Abdukaxxarov Abduaziz Abdulazizxon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Paxtani qayta ishlash mashinalarida qo‘llash uchun antifriksion eyilishga bardoshli kompozision polipropilen materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3. PhD /T5911
Ilmiy rahbar: Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni: Risqulov Alimjan Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Xasan Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi: paxtani qayta ishlash mashinalarida qo‘llash uchun antifriksion eyilishga bardoshli kompozision polipropilen materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani qayta ishlash mashinalarida qo‘llash uchun antifriksion eyilishga bardoshli kompozision polipropilen materiallarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlari ishchi organlarining ishqalanuvchi agregatlarida qo‘llash uchun KPM samarali tarkiblaridan tayyorlangan mashinasozlik detallarining ishlash qobiliyati va chidamliligi 2,5-3,5 baravar oshganligi aniqlangan;
kompozision polipropilen materiallar tarkibiga uglegrafitli to‘ldiruvchilarni qo‘shish orqali paxta xomashyosi bilan friksion o‘zaro ta’sir zonasida hosil bo‘ladigan ishqalanish koeffisienti qiymatining pasayishi hisobiga eyilishning kamayishi, elektr o‘tkazuvchanlikning oshishi, harorat va statik elektr zaryadining kamayishi aniqlangan;
yuqori fizik-mexanik va antifriksion-eyilishbardosh xususiyatlarga ega kompozision polipropilen materiallarni olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani qayta ishlash mashinalarida qo‘llash uchun antifriksion eyilishga chidamli kompozision polipropilen materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta qayta ishlash mashinalarida qo‘llash uchun antifriksion va eyilishga chidamli kompozision polipropilen materiallarning samarali tarkiblari Pskent paxta tozalash zavodi klasteri «Real Agro Cotton» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2025 yil 27 noyabrdagi 02/06-2775-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llaniladigan antifriksion-eyilishga chidamli kompozision polipropilen mashinasozlik detallarining ishlash muddatini va eyilishga chidamliligini 2,5-3,5 barobarga oshirish imkonini bergan;
antifriksion-eyilishga chidamli kompozision polipropilen polimer materiallarni ishlab chiqarish va ulardan mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish texnologiyasi Pskent paxta tozalash zavodi klasteri «Real Agro Cotton» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT» uyushmasining 2025 yil 27 noyabrdagi 02/06-2775-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxtachilik mashina va mexanizmlarining ish unumdorligini 7-14% ga oshirish, sarflanadigan quvvatni 5-8% ga kamaytirish, tolaning mexanik shikastlanishini 0,12-0,28% ga, chigitning ezg‘ilanishini 0,16-0,32% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish