Matkarimova Shoxista Xabibullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasihaqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixiy mavzudagi asarlar tarjimasida milliylikni aks ettirishning lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025-yil 1-son B2025.1.PhD/Fil5712
Ilmiy rahbar: Masharipova Nargiza Otaxonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 03/2025.27.12.Fil.22.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor. Tursunov Akmal Xamidjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. Teshaboeva Ziyoda Qodirovna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.        
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy asarlardagi realiyalar va lakunalarning ingliz tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan lingvomadaniy muammolarni aniqlash, ularning adekvat tarjima echimlarini qiyosiy tahlil asosida belgilash hamda tarjimada tarixiylik va milliylikni ifodalashning samarali usullarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarjima jarayonida lingvomadaniy omillarning ta’siri tizimli ravishda tahlil qilinib, til    va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘zbek tarixiy asarlaridagi milliy va tarixiy komponentlarning ingliz tiliga adekvat o‘tkazilish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan;
 Ulug‘bek xazinasi”, “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” va “Xorazmnoma” asarlarida uchraydigan realiyalarning ingliz tiliga tarjimasi qiyosiy o‘rganilib, ularning lingvomadaniy tabiatini aks ettiruvchi yangi tasnif taklif qilindi. Xususan, adabiyotga oid realiyalar, soliq terminlari, urug‘-jamoa nomlari alohida guruh sifatida ilmiy muomalaga kiritilgan;
tarixiy matnlarda uchraydigan realiyalarning tarjimasida qo‘llaniladigan strategiyalarning funksional ustuvorligi aniqlanib, davlat boshqaruvi va onomastik birliklarda transliteratsiya/transkripsiya, diniy realiyalarda adaptatsiya va sinonimik almashtirish, xo‘jalik-soliq terminlarida esa tasviriy izoh va umumlashtirishning samarali mexanizmlari ilmiy asosda dalillangan;
 lakuna va lakunarlikning nazariy va amaliy xususiyatlari yangi tipologik yondashuv asosida o‘rganilib, absolyut lakunalarda generalizatsiya va transkripsiyaning, nisbiy lakunalarda sinonimik almashtirishning, uslubiy lakunalarda esa adaptatsiya strategiyasining qo‘llanish qonuniyatlari aniqlangan;
tarjima amaliyotida realiya va lakunalar qo‘llanishi bo‘yicha statistik tahlil amalga oshirilib, o‘zbek tarixiy asarlarining ingliz tiliga tarjimasida eng ko‘p uchraydigan lingvomadaniy birliklar va ularning tarjima modellari ilk bor statistik jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tarixiy romanlarining inglizcha tarjimasida tarixiylik va milliylikni aks ettirishning lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
dissertatsiyaning tarjima jarayonida mutarjimlar duch kelishi mumkin bo‘lgan biror xalq turmush tarzi, madaniyatiga oid bo‘lgan so‘zlar, yaʼni realiyalarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar va turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar tahlil  qilingan xulosalardan, shuningdek, “Ulugʻbek xazinasi”, “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda”, “Xorazmnoma” (uchinchi  kitob) tarixiy asarlarida uchrovchi realiyalar tarjimasida transliteratsiya, transkripsiya, adaptatsiya, sinonimik almashtirish, tasvirlash va umumlashtirish usullari eng sermahsul tarjima usullari ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023–2025-yillarda  bajarilgan IL-27-4722022413-son “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 05-sentyabrdagi №04-04-1/4988-ma’lumotnomasi). Natijada loyihada ekvivalensiz leksemalarni tarjima qilish hamda so‘zlarning muqobil variantini tanlash bo‘yicha muvaffaqiyatli strategiyalar ham taklif qilingan;
realiyalar tarjimasida tarjimonlar omilining ahamiyati katta ekani, xususan, I.To‘xtasinov, N.Masharipova kabi  tarjimonlar realiyalar tarjimasida ko‘proq transliteratsiya va izoh berish usulidan foydalanishgani, Shohruhmirzo Ismoilov esa ko‘proq muqobilini topish, moslashtirish yoki sinonim so‘zini qo‘llash usullaridan foydalangani haqidagi ilmiy natijalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 06-avgustdagi №01/4-3457-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima jarayonida mutarjimlar faktori tarjima jarayoniga ta’sir qilishi mumkinligi asosida o‘zbek tili morfoleksikoni bazasi boyitilgan; 
    boshqa tillarda ekvivalenti bo‘lmagan mutloq lakunalarni tarjima qilishda mutarjimlarning umumiylashtirish va transkripsiya usullaridan, nisbiy lakunalar tarjimasida sinonimidan foydalanish uslubidan, uslubiy lakunalar tarjimasida esa adaptatsiya usulidan foydalanishgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan nashrga uzatilgan Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishidagi talabalar uchun Integrated language skills nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan. O‘quv qo‘llanmani ro‘yxatga olish raqami 218-252. Bu haqida Urganch davlat pedagogika institutining 2025-yil, 18-sentyabrdagi 04-21/2315-son ma’lumotnomasida ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada talabalarning tarjima jarayonida duch kelishlari mumkin bo‘lgan lakunalarni ikkinchi bir tilga o‘girishda qanday usullardan foydalanish mumkinligi haqidagi nazariy va amaliy bilimlari oshishiga erishilgan;
ishning realiyalar tarjimasi jarayoniga uning turlari ta’sirining katta ekani, jumladan, davlat boshqaruviga oid so‘zlar, onomastik realiyalar tarjimasida ko‘proq transliteratsiya va transkripsiya usulidan foydalanilgani, dinga oid so‘zlar tarjimasida adaptatsiya yoki sinonimik almashtirish usulidan foydalanilgani, soliq nomlari tarjimasida ko‘pincha tasviriy va umumlashtirish usullaridan foydalanilgani haqidagi ilmiy xulosalaridan  Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2025-yil 8-aprel kuni efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 08-apreldagi 138-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligi, ilmiy-ma’naviy saviyasi oshishi hamda tinglovchilarga o‘zbek tilidagi tarixiy asarlarning ingliz tiliga tarjimalari tarkibidagi realiyalar tarjimasi va o‘ziga xosliklari kengroq etib borishi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish