Xayrova Toydiq Janabay qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Nukus sharoiti uchun ko‘p qavatli turar joy komplekslarini shakllantirish”, 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/A29.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Mansurov Yashnar Ma’rufovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Dinara Anvarovna, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor; Aymatov Anvar Abduxoliqovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nukus shahri sharoitida ko‘p qavatli turar joy majmualarining hajmiy-fazoviy shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va amaliy shakllantirish bo‘yicha innovatsion metodologiya va  ular bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy “mahalla” tamoyillarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmualari tarkibiga moslashtirish orqali milliy qadriyatlarni saqlash va ijtimoiy-funksional samaradorlikni oshirishga qaratilgan loyihaviy-uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
yirik shaharlarda ko‘p qavatli turar joy komplekslarida yagona hajmiy-fazoviy tizimga birlashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, xo‘jalik, muhandislik sport, xizmat ko‘rsatish, ta’lim, sog‘lomlashtirish xizmatlarni qamrab olgan funksional hududlash usullari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston an’anaviy me’morchiligida qo‘llanilgan “dalon” tamoyili ilmiy tahlil qilinib, uni ko‘p qavatli turar joy komplekslarida ekologik va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli karkasni tashkil etuvchi uchta asosiy tamoyil - uzlyuksizlik, funksional integratsiya, mos o‘simliklar turlarini tanlash bilan integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan model taklif qilingan;
hududning keskin kontinental agressiv ekologik sharoitida ilk bor baland tipdagi turar joy kompleksida ichki himoyalangan qamrovli shamollatish tizimli (“tashqi hovli”, “tambur-dalon”, “ichki hovli”, “lodjiya - kichik hovlicha”, “tom hovli”) ilk bor yangi turdagi “yashil” biomuhitlar tizimli zahirasi yaratilgan loyihasi taklif qiligan;
Nukus shahri kompleks binosini chang, qum va bo‘ronlardan himoya qilish, issiq-sovuq harorat ta’sirlardan saqlash maqsadida salbiy ekologik muhitdan himoyalaydigan, zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan «qalqon qoplama»ni shakllantirishning innovatsion metodologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nukus sharoiti uchun ko‘p qavatli turar joy komplekslarini shakllantirish mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
an’anaviy “mahalla” tamoyillarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joy majmualari tarkibiga moslashtirish orqali milliy qadriyatlarni saqlash va ijtimoiy-funksional samaradorlikni oshirishga qaratilgan loyihaviy-uslubiy yondashuv ishlab chiqilganligi va yirik shaharlarda ko‘p qavatli turar joy komplekslarida yagona hajmiy-fazoviy tizimga birlashtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, xo‘jalik, muhandislik sport, xizmat ko‘rsatish, ta’lim, sog‘lomlashtirish xizmatlarni qamrab olgan funksional hududlash usullari asoslanganligiga oid takliflar «OOO Arxtorus» loyihalash institutining loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 sentyabrdagi 04-07/01-3258 ma’lumotnomasi; «OOO Arxtorus» loyiha institutining 2025 yil 22 sentyabrdagi 50-son dalolatnomasi). Natijada tashqi ekologik ta’sirlardan himoyalangan binoda yashash, ishlash, sport bilan shugullanish, dam olish muhitini shakllanishi xususida ilmiy asoslangan takliflar yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston an’anaviy me’morchiligida qo‘llanilgan “dalon” tamoyili ilmiy tahlil qilinib, uni ko‘p qavatli turar joy komplekslarida ekologik va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli karkasni tashkil etuvchi uchta asosiy tamoyil - uzlyuksizlik, funksional integratsiya, mos o‘simliklar turlarini tanlash bilan integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan modeliga va hududning keskin kontinental agressiv ekologik sharoitida ilk bor baland tipdagi turar joy kompleksida ichki himoyalangan qamrovli shamollatish tizimli (“tashqi hovli”, “tambur-dalon”, “ichki hovli”, “lodjiya - kichik hovlicha”, “tom hovli”) ilk bor yangi turdagi “yashil” biomuhitlar tizimli zahirasi yaratilgan loyihasiga oid takliflar «QQTAMIRLOYIXA» MShJ loyihalash institutining loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 sentyabrdagi 04-07/01-3258 ma’lumotnomasi; «QQTAMIRLOYIXA» MShJ loyihalash institutining 2025 yil 25 noyabrdagi 53-son dalolatnomasi). Natijada Nukus shahridagi ko‘p qavatli turar joy binolarining arxitekturaviy holatini rivojlantirishda mahalliy an’anaviy uslublarini qo‘llash orqali turar joy binolarida bioiqlimning yaratilishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish