Rayimov Qaxramon Qurbanalievichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili reklama matnlarining lingvistik ekspertizasi”, 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Fil3294
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yuldosheva Nilufar Ergashevna; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Yoqubova Sevara Baxtiyorovna 
Yetakchi tashkilot: Farg‘oni davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili reklama matnlarining lingvistik ekspertizasi mohiyatini asoslash va uni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.            
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama matnlarini yuridik asos, diagnostika, analiz (tahlil), sintez (xulosalash) bosqichlarida reklama matnlarini ekspertiza qilishning nazariy va amaliy asoslari turli axborot vositalarida qo‘llangan hamda munozarali hisoblangan matnlarning lingvistik tahlili asosida aniqlangan;  
o‘zbek tilidagi reklama matnlarini lingvistik va ekspertologik yondashuv tamoyillari asosida ekspertiza qilish qonunchilik hamda ma’naviy tamoyillar nuqtayi nazaridan zarurligi ekspertologoyadagi xalqaro tajriba natijalari orqali asoslangan;
o‘zbek tilidagi reklama matnlari lingvistik ekspertizasining umumiy tahlil bosqichlari matn bilan tanishish, matnning lingvistik xususiyatlarini aniqlash, umumiy xulosalar berishdan iborat ekanligi ekspertiza namunalari asosida dalillangan;
oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilishda lingvomazmuniy, lingvomantiqiy hamda lingvopsixologik yondashuvlar asosida tekshirish konfliktli matnlarga echim topishda samarali ekanligi munozarali reklama matnlari tahlili orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek tili reklama matnlarini filologik ekspertiza qilish va ilmiy tadqiq etish natijalari asosida:
reklama matnlarini yuridik asos, diagnostika, analiz (tahlil), sintez (xulosalash) bosqichlari orqali ekspertiza qilishning nazariy va amaliy asoslari reklama matnlari tahlili orqali yoritib berilganligiga doir xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan № PF 201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarda) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 7-avgustdagi 04/1-1461-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan;
reklama matnlarini lingvistik ekspertiza qilishda iqtisodiy, diniy-axloqiy, tabiiy, huquqiy baholash mumkinligi shu turdagi reklama matnlari qiyosi vositasida dalillangan hamda reklama matnlari lingvistik ekspertizasining metodologik asoslari ochib berilganligiga oid materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan № PZ 2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 7-avgustdagi 04/1-1463-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha nazariy jihatdan mukammallashgan;
o‘zbek tili reklama matnlarini ekspertiza qilishda mazmuniy, mantiqiy hamda psixologik yondashuvlar asosida tekshirish konfliktli matnlarga echim topishda samarali ekanligi munozarali reklama matnlari tahlili orqali isbotlanganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Oydin hayot-live”, “Assalom, O‘zbekiston!” dasturlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 18-iyuldagi 02 13-1103-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar ssenariylari nazariy ma’lumotlar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish