Odiljanova Gulasalxon Ilxomjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga refleksiv yondashuv texnologiyalari, 13.00.07 – Ta’limda menejment (Pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Ped6859 
Ilmiy rahbar: Shodmanov Qodirjon Odilxanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; 
Mustafoeva Durdona Asilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda refleksiv yondashuv texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda refleksiv yondashuv texnologiyalarining nazariy-metodologik asoslari kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuvlar integratsiyasi asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi;
pedagogik jarayon subektlari – o‘qituvchi va ta’lim muassasasi rahbarlarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, didaktik omillar va boshqaruv mexanizmlari aniqlashtirildi hamda tasniflandi;
pedagogik jarayonlarni refleksiv yondashuv asosida tashkil etish va boshqarishning maqsadli, tashxis, boshqaruv jarayonli va natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olgan strukturaviy-funksional modeli ishlab chiqildi;
refleksiv yondashuv texnologiyalarining ta’lim jarayoni samaradorligi, pedagogik monitoring, ichki baholash va pedagogik faoliyatni takomillashtirishga ta’siri tajriba-sinov ishlari asosida ilmiy-amaliy jihatdan isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga refleksiv yondashuv texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda refleksiv yondashuv texnologiyalarining nazariy-metodologik asoslari kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatli yondashuvlar integratsiyasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 01/11-02/6-695-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy yondashuvlar, o‘qituvchi va o‘quvchilarning refleksiv faoliyati tavsifi kabi muhim ma’lumotlar targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
pedagogik jarayon subektlari – o‘qituvchi va ta’lim muassasasi rahbarlarining refleksiv kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, didaktik omillar va boshqaruv mexanizmlari aniqlashtirildi hamda tasniflashga oida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 17-oktyabrdagi 01/11-02/6-695-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning sifat va samaradorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;  
pedagogik jarayonlarni refleksiv yondashuv asosida tashkil etish va boshqarishning maqsadli, mazmuniy, jarayonli va natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olgan strukturaviy-funksional modeli ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan 2025-yil 17-oktyabrdagi 01/11-02/6-695-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, faollikni oshirish va o‘qishga qiziqishlarini rivojlantirishga erishish asosida o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar erishildi;
    refleksiv yondashuv texnologiyalarining ta’lim jarayoni samaradorligi, pedagogik monitoring, ichki baholash va pedagogik faoliyatni takomillashtirishga ta’siri tajriba-sinov ishlari asosida ilmiy-amaliy jihatdan isbotlandi 2025-yil 17-oktyabrdagi 01/11-02/6-695-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga refleksiv yondashuv texnologiyasini joriy etishning zamonaviy modeli ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish