Sadaddinov Ulug‘bek Usnaddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5541.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Mahbubaxon Raximjanovna pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almuratovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tayanch kompetensiyalar tizimi (vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy, me’yoriy-huquqiy hamda ijtimoiy-madaniy kompetensiyalar) raqamli ta’lim muhiti sharoitida qayta konseptuallashtirilib, “Texnologiya ta’limi metodikasi” fanining mazmuni bilan integratsiyalashgan holda ilmiy asoslab berilgan;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimli-amaliy model ishlab chiqildi hamda uning tashkiliy-metodik komponenti innovatsion ta’lim texnologiyalariga (muammoli o‘qitish, Bloom taksonomiyasi asosidagi “Blum kubi”, CLIL, ORID, Step by Step) ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish tizimi (ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik, intellektual-bilish, mehnat va ekologik qadriyatlar) motivatsion, analitik, aksiologik, kommunikativ, baholash va refleksiv bosqichlar asosida qayta loyihalashtirilib, tarixiy va madaniy mazmundagi matnlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar kompetensiyaviy va loyiha asosidagi yondashuvlar bilan metodik jihatdan boyitilgan;
analitik, tashkiliy, faoliyatga yo‘naltirilgan, monitoring va natijaviylik bosqichlarini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan pedagogik mexanizm ishlab chiqilib, u milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning mazmunli-jarayonli hamda tashkiliy-pedagogik komponentlarini uyg‘unlashtirish va optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan model sifatida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy madaniyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning tayanch kompetensiyalari (vatanparvarlik; ma’naviy-ahloqiy; meʼyoriy-huquqiy; ijtimoiy-madaniy) “Texnologiya ta’limi metodikasi” fanini o‘qitish mazmunini integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i asosida berilgan 277-470 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish mazmunini yoritib berishga sharoit yaratilgan.
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish tizimli-amaliy modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion ta’lim texnologiyalari (muammoli o‘qitish, Blum kubi, CLIL, ORID, Step by Step)ga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i asosida berilgan 277-470 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirishning amaliy modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini (ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar, badiiy-estetik qadriyatlar, aqliy bilish faoliyati bilan bog‘liq qadriyatlar, mehnat bilan bog‘liq qadriyatlar, ekologik qadriyatlar) rivojlantirish tizimi motivatsion, analitik, aksiologik, baholash, kommunikativ, refleksiv bosqichlarga asoslangan tarixiy matnlar bilan ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘qish (tahlil etish, taqqoslash) loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-sentyabdagi 156-sonli buyrug‘i; 156-05 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini rivojlantirishning metodik shart-sharoitlari va mexanizmlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.
analitik, tashkiliy, faoliyatga yo‘naltirilgan, monitoring va natijaviylik bosqichlarini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan pedagogik mexanizm ishlab chiqilib, u milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishning mazmunli-jarayonli hamda tashkiliy-pedagogik komponentlarini uyg‘unlashtirish va optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy asoslangan model bo‘yicha takliflar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 30-sentyabdagi 156-sonli buyrug‘i; 156-05 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy madaniyati rivojlantirilgan.