Isroilov Islomjon G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim raqobatbardoshligini ichki audit va nazorat tizimini takomillashtirish asosida rivojlantirish», 08.00.08 - Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.Phd/Iqt3297.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12/23.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonoqulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va nazoratni takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ichki audit samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni Kuzatuv kengashi tomonidan yoki qonunchilikda belgilangan vazifalarni ichki audit tomonidan maqsadlarga erishish va tushumlarni maksimal darajada oshirish uchun ichki audit xarajatlarini minimallashtirishni hisobga olgan holda bajarish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ichki audit bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom ichki audit bo‘limida moliyaviy soha bilan bir qatorda ta’lim sohasidagi tegishli bilimlarga ega bo‘lgan “ta’lim auditori” lavozimini joriy etish hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasini kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun fakul`tet va uning tasarrufidagi kafedralarni ichki auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqish orqali oliy ta’lim raqobatbardoshligining ichki audit va nazorat tizimini takomillashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida ichki nazorat va monitoring bo‘limini shakllantirishda universitet tashkiliy tuzilmasida faoliyatning ichki nazoratini amalga oshiruvchi bo‘limni tasdiqlash (0,45-0,55), ichki nazoratning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish (0,25-0,35), moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti masalalarini hal qilish (0,15-0,25) asosiy bosqichlari ish hajmi va muhimlik darajasiga ko‘ra maqbul nisbatlari chegarasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va nazoratni takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ichki audit samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini Kuzatuv kengashi tomonidan yoki qonunchilikda belgilangan vazifalarni ichki audit tomonidan maqsadlarga erishish va tushumlarni maksimal darajada oshirish uchun ichki audit xarajatlarini minimallashtirishni hisobga olgan holda bajarish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari “Buxgalteriya xisobi”(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun tavsiya etilgan “Auditga kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ichki audit xarajatlarini minimallashtirishni hisobga olgan holda bajarish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “ichki audit samaradorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ichki audit bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom ichki audit bo‘limida moliyaviy soha bilan bir qatorda ta’lim sohasidagi tegishli bilimlarga ega bo‘lgan “ta’lim auditori” lavozimini joriy etish hamda mazkur lavozim yo‘riqnomasini kiritish asosida takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 03/17-3221-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining shaffofliligi va ishonchliligini oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun fakul`tet va uning tasarrufidagi kafedralarni ichki auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqish orqali oliy ta’lim raqobatbardoshligining ichki audit va nazorat tizimini takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 03/17-3221-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ichki audit va nazoratni yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ichki nazorat va monitoring bo‘limini shakllantirishda universitet tashkiliy tuzilmasida faoliyatning ichki nazoratini amalga oshiruvchi bo‘limni tasdiqlash (0,45-0,55), ichki nazoratning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish (0,25-0,35), moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti masalalarini hal qilish (0,15-0,25) asosiy bosqichlari ish hajmi va muhimlik darajasiga ko‘ra maqbul nisbatlari chegarasini asoslash bo‘yicha taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 03/17-3221-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ichki auditorlik tekshiruvlarini yanada samarali tashkil etish imkoni yaratilgan.