Mirzambetov Nurlibay Aybergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlari plankton hayvonlari (faunasi, suksessiyasi, amaliy ahamiyati)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1509.
Ilmiy rahbar: Mirabdullaev Iskandar Mirbotirovich, biologiya fanlari doktori, professsor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mɪrzamurat Ajimuratovich biologiya fanlari doktori, professor; Qoshanov Dauletbay Erejepovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlari plankton hayvonlarini (faunasi, suksessiyasi, amaliy ahamiyati) aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlarining gidrologik, gidrokimyoviy va harorat rejimlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘istonning chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlari zooplanktonining tur tarkibi aniqlangan, zooplankterlarning 43 turi (jumladan, kolovratkalarning 21 turi, shoxdormo‘ylovlilarning 13 turi va eshkakoyoqli qisqichbaqasimonlarning 9 turi) qayd qilingan, dominant shakllari aniqlangan, kam o‘rganilgan Microcyclops pachyspina turining tuzilishi hamda Diaphanasoma dubium turi Qoraqalpog‘iston gidrofaunasi uchun ilk bor aniqlangan;
ilk bor chavoq o‘stiruvchi hovuzlar zooplanktonining suksessiyasi batafsil kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlari zooplanktonining sifat va miqdoriy rivojlanish qonuniyatlari asoslangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlarida baliq chavoqlarining o‘sish sur’ati va oziqlanishi batafsil kuzatilgan, chavoqlarning o‘sishi va oziqlanishiga ta’sir etuvchi omillar baholangan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlarining ekspluatatsiya rejimini optimallashtirish va tabiiy ozuqa bazasini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlari plankton hayvonlari (faunasi, suksessiyasi, amaliy ahamiyati) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonning baliqchilik hovuzlarining ekologik holatini biomonitoring qilish va trofik holatini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 6 noyabrdagi 01/18-2-4038-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik hovuzlarining ekologik holatini biomonitoring qilish va trofik holatini baholash ishlarini amlaga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlarining ekspluatatsiya rejimini optimallshtirish va tabiiy ozuqa bazasini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 30 oktyabrdagi 03/06-4210/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston sharoitida chavoq o‘stiruvchi baliqchilik hovuzlarining ekspluatatsiya rejimini optimallshtirish va tabiiy ozuqa bazasini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan.