Jo‘raev Olim Ismoilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini VR texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”  13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped5662
Ilmiy rahbar: Sariev Rustam Bobomuradovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.16.03
Rasmiy opponentlar: 
1. Samieva Shaxnoz Xikmatovna. Buxoro davlat texnika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc), (ixtisoslik shifri 13.00.02) Ilmiy kengash a’zosi;
2. Jamilov Yusuf Yunus o‘g‘li. Navoiy davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), (ixtisoslik shifri 13.00.02) ;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
VR texnologiyalar asosida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VR texnologiyalaridan foydalanib, amaliy mashg‘ulot mazmunini o‘zlashtirish, individual va jamoaviy talablar asosida o‘qitishga qaratilgan mashg‘ulotlarning moslashuvchanlik darajasi amaliy ko‘nikmalarning talablari va xususiyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirib borish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni amaliy ko‘nikmalarini VR texnologiyalari asosida rivojlantirishni metodik modelining mazmunli-maqsadli, tarkibiy-tashkiliy hamda natijaviy bloklari texnologik, maqsadli dasturiy, pedagogik individuallashtirish va psixologik jihatdan ijobiy ta’sirlarni kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
VR amaliy muhitidan foydalanib, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi fikrlash dizayni (Dizayn thinking), loyiha (Project method) va vaziyatlar tahlili (Situational analysis) metodlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning VR amaliy muhitda amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlanganlik darajalarini aniqlashning (Intellektual, ijodiy, kreativ va qisman izlanuvchi) mezonlari o‘quv jarayonining pedagogik xususiyatlari, o‘quv maqsadlari va talabalar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tahlillar asosida aniqlashtirilgan hamda olingan pedagogik tajriba-sinov natijalari matematik-statistik tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida: 
bo‘lajak muhandislarning amaliy ko‘nikmalarini VR texnologiyalari asosida rivojlantirishni metodik modelining mazmunli-maqsadli, tarkibiy-tashkiliy hamda natijaviy bloklari texnologik, maqsadli dasturiy, pedagogik individuallashtirish va psixologik jihatdan ijobiy ta’sirlarni kengaytirish asosida o‘qitishga oid metodik tavsiyalardan “Ta’limda VR texnologiyalari” hamda “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan(Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2025 yil 27 fevraldagi 02/01-01-78 son malumotnomasi). Mazkur qo‘llanmalar Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga, bo‘lajak muhandislarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
VR amaliy muhitdan foydalanib «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanidan talabalarning mashg‘ulotlar jarayonlarida amaliy ko‘nikmalari fikrlash dizayni (Dizayn thinking), loyiha (Project method) va vaziyatlar tahlili (Situational analysis) metodlarigaga ustuvorlik berish orqali rivojlantirilgan(Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2025 yil 27 fevraldagi 02/01-01-78 son malumotnomasi).  Mazkur taklif va metodlar Oliy ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitish mazmunini takomillashtirishga yordam bergan;
ishlab chiqilgan VR amaliy muhiti multimediali axborot tizimi asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslarini qo‘llashga oid metodik tavsiyalar va takliflaridan 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBFIEJP ELBA – “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan(2025 yil 24 fevral 1-1-01/02-920-sondagi malumotnoma). Mazkur materiallar talabalarning amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini, hamda mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga xizmat qilgan;
talabalarning VR amaliy muhitda amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlanganlik darajalarini aniqlashning (Intelektual, ijodiy, kreativ va qisman izlanuvchi) mezonlari o‘quv jarayonining pedagogik xususiyatlari, o‘quv maqsadlari va talabalar ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tahlillari Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan Akademik innovatsiyalar fondining 
(AIF 2/20) -“Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish“ mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (2025 yil 21 aprel 4/05-87/409-sondagi malumotnoma).Mazkur yondashuvlar bo‘lajak muhandislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash salohiyatini oshirish hamda amaliy muammolarga innovatsion echimlar topish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar o‘quv jarayoniga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish