Abduraxmanov Farrux Saidzim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qo‘l barmoqlarning kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash bosqichlarida davolash-profilaktika dasturini takomillashtirish»», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2024.3.PhD/Tib5012.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Jasurbek Xabibjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘l barmoqlarining kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemor bolalarni xirurgik davolash bosqichlarida davolash-profilaktika dasturini takomillashtirish orqali funksional va estetik natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda kuygandan keyingi qo‘l barmoqlarining chandiqli kontrakturalarini bartaraf etishda, jumladan, erta reabilitatsiya jarayonida chandiqli konrakturalarni paydo bo‘lish mexanizmiga, operativ amaliyotning taktik va texnik jihatlariga, chandiqlarning hususiyatlariga bog‘liq holda qoniqarsiz funksional va kosmetik natijalar rivojlanishining patogenetik jihatlari aniqlangan;
bolalarda qo‘l barmoqlarining kuyishidan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda yumshoq to‘qimalarni dozalashgan mexanik cho‘zish tamoyili asosida ishlovchi, muskul charchashi hisobiga yuzaga keladigan konrakturalar rivojlanishi xavfini kamaytirish xamda tortuvchi chandiqlarga qarshi muvozanatni tiklash imkonini beruvchi ortez-distraktor konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bolalarda qo‘l barmoqlarining kuyishidan keyingi kontrakturalarida ortez-distraktor orqali amalga oshirilgan dozalashgan distraksiyaning birinchi bosqichi chandiqli to‘qimalar elastikligining oshishi bilan, ikkinchi bosqichi esa barmoq funksiyasining barqaror tiklanishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
qo‘l barmoqlarining kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemor bolalarni xirurgik davolash bosqichlarida teri lahtaklarini ko‘chirib o‘tkazish yoki surish operatsiyalarining taktik va texnik jihatlarini mukammallashtirish, shuningdek, kontrakturalar rivojlanishini davolash va oldini olishda maxsus distraktorlardan foydalanish orqali davolash-profilaktika dasturi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda qo‘l barmoqlarining kuyishi oqibatida shakllanadigan chandiqli kontrakturalar va deformatsiyalarni jarrohlik davolash bosqichlarida davolash sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda kuygandan keyingi qo‘l barmoqlarining chandiqli kontrakturalarini bartaraf etishda, jumladan, erta reabilitatsiya jarayonida chandiqli konrakturalarni paydo bo‘lish mexanizmiga, operativ amaliyotning taktik va texnik jihatlariga, chandiqlarning hususiyatlariga bog‘liq holda qoniqarsiz funksional va kosmetik natijalar rivojlanishining patogenetik jihatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-22/4-son bilan tasdiqlangan “Barmoqlarning kuyishdan keyingi chandiqli tortilishini davolashda 3D distraktor yordamida mustahkamlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 5 avgustdagi 182-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 avgustdagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/47-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: bolalarda kuygandan keyingi qo‘l barmoqlarining chandiqli kontrakturalarini bartaraf etishda qoniqarsiz funksional va kosmetik natijalar rivojlanishining aniqlangan patogenetik jihatlarini inobatga olgan holda davolash va profilaktika dasturlarini amalga oshirish davolash natijalarining yaxshilanishiga, nogironlik holatlarining kamayishiga va bemorlarning ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Statsionarda bo‘lish muddatining 2 kunga qisqarishi hisobiga 840000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=60) 50400000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda qo‘l barmoqlarining kuyishidan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda yumshoq to‘qimalarni dozalashgan mexanik cho‘zish tamoyili asosida ishlovchi, muskul charchashi hisobiga yuzaga keladigan konrakturalar rivojlanishi xavfini kamaytirish xamda tortuvchi chandiqlarga qarshi muvozanatni tiklash imkonini beruvchi ortez-distraktor konstruksiyasi ishlab chiqilganligi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025 yil 7 martdagi FAP2704-sonli foydali model uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-22/4-son bilan tasdiqlangan “Barmoqlarning kuyishdan keyingi chandiqli tortilishini davolashda 3D distraktor yordamida mustahkamlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 5 avgustdagi 182-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 avgustdagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/47-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Patentlangan ortez-distraktorni kompleks davolash tarkibiga kiritish chandiqli kontrakturalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, barmoq harakat hajmini oshirish va funksional tiklanishni ta’minlash imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Qo‘l barmoqlari kontrakturasi bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga o‘rtacha 420000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirish 1260000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=60) 75600000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda qo‘l barmoqlarining kuyishidan keyingi kontrakturalarida ortez-distraktor orqali amalga oshirilgan dozalashgan distraksiyaning birinchi bosqichi chandiqli to‘qimalar elastikligining oshishi bilan, ikkinchi bosqichi esa barmoq funksiyasining barqaror tiklanishi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-22/4-son bilan tasdiqlangan “Barmoqlarning kuyishdan keyingi chandiqli tortilishini davolashda 3D distraktor yordamida mustahkamlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 5 avgustdagi 182-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 avgustdagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/47-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Mahalliy mexanik ta’sir chandiqli kontrakturalarning qaytalanish holatlarini kamaytiradi va bemorlarning kundalik faoliyatga tezroq qaytishiga yordam beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Takroriy jarrohlik amaliyoti o‘rtacha 3500000 so‘m xarajat talab qiladi. Ortez-distraktorni qo‘llash natijasida takroriy operatsiyalar soni kamayishi hisobiga byudjet mablag‘lari tejaladi. Xulosa: tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 63000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishi ta’minlanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘l barmoqlarining kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemor bolalarni xirurgik davolash bosqichlarida teri lahtaklarini ko‘chirib o‘tkazish yoki surish operatsiyalarining taktik va texnik jihatlarini mukammallashtirish, shuningdek, kontrakturalar rivojlanishini davolash va oldini olishda maxsus distraktorlardan foydalanish orqali davolash-profilaktika dasturi takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-22/4-son bilan tasdiqlangan “Barmoqlarning kuyishdan keyingi chandiqli tortilishini davolashda 3D distraktor yordamida mustahkamlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 5 avgustdagi 182-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 avgustdagi 13-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/47-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qo‘l barmoqlarining kuyishi oqibatlari bo‘lgan bemor bolalarni xirurgik davolash bosqichlarida takomillashtirilgan davolash-profilaktika dasturidan foydalanish asoratlar rivojlanishini oldini olib, bolalarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi, reabilitatsiya jarayonining engil kechishi va ijtimoiy moslashuvning tezlashishiga, shuningdek qo‘l funksiyasini saqlash va mehnatga layoqatlilikni tiklashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Asoratlar rivojlanishining kamayishi hisobiga qo‘shimcha davolash xarajatlari o‘rtacha 1800000 so‘mga qisqaradi. Xulosa: Tadqiqot ko‘lami bo‘yicha umumiy 108000000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.