Nematulloev Suxrob Sobirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt756.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Ruslan Xamdamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish uslubiyoti jalb qilgan investisiyalarning iqtisodiy qaytimi, yaratilgan ish o‘rinlari soni, mahalliy xomashyodan foydalanish darajasi va ijtimoiy samaradorlikni integral baholash uslubini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan aholiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradigan kichik biznes faoliyatiga yo‘naltiriladigan xorijiy investisiyalar uchun davlat kafolatini berish xususidagi taklifi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarining investision loyihalarini moliyalashtirishda «davlat va bank sheriklik dasturi»ning ilmiy modeli ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining kichik biznes sub’ektlari faoliyatini investisiya asosida moliyalashtirish jarayonida «Raqamli investisiya monitoringi platformasi»ni joriy etish orqali kraudfanding, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va «yashil investisiyalar»ni moliyalashtirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish uslubiyoti kichik biznesni moliyalashtirishda investision moliya vositalarining «venchur kredit»lar va «gibrid qarz-investisiya» usullarini uyg‘unlashtirish asosida joriy etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznesni investisiyalar asosida moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish uslubiyoti jalb qilgan investisiyalarning iqtisodiy qaytimi, yaratilgan ish o‘rinlari soni, mahalliy xomashyodan foydalanish darajasi va ijtimoiy samaradorlikni integral baholash uslubini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi «O‘zmilliybank» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zmilliybank» AJning 2025-yil 30-sentyabrdagi 02/2-6540/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur sohaga joylashtirilgan investisiyalar samaradorligi 2025-yil 1-oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga ortgan;
tijorat banklari tomonidan aholiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradigan kichik biznes faoliyatiga yo‘naltiriladigan xorijiy investisiyalar uchun davlat kafolatini berish xususidagi taklifi «O‘zmilliybank» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zmilliybank» AJning 2025-yil 30-sentyabrdagi 02/2-6540/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning kredit porfeli tarkibida ushbu sub’ektlarga berilgan kreditlar ulushi 2025-yil 1-oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga ortgan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarining investision loyihalarini moliyalashtirishda «davlat va bank sheriklik dasturi»ning ilmiy modeli «O‘zmilliybank» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zmilliybank» AJning 2025-yil 30-sentyabrdagi 02/2-6540/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning kichik biznes faoliyatiga yo‘naltirgan investisiyalari hajmi 2025-yil 1-oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,251 mlrd. so‘mga oshgan;
tijorat banklarining kichik biznes sub’ektlari faoliyatini investisiya asosida moliyalashtirish jarayonida «Raqamli investisiya monitoringi platformasi»ni joriy etish orqali kraudfanding, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va «yashil investisiyalar»ni moliyalashtirish taklifi «O‘zmilliybank» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zmilliybank» AJning 2025-yil 30-sentyabrdagi 02/2-6540/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muammoli investision kreditlari ulushi 2025-yil 1-oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga qisqargan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes faoliyatini investisiyalar asosida moliyalashtirish uslubiyoti kichik biznesni moliyalashtirishda investision moliya vositalarining «venchur kredit»lar va «gibrid qarz-investisiya» usullarini uyg‘unlashtirish asosida joriy etish orqali takomillashtirish taklifi «O‘zmilliybank» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zmilliybank» AJning 2025-yil 30-sentyabrdagi 02/2-6540/17-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning kichik biznes sub’ektlariga taklif etayotgan kredit xizmatlari turi 2025-yil 1-oktyabr` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga ko‘paygan.