bank” ATBning 2024 yil 25 oktyabrdagi 12/03-147 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bankning umumiy moliyaviy barqarorligini sodda va amaliy baholashning aniqlik darajasini 25-30 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar moslashuvchan kapital siyosatini shakllantirishga qaratilgan “Bosqichma-bosqich kapital rejasi (BBKR)” usulini tatbiq etish orqali banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi “Hayot bank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hayot bank” ATBning 2024 yil 25 oktyabrdagi 12/03-147 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bankning risk profiliga qarab kapital buferlarini bosqichma-bosqich shakllantirish mexanizmini yaratish va prudensial talablarni yumshoq hamda samarali bajarish orqali banklarning kapitallashuv darajasi bo‘yicha xarajatlari 10-15 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida bank kredit portfeli sifatini yaxshilash hamda aholining kredit yuki darajasidagi keskin (20-25 foiz) tebranishlarning oldini olishga qaratilgan “Erta ogohlantirish usuli”dan foydalanish taklifi “Hayot bank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hayot bank” ATBning 2024 yil 25 oktyabrdagi 12/03-147 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aholining daromad barqarorligi, qarz soni, Debt Service-to-Income ratio (qarzga xizmat ko‘rsatishning daromadga nisbati) ko‘rsatkichlari va kredit maqsadlari kabi omillar asosida xatarlarni erta aniqlash imkoni yaratilgan;
ipoteka bozorida kredit risklarini diagnostika qilish, prognozlash va boshqarish uchun qo‘llaniladigan maxsus “Ipoteka risk ko‘rsatkichlari (IRK)” tizimini ishlab chiqish orqali mamlakat ko‘chmas mulk bozoridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni bank kredit portfeliga salbiy ta’sirining oldini olish taklifi “Hayot bank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hayot bank” ATBning 2024 yil 25 oktyabrdagi 12/03-147 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ipoteka kreditlari, mulk narxi va daromad nisbatlari, ipoteka riski ko‘rsatkichlari hamda spekulyativ talab dinamikasini baholash orqali bozor beqarorligi ehtimolini oldindan aniqlash asosida banklarning moliyaviy barqarorligini sezilarli darajada mustahkamlash imkoni yaratilgan.