Turdieva Dilnavoz Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiq iqlim sharoitida yashovchi ayollarda fiziologik homiladorlik davrida sitokin ishlab chiqarish dinamikasi” 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.3.PhD/Tib395.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.05/2025.27.12.Tib.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzimurodov Nodir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori; Isanbaeva Landish Muxamedzakievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiq iqlim sharoitida yashovchi ayollarda fiziologik homiladorlik davrida sitokin ishlab chiqarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fiziologik homiladorlikda gestatsion davr haftalari bo‘yicha yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) va qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar miqdorining proporsional ortishi gestatsiya bosqichlarida tolerantlik va moslashuv mexanizmlarining shakllanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor fiziologik homiladorlikda angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) va antiangiogen (sFlt-1) omillar miqdorlarining gestatsion davr haftalari bo‘yicha keskin ortishi sababli fetoplatsentar qon aylanishining fiziologik moslashuvi va tug‘ruq jarayoniga tayyorgarlik xolatiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor normal tug‘ruq jarayoni rivojlanishi sababli yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi, yallig‘lanishga qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar va angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) omillar miqdorining ishonarli kamayishi fonida antiangiogen (sFlt-1) omilning miqdori o‘sishda davom etishi aniqlangan;
ilk bor fiziologik homiladorlik kechishini baholash uchun ishlab chiqilgan (sitokin, angiogen va klinik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan) integral indeksni (PPI - Pregnancy Physiology Index) qo‘llanilishi sababli homiladorlikda asoratlar rivojlanishini 2–4 hafta avval bashoratlash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Issiq iqlim sharoitida yashovchi ayollar fiziologik homiladorlik davrida sitokin ishlab chiqarish dinamikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor fiziologik homiladorlikda gestatsion davrning har haftasi bo‘yicha sitokinlar ishlab chiqarilish dinamikasi tavsiflandi. IL-1β darajasining bosqichma-bosqich oshishi (homilador bo‘lmagan ayollarda 22,7 pg/ml 28–31-haftada 212,7 pg/ml tug‘ruq oldidan 273,6 pg/ml), IL-8 ning nazorat guruxida 17,5 pg/ml dan 12–15-haftada 98,5 pg/ml gacha o‘sishi, IL-4 ning 12,8 pg/ml dan 16–19-haftada 235,7 pg/ml gacha va IL-10 ning 13,8 pg/ml dan 20–23-haftada 52,7 pg/ml gacha ko‘tarilishi aniqlandi; bu o‘zgarishlar gestatsiyaning turli bosqichlarida immun tolerantlik va moslashuv mexanizmlari shakllanishini ko‘rsatdi hamda ushbu natijalar «Fiziologik homiladorlik kechayotgan ayollarda yallig‘lanishga xos va -qarshi sitokinlar darajasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi. Olingan natijalar Respuplika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Navoiy filialida (№68 sonli buqruq, 12-may 2025-yil) va Respuplika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Buxoro filialida (№ 35-sonli buyruq, 7-may 2025-yil). Ilimy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida yashovchi, gestatsion davri fiziologik kechayotgan homilador ayollar uchun antenatal parvarish sifatini oshirish — gestatsion moslashuvni monitoring qilish maqsadida immunologik va angiogenik markerlarni amaliyotga joriy etish orqali homilaning bachadonda to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, gestatsion asoratlarni oldini olish hamda perinatal kasallik va o‘lim xavfini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ilk bor fiziologik homiladorlik kechayotgan ayollarni antenatal kuzatish amaliyotiga ilmiy natijalarni joriy etish — gestatsion asoratlarni erta prognozlash, tekshiruvlar hajmini optimallashtirish hamda dori-darmon bilan davolash va gospitalizatsiyaga ehtiyojni kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 726.000 so‘m mablag‘ tejash imkonini berdi; xulosa: yallig‘lanishga xos va -qarshi sitokinlar (IL-1β, IL-4, IL-8, IL-10) profillarini gestatsiyaning turli bosqichlarida homiladorlikning fiziologik kechishini baholash uchun immunologik biomarker sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi; bu esa real iqlim sharoitida dinamik immun skrining o‘tkazish imkonini yaratadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik orqali homiladorlikning fiziologik kechishini baholash uchun sitokin profillarini immunologik biomarker sifatida qo‘llash imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor fiziologik homiladorlikda gestatsion davr haftalari bo‘yicha yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) va qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar miqdorining proporsional ortishi gestatsiya bosqichlarida tolerantlik va moslashuv mexanizmlarining shakllanishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdori» uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kengashining kengashining 2025-yil 24-yanvardagi №1-sonli bayonnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Navoiy filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi №68-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Buxoro filiali bo‘yicha 07.05.2025 yildagi № 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04.11.2025 y. 28/14-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida ayollar fiziologik homiladorligida antenatal parvarish sifatini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlarni kamaytirish, perinatal kasallik va o‘lim xavfini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Navoiy va Buxoro filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishi issiq iqlim sharoitida yashovchi fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdorini aniqlash usulini qo‘llash xar bir bemorni davolash uchun sarflangan mablag‘ni 624000 so‘mgacha tejash va statsionarda bemorning statsionarda bo‘lgan kunlari uchun 475310 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: fiziologik homiladorlikda gestatsion davr haftalari bo‘yicha yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) va qarshi (IL-4, IL-10) sitokinlar miqdorining proporsional ortishi gestatsiya bosqichlarida tolerantlik va moslashuv mexanizmlarining shakllanishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangilik ilk bor fiziologik homiladorlikda angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) va antiangiogen (sFlt-1) omillar miqdorlarining gestatsion davr haftalari bo‘yicha keskin ortishi sababli fetoplatsentar qon aylanishining fiziologik moslashuvi va tug‘ruq jarayoniga tayyorgarlik xolatiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha «Fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdori» uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kengashining kengashining 2025-yil 24-yanvardagi №1-sonli bayonnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Navoiy filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi №68-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Buxoro filiali bo‘yicha 07.05.2025 yildagi № 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04.11.2025 y. 28/14-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida ayollar fiziologik homiladorligida antenatal parvarish sifatini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlarni kamaytirish, perinatal kasallik va o‘lim xavfini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Navoiy va Buxoro filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishi issiq iqlim sharoitida yashovchi fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdorini aniqlash usulini qo‘llash xar bir bemorni davolash uchun sarflangan mablag‘ni 624000 so‘mgacha tejash va statsionarda bemorning statsionarda bo‘lgan kunlari uchun 475310 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: fiziologik homiladorlikda angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) va antiangiogen (sFlt-1) omillar miqdorlarining gestatsion davr haftalari bo‘yicha keskin ortishi dinamikasi fetoplatsentar qon aylanishining fiziologik moslashuvi va tug‘ruq jarayoniga tayyorgarlik xolatiga olib kelishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor normal tug‘ruq jarayoni rivojlanishi sababli yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi, yallig‘lanishga qarshi (IL-4,IL-10) sitokinlar va angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) omillar miqdorining ishonarli kamayishi fonida antiangiogen (sFlt-1) omilning miqdori o‘sishda davom etishi aniqlanganligi bo‘yicha «Fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdori» uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kengashining kengashining 2025-yil 24-yanvardagi №1-sonli bayonnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Navoiy filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi №68-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Buxoro filiali bo‘yicha 07.05.2025 yildagi № 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04.11.2025 y. 28/14-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida ayollar fiziologik homiladorligida antenatal parvarish sifatini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlarni kamaytirish, perinatal kasallik va o‘lim xavfini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Navoiy va Buxoro filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishi issiq iqlim sharoitida yashovchi fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdorini aniqlash usulini qo‘llash xar bir bemorni davolash uchun sarflangan mablag‘ni 624000 so‘mgacha tejash va statsionarda bemorning statsionarda bo‘lgan kunlari uchun 475310 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: normal tug‘ruq jarayoni rivojlanishida yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi, yallig‘lanishga qarshi (IL-4,IL-10) sitokinlar va angiogen (TGFβ, VEGFA, PLGF) omillar miqdorining ishonarli kamayishi fonida antiangiogen (sFlt-1) omilning miqdori o‘sishda davom etishi asoslangan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor fiziologik homiladorlik kechishini baholash uchun ishlab chiqilgan (sitokin, angiogen va klinik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan) integral indeksni (PPI - Pregnancy Physiology Index) qo‘llanilishi sababli homiladorlikda asoratlar rivojlanishini 2–4 hafta avval bashoratlash imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha «Fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdori» uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqilgan (Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kengashining kengashining 2025-yil 24-yanvardagi №1-sonli bayonnomasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Navoiy filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi №68-sonli va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasi Buxoro filiali bo‘yicha 07.05.2025 yildagi № 35-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 04.11.2025 y. 28/14-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: issiq iqlim sharoitida ayollar fiziologik homiladorligida antenatal parvarish sifatini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlarni kamaytirish, perinatal kasallik va o‘lim xavfini kamaytirish xamda xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Navoiy va Buxoro filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishi issiq iqlim sharoitida yashovchi fiziologik xomiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar miqdorini aniqlash usulini qo‘llash xar bir bemorni davolash uchun sarflangan mablag‘ni 624000 so‘mgacha tejash va statsionarda bemorning statsionarda bo‘lgan kunlari uchun 475310 so‘m iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: fiziologik homiladorlik kechishini baholash uchun ishlab chiqilgan (sitokin, angiogen va klinik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan) integral indeks (PPI - Pregnancy Physiology Index) homiladorlikda asoratlar rivojlanishini 2–4 hafta avval bashoratlash imkonini berishi asoslangan.