Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy “Farhod va Shirin” dostonlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil4472.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sodirxanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy “Farhod va Shirin” dostonlarini ijodiy an’ana va individual poetik tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari hamda usullariga ko‘ra ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Usmonli shoiri Lome’iy Chalabiy adabiy merosi o‘zbek adabiyotshunosligiga olib kirilganligi va jahon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy “Farhod va Shirin” dostonlarining qiyosiy tahlili ilk marotaba monografik planda amalga oshirilganligi, uning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati nazariy jihatdan ochib berilgan;
“Farhod va Shirin” dostonlarining syujet xususiyatlari va kompozisiya poetikasi qiyosiy jihatdan tekshirilib, Lome’iy dostonidagi lirik janrlar: g‘azal, qasida, tarji’band, tarkibbandning doston mazmuni va ijodkor g‘oyaviy niyatini ochishdagi o‘rni ilmiy asoslangan;
Navoiy va Chalabiyning badiiy mahorati dostonlarda qo‘llanilgan tasviriy vositalar, qofiya tizimi va istifoda etilgan she’riy o‘lchovlar asosida ochib berilgan va Navoiyning badiiy mahorat borasidagi ustunligi misollar asosida isbotlanilgan;
har ikkala dostonda muallif dunyoqarashining asosini tashkil etuvchi muqaddimalar va basmala boblari mualliflarning badiiy tafakkurini belgilovchi mezon ekanligi qiyosiy aspektda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy “Farhod va Shirin” dostonlarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har ikkala dostonda muallif dunyoqarashining asosini tashkil etuvchi muqaddimalar va basmala boblari mualliflarning badiiy tafakkurini belgilovchi mezon ekanligi qiyosiy aspektda o‘rganilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillari) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 17-oktyabrdagi 01-2924-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
usmonli shoiri Lome’iy Chalabiy adabiy merosi o‘zbek adabiyotshunosligiga olib kirilganligi va jahon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy “Farhod va Shirin” dostonlarining qiyosiy tahlili ilk marotaba monografik planda amalga oshirilganligi, uning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati nazariy jihatdan ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “IZ-2021020813 Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 20-noyabrdagi 01-2942-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy aniqlikni belgilashga xizmat qiluvchi yangi ilmiy-nazariy daliliy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
“Farhod va Shirin” dostonlarining syujet xususiyatlari va kompozisiya poetikasi qiyosiy jihatdan tahlil etilgan hamda Lome’iy dostonidagi lirik janrlar: g‘azal, qasida, tarji’band, tarkibbandning doston mazmuni va ijodkor g‘oyaviy niyatini ochishdagi o‘rni ilmiy nazariy jihatdan dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” fundamental loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 17-oktyabrdagi 01-2923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada monografiya qismlari ilmiy aniqlik nuqtayi nazaridan yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Alisher Navoiy ijodining usmonli turk adabiyotiga, xususan, Lome’iy Chalabiy ijodiga ta’siri, Lome’iy Chalabiyning adabiy merosi, jumladan, “Farhod va Shirin” dostoni haqida yangi ma’lumotlar berildi. “Xamsa” tarkibidagi dostonlarning kompozision va arxitektonik jihatlari: syujet qismlari, obrazlar galereyasi konseptual va kompleks tahlilga tortildi. Dostonlarning g‘oyaviy mundarijasi, muqaddimaviy boblar qiyosi: o‘xshashlik va farqli jihatlar yoritib berildi. Lome’iy dostoni tarkibidagi lirik janrlar hamda ularning vazn xususiyatlari, Alisher Navoiy va Lome’iy Chalabiy dostonlarining qofiya tizimi, masnaviylar tarkibida qo‘llanilgan badiiy san’at turlari, ikki ijodkorning badiiy mahorat masalalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan. (“O‘zbekiston” teleradiokanali 2024-yil 7-fevraldagi 02-28-186-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.