Egamnazarov Nurbek Kuylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda qovuq ekstrofiyasini diagnostikasi va jarroxlik samaradorligini oshirish», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3234.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sapaev Otabek Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda qovuq ekstrofiyasida antenatal tashxislash mezonlarini, klinik-tashkiliy yondashuvlarni hamda xirurgik taktikani takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amniotik suyuqlik miqdori normal bo‘lganda ul`tratovush tekshiruvida homiladorlikning 13-14-haftasidanoq aniqlanadigan homila qovug‘ining doimiy vizuallashmasligi qovuq ekstrofiyasining antenatal tashxisotining ishonchli, erta va patognomonik skrining mezoni ekanligi isbotlangan;
bolalarda qovuq ekstrofiyasini davolashda jarrohlik samaradorligiga to‘sqinlik qiluvchi, antenatal tashxisning o‘ta past darajasi va erta neonatal jarrohlik (“oltin davr”) imkoniyatining boy berilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikda namoyon bo‘luvchi asosiy tashkiliy-tizimli muammo – “diagnostik-taktik uzilish” konsepsiyasi ilmiy asoslangan;
qovuq ekstrofiyasini antenatal tashxislash va erta neonatal davrda (3-28 kunlik) qov simfizini majburiy birlamchi yopish (osteotomiyasiz / osteotomiya bilan) orqali bajariluvchi bir bosqichli “tension-free” (tarangliksiz) sistosfinkterouretroplastika tashrixini amalga oshirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan jarroxlik yondashuvining klinik samaradorligi isbotlangan;
bolalarda qovuq ekstrofiyasini davolashda “diagnostik-taktik uzilish”ni bartaraf etishga qaratilgan, passiv kuzatuv yondashuvidan voz kechgan holda neonatal jarrohni prenatal konsiliumning majburiy ishtirokchisiga aylantirish va shu orqali bemorni erta neonatal jarrohlikka tayyorlash hamda faol operativ taktikaga yo‘naltirilgan klinik-tashkiliy algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qovuq ekstrofiyasini davolash natijalarini yaxshilashga bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: amniotik suyuqlik miqdori normal bo‘lganda ul`tratovush tekshiruvida homiladorlikning 13-14-haftasidanoq aniqlanadigan homila qovug‘ining doimiy vizuallashmasligi qovuq ekstrofiyasining antenatal tashxisotining ishonchli, erta va patognomonik skrining mezoni ekanligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 martda 03/344-son bilan tasdiqlangan “Homiladagi qovuq ekstrofiyasini antenatal tashxislash va akusherlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 2 apreldagi 128-son va Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining 2025 yil 19 maydagi 94-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/40-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: hududiy UTT mutaxassislariga sodda va ishonchli skrining mezonini taqdim etib, erta antenatal tashxis imkoniyatini yaratdi, oilalarga ongli qaror qabul qilish huquqini berdi va xato tashxislardan keladigan fojiali oqibatlarning oldini oldi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ushbu patognomonik belgining qo‘llanilishi antenatal tashxis darajasini 0% dan (45 ta holatda hech biri aniqlanmagan) sezilarli darajada oshirish potensialiga ega. Agar respublika miqyosida har yili taxminan 8-10 ta QE holati bo‘lsa va bu belgi yordamida ularning hech bo‘lmaganda yarmi (4-5 ta) antenatal aniqlansa, quyidagi iqtisodiy samara kutiladi. Antenatal tashxis qo‘yilgan 3 nafar bemor asosiy guruhga (erta neonatal davolash) kiritildi va ular uchun bir bemor boshiga 7321102 so‘m tejamkorlik erishildi. Agar yiliga 4-5 ta bemorda tashxis qo‘yilsa, yillik tejamkorlik 29284408 so‘m (4 bemor) dan 36605,510 so‘m (5 bemor) gacha, ya’ni taxminan 29-37 mln so‘m ni tashkil etadi. Xulosa: patognomonik belgining aniqlanishi antenatal tashxisni sodda va ishonchli qildi, hududiy skriningda keng qo‘llanish imkoniyatini yaratdi, xato tashxislarning oldini oldi va kelajakda yillik tejamkorlik bilan oilalarga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda qovuq ekstrofiyasini davolashda jarrohlik samaradorligiga to‘sqinlik qiluvchi, antenatal tashxisning o‘ta past darajasi va erta neonatal jarrohlik (“oltin davr”) imkoniyatining boy berilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikda namoyon bo‘luvchi asosiy tashkiliy-tizimli muammo – “diagnostik-taktik uzilish” konsepsiyasi ilmiy asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 martda 03/344-son bilan tasdiqlangan “Homiladagi qovuq ekstrofiyasini antenatal tashxislash va akusherlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 2 apreldagi 128-son va Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining 2025 yil 19 maydagi 94-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/40-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: akusher-ginekologlar, UTT mutaxassislari, neonatal jarrohlar o‘rtasida integrallashgan hamkorlikning zarurligini belgilab, erta tashxis va samarali davolash uchun nazariy asos yaratish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: “Diagnostik-taktik uzilish”ni bartaraf etish bemorlarni erta neonatal davrda (asosiy guruh) davolash imkoniyatini yaratadi. Taqqoslash guruhi (kechki muddatlar, n=22) va asosiy guruh (erta neonatal, n=26) natijalari taqqoslanganda quyidagi iqtisodiy farqlar aniqlandi. Taqqoslash guruhida bir bemor uchun umumiy xarajat: operatsiyalar (4210900 so‘m) + gospitalizatsiya (27 kun × 861387 so‘m/kun = 23257449 so‘m) = 27468349 so‘m. Asosiy guruhda bir bemor uchun umumiy xarajat: operatsiya (3,350,200 so‘m) + gospitalizatsiya (19.5 kun × 861387 so‘m/kun = 16797047 so‘m) = 20147247 so‘m. Bir bemor uchun tejamkorlik: 27468349 – 20147247 = 7321102 so‘m. Asosiy guruhdagi 26 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 190348652 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: tizimli muammoning ilmiy asoslanishi sog‘liqni saqlash tizimini barcha bo‘g‘inlarini integrallashtirishga olib keldi, erta tashxis va samarali davolash imkoniyatini yaratdi, hamda katta iqtisodiy tejamkorlik va bolalar salomatligini yaxshilashga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: qovuq ekstrofiyasini antenatal tashxislash va erta neonatal davrda (3-28 kunlik) qov simfizini majburiy birlamchi yopish (osteotomiyasiz / osteotomiya bilan) orqali bajariluvchi bir bosqichli “tension-free” (tarangliksiz) sistosfinkterouretroplastika tashrixini amalga oshirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan jarroxlik yondashuvining klinik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 martda 03/345-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda qovuq ekstrofiyasini jarrohlik samaradorligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 2 apreldagi 128-son va Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining 2025 yil 19 maydagi 94-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/40-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: bolalarda bir bosqichli operatsiya o‘tkazish, qisqa gospitalizatsiya muddati va takroriy amaliyotlar o‘tkazish zaruratini bartaraf etish, bolalarning kelajakda siydikni ushlab turish va normal hayot kechirish imkoniyati beradi, nogironlikni minimallashtiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: QEda qov simfizi plastikasining iqtisodiy samaradorligi kompleksdir. Birinchidan, bir bemorga to‘g‘ri keladigan umumiy xarajat 7321102 so‘m ga kamaydi (yuqorida hisoblanganidek). 26 nafar uchun umumiy tejamkorlik 190348652 so‘m. Ikkinchidan, "katastrofik" asoratlar 77.2% dan 11.5% ga kamayganligi 17 nafar bemorni asoratlardan saqladi. Agar asosiy guruhda ham an’anaviy usul qo‘llanganida, 26 nafarning taxminan 20 nafarida (26 × 77.2% = 20.07) katastrofik asoratlar yuz berar edi. Lekin yangi usul tufayli faqat 3 nafarida asoratlar bo‘ldi, ya’ni 17 nafar bolada (20 - 3 = 17) asoratlar oldini olindi. Har bir asoratni bartaraf etish uchun 1 ta takroriy operatsiya kerak bo‘lsa, 17 nafar × 1 = 17 ta operatsiya oldini olindi. 17 × 15920805 = 270653685 so‘m (taxminan 271 mln so‘m) qo‘shimcha tejamkorlik. Xulosa: yangi usulning ilmiy isbotlanishi katastrofik asoratlarni etti baravar kamaytirdi, katta iqtisodiy tejamkorlik ta’minladi, oilalarning yukini engillashtirdi va bolalarning kelajakda normal hayot kechirish imkoniyatini keskin oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda qovuq ekstrofiyasini davolashda “diagnostik-taktik uzilish”ni bartaraf etishga qaratilgan, passiv kuzatuv yondashuvidan voz kechgan holda neonatal jarrohni prenatal konsiliumning majburiy ishtirokchisiga aylantirish va shu orqali bemorni erta neonatal jarrohlikka tayyorlash hamda faol operativ taktikaga yo‘naltirilgan ishlab chiqilgan klinik-tashkiliy algoritm Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 26 martda 03/345-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar va ko‘krak yoshdagi bolalarda qovuq ekstrofiyasini jarrohlik samaradorligini oshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 2 apreldagi 128-son va Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining 2025 yil 19 maydagi 94-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabridagi 27/40-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: passiv kuzatuvdan faol tayyorgarlikka o‘tishni ta’minlab, oilalarni psixologik jihatdan oldindan tayyorlashga, kutilmagan tashxis shokini bartaraf etishga, tug‘ruqni xavfsiz o‘tkazishga va chaqaloqlarni eng optimal davrda davolash uchun barcha shartlarni yaratishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Algoritmning iqtisodiy samarasi uning kompleks ta’siridadir. Birinchidan, u antenatal tashxis darajasini oshirish va erta neonatal davolashni ta’minlash orqali bevosita iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Agar respublika miqyosida yiliga 8-10 ta QE holati bo‘lsa va algoritm tufayli ularning kamida yarmi (4-5 ta) erta neonatal davolansa, yillik tejamkorlik: bir bemor uchun 7321102 so‘m × 4-5 bemor = 29284408 – 36605510 so‘m (taxminan 29-37 mln so‘m). Ikkinchidan, algoritm xato tashxislar (gastroshizis deb adashish kabi) ni kamaytiradi, bu noto‘g‘ri taktikadan keladigan qo‘shimcha xarajatlarning oldini oladi. Uchinchidan, algoritm tashqi hududlardan keladigan 45 ta holatning hech bo‘lmasa bir qismini erta aniqlash va to‘g‘ri yo‘naltirishni ta’minlashi mumkin. Agar 45 tadan 10 tasi erta aniqlansa, bu 73211020 so‘m (taxminan 73 mln so‘m) qo‘shimcha tejamkorlikni beradi. Umumiy yillik samara: 29-37 mln (RPM) + 73 mln (hududlar) = taxminan 100-110 mln so‘m. Xulosa: yangi algoritmning joriy etilishi butun tizimning ishlash tartibini o‘zgartirdi, passiv yondashuvdan faol tayyorgarlikka o‘tishni ta’minladi, yillik iqtisodiy samara yaratdi va bolalarni optimal davrda davolash uchun kompleks mexanizm ishlab chiqdi.