Toshpo‘latov Abduqodir Maxammadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anklavlik sharoitida So‘x tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari va istiqbollari”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Gr353.
Ilmiy rahbar: Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Abduvaliev Xayitboy Abdug‘anievich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anklavlik sharoitida So‘x tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi muammolarni aniqlash va ularning echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahondagi submilliy anklav hududlarning iqtisodiy-integratsion, resurs dominantligi, madaniy-iqtisodiy paradoks, harbiy-strategik, turistik-rekreatsion kabi geografik modellari takomillashtirilgan va rivojlanish yo‘nalishlari aniqlangan;
So‘x anklavi er resurslarining toifalari tasnif qilingan, antropogen yuklama indeksi aniqlangan hamda erdan foydalanishning asosiy yo‘nalishi mezoni bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlarini hududiy guruhlashtirish asosida tabiiy-xo‘jalik kichik rayonlarga ajratilgan;
anklavlik sharoitida So‘x tumani ishlab chiqarish tarmoqlari funksional tuzilmasining hududiy ixtisoslashuv koeffisienti (LQ) va konsentratsiya indeksi (HHI) aniqlangan, yirik masshtabli (1: 100 000) turkum xaritalari yaratilgan;
anklavlik sharoitida So‘x tumani aholisining hududiy joylashuv qonuniyatlari brutto va netto ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan. 2050-yilgacha chiziqli funksiya, geometrik va eksponensial modellar asosida aholi soni prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘x tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini barqarorlashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va xulosalar asosida:
jahondagi submilliy anklav hududlarning ishlab chiqilgan geografik modellari va aniqlangan rivojlanish yo‘nalishlari «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyun, 218-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №218-182). Natijada, talabalarda submilliy anklav hududlarning shakllanishi, geosiyosiy ahamiyati va davlatlararo munosabatlardagi o‘rnini baholashga asos bo‘luvchi omillarni baholash kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
tasnif qilingan anklav er resurslarining toifalari, baholangan antropogen yuklama indeksi va hududiylik, komplekslilik, havza-irrigatsion, tarixiylik, demotsentrizm, funksional va hududiy-xo‘jalik tortilish tamoyillari asosida tabiiy-xo‘jalik jihatidan rayonlashtirish metodologiyasi «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyun, 218-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №218-182). Natijada, talabalarning anklav hududlarni tasniflashga asos bo‘luvchi omillarni baholash va rayonlashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
anklav hududlar ishlab chiqarish tarmoqlari funksional tuzilmasining aniqlangan ixtisoslashuv koeffisienti va konsentratsiya indeksi ko‘rsatkichlari, yaratilgan yirik masshtabli turkum xaritalari O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish Milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi amaliyotida Farg‘ona viloyatining turli mavzudagi xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 18 dekabrdagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish tarmoqlari ixtisoslashuv koeffisienti va konsentratsiya indeksini aniqlash, anklav hududlarni sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kosmik suratlar asosida baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
anklav aholisining aniqlangan hududiy joylashuv qonuniyatlari va chiziqli funksiya, geometrik va eksponensial modellar asosida ishlab chiqilgan aholi prognozi «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya: Masalalar to‘plami» nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabr, 388-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №388-184). Natijada, talabalarda anklav hududlarda aholining joylashuv qonuniyatlarini aniqlash, istiqbolli aholi sonini prognoz qilish va strategik rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan.