Inatullaev Ma’rufjon Nodirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish texnologiyalarining zamonaviy innovatsion metodlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10047.
Ilmiy rahbar: Saidiy Said Bolta-Zoda, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxriev Axmad Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish texnologiyalarining zamonaviy innovatsion metodlarini va mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inklyuzivlik va universal dizayn tamoyili asosida ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish jarayoni ilk bor musiqa pedagogikasi, tiflopedagogika va raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi, bunda musiqiy savodxonlik elementlari, ritmik va intonatsion tuzilmalarning brayl notatsiyasiga moslashtirilishi, o‘quv mazmunining yosh psixologiyasi va sezgi-kompensator mexanizmlariga muvofiqlashtirilishi orqali ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini ta’minlovchi didaktik muhit modeli ishlab chiqilgan;
texnologik moslashuvchanlik va multimodallik tamoyili asosida tadqiqot doirasida brayl yozuvida musiqa darsliklarini yaratishning zamonaviy innovatsion metodlari sifatida taktil-grafik elementlar, audio-annotatsiyalar, raqamli brayl konvertorlari va interaktiv o‘quv resurslarini uyg‘unlashtiruvchi kompleks texnologik echim taklif etildi, ushbu echim musiqa matnining nazariy va amaliy komponentlarini bir vaqtning o‘zida idrok etish imkonini berib, o‘quvchilarda eshitish, sezish va motor faoliyatining o‘zaro integratsiyasiga asoslangan barqaror musiqiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asosda isbotlab berilgan;
shaxsga yo‘naltirilganlik va differensial yondashuv tamoyili asosida brayl yozuvidagi musiqa darsliklarini loyihalashda o‘quvchilarning individual sezgi imkoniyatlari, musiqiy qobiliyatlari va o‘zlashtirish sur’atlarini hisobga oluvchi variativ mazmun va moslashuvchan strukturaviy komponentlar tizimi ishlab chiqildi, bunda har bir musiqiy mavzu taktil idrok, eshitish tahlili va ijodiy faoliyatni uyg‘unlashtirgan holda bosqichma-bosqich murakkablashib boruvchi o‘quv topshiriqlari orqali taqdim etilishi natijasida ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlari aniqlab berilgan;
innovatsion samaradorlik va pedagogik refleksiya tamoyili asosida boshlang‘ich sinf musiqa ta’limida Brayl yozuvidagi darsliklardan foydalanish jarayonining natijadorligini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik mezonlar, ko‘rsatkichlar va monitoring mexanizmlari ishlab chiqildi, mazkur tizim orqali o‘quvchilarning musiqiy idrok darajasi, ritmik sezgi, ijodiy faollik va estetik didining rivojlanish dinamikasini aniqlash imkoniyati yaratilgani hamda o‘qituvchilarning inklyuziv musiqiy ta’limni tashkil etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi refleksiv metodik asoslar taklif etilgani ilmiy yangilik sifatida asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
inklyuzivlik va universal dizayn tamoyili asosida ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish jarayoni ilk bor musiqa pedagogikasi, tiflopedagogika va raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasiga oid xulosalar “Ko‘zi ojiz bolalar uchun musiqa: bilim, amaliyot, ijodkorlik, haqiqiylik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-yanvardagi 3933-8969-68e2-7291-b6e5-3115-3037-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqiy savodxonlik elementlari, ritmik va intonatsion tuzilmalarning brayl notatsiyasiga moslashtirilishi, o‘quv mazmunining yosh psixologiyasi va sezgi-kompensator mexanizmlariga muvofiqlashtirilishi orqali ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini ta’minlovchi didaktik muhit modeli ishlab chiqilgan;
texnologik moslashuvchanlik va multimodallik tamoyili asosida tadqiqot doirasida brayl yozuvida musiqa darsliklarini yaratishning zamonaviy innovatsion metodlari sifatida taktil-grafik elementlar, audio-annotatsiyalar, raqamli brayl konvertorlari va interaktiv o‘quv resurslarini uyg‘unlashtiruvchi kompleks texnologik echimlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi T.N.Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan amalga oshirilgan “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 27-iyuldagi 287-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli brayl konvertorlari va interaktiv o‘quv resurslarini uyg‘unlashtiruvchi kompleks texnologik echimlar musiqa matnining nazariy va amaliy komponentlarini bir vaqtning o‘zida idrok etish imkonini berib, o‘quvchilarda eshitish, sezish va motor faoliyatining o‘zaro integratsiyasiga asoslangan barqaror musiqiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asosda isbotlab berilgan;
shaxsga yo‘naltirilganlik va differensial yondashuv tamoyili asosida brayl yozuvidagi musiqa darsliklarini loyihalashda o‘quvchilarning individual sezgi imkoniyatlari, musiqiy qobiliyatlari va o‘zlashtirish sur’atlarini hisobga oluvchi variativ mazmun va moslashuvchan strukturaviy komponentlar tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Navoiy” viloyati teleradiokanali davlat muassasasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Navoiy” viloyat teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 7-iyuldagi 01-01/100-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ko‘rish qobiliyati cheklangan o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha darslikdagi manbalar va resurslar kengaytirilgan;
innovatsion samaradorlik va pedagogik refleksiya tamoyili asosida boshlang‘ich sinf musiqa ta’limida Brayl yozuvidagi darsliklardan foydalanish jarayonining natijadorligini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik mezonlar, ko‘rsatkichlar va monitoring mexanizmlari ishlab chiqildi, mazkur tizim orqali o‘quvchilarning musiqiy idrok darajasi, ritmik sezgi, ijodiy faollik va estetik didining rivojlanish dinamikasini aniqlash imkoniyati yaratilgani hamda o‘qituvchilarning inklyuziv musiqiy ta’limni tashkil etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining “Agar” tok shousi ssenariyini tuzishda unumli foydalanilgan, shuningdek, “Bugun” informatsion dasturida izlanuvchi maxsus lavha tayyorlangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 15-20/680-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning boshlang‘ich sinf maktab musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish texnologiyalarining zamonaviy innovatsion uslublari va kombinatsion metodlarini takomillashtirilganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar;