Ganieva Dilnoza Furkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Oqsilli tolalarning xossalarini yaxshilash uchun kompozision polimer modifikatorlarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini yaratishning ilmiy asoslari», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T989.
Ilmiy maslahatchi: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori; Amanov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqsilli tolalarning xossalarini yaxshilash uchun kompozision polimer modifikatorlarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini yaratishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer va modifikatsiya qiluvchi komponentlarning tabiati, turi, miqdori va tarkibiga qarab polimer kompozisiyalarining tuzilishi va fizik-kimoviy xossalarini shakllantirish qonuniyatlari aniqlandi hamda bu ipak va jun tolalarini modifikatsiyalash, ularning mustahkamlik va bo‘yash qobiliyatini oshiruvchi suvda yaxshi eriydigan kompozisiyalarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan; 
modifikatsiyalovchi kompozisiyaning alohida komponentlarining roli va ularning oqsil tolalari bilan o‘zaro ta’sir qilish mexanizmlari aniqlangan; 
polimer modifikatorlarining miqdori va tabiatining tabiiy tolalarning tuzilishi, deformatsiya-mustahkamlik xususiyatlari va bo‘yash qobiliyatiga ta’siri aniqlangan; 
suvda eruvchan polimerlarning miqdori va uning tarkibiy qismlarining funksional guruhlari ipak va jun tolalarining fibroin bilan o‘zaro ta’sir qilish xususiyatiga, shuningdek, ularning tuzilishi, fizik-mexanik xossalari va texnologik ko‘rsatkichlarining shakllanishiga ta’sir qilish darajasi aniqlangan; 
tolalarning texnologik, strukturaviy va mustahkamlik xususiyatlarini, shuningdek, ularning kimyoviy chidamliligini ta’minlaydigan, oqsil tolalarini modifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan suvda eruvchan polimer kompozisiyalarining optimal tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqsilli tolalarning xossalarini yaxshilash uchun kompozision polimer modifikatorlarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini yaratishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
suvda eruvchan kompozision polimer modifikatorlar «Stampa Textile» MChJ va «KOMPANIYA UNITEKS» MChJ korxonalarida jun va ipak tolalarini modifikatsiyalashda amaliyotga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 17 noyabrdagi 02/06-2699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision polimer modifikatorlar oqsilli tolalarning uzilishini 2–2,5 marta kamaytirish va bo‘yalish sifatini hamda tolalarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
kompozision polimer modifikatorlarni olish texnologiyasi «Stampa Textile» MChJ va «KOMPANIYA UNITEKS» MChJ korxonalarida joriy etilgan ((«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 17 noyabrdagi №02/06-2699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqsilli tolalarning modifikatsiyalanishi natijasida tabiiy jun tolasi asosidagi matolarning kiygizlanishini 20 % ga kamaytirish imkonini bergan;
kompozision polimer modifikatorlarning samarali tarkiblari tabiiy oqsilli tolalarni modifikatsiyalash uchun «Stampa Textile» MChJ va «KOMPANIYA UNITEKS» MChJ korxonalarida amaliyotga joriy etilgan ((«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 17 noyabrdagi №02/06-2699-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqsilli jun va ipak tolalarini ko‘p valentli metall tuzlari, gliserin va serisin asosidagi kompozision modifikatorlar bilan modifikatsiyalash va bo‘yash uchun texnologik reglament ishlab chiqildi hamda tabiiy oqsilli tolalar asosidagi gazlamalarning g‘ijimlanishini 25 % ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish