Tairova Feruza Fayzullaevnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy diskursning kognitiv tadqiqi (o‘zbek va ingliz tillaridagi drabbllar misolida) 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4113.
Ilmiy rahbar:  Abdullaeva Charos Bahramovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy diskursning kognitiv funksiyalarini aniqlash, lingvistik tejamkorlik tamoyilining drabbl janridagi namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish hamda diskursning antroposentrik paradigmadagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy diskurs semantik maydonining shakllanishi faqat matnning lingvistik sathi bilan chegaralanmasdan, balki kognitiv jarayonlar, ijodkor ongidagi konseptlar va o‘quvchi interpretatsiyasining pragmatik motivlari bilan belgilanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida drabbl janri asosida badiiy diskursning antroposentrik tabiati ilk bor struktur-semantik hamda funksional jihatlari atroflicha o‘rganilib, kichik janrdagi asarlar uchun xos bo‘lgan shakl va mazmunning ishlashini ko‘rsatuvchi integral tahlil modeli va ularning boshqa yondosh asarlardan umumiy va farqli tomonlari ochib berilgan;
drabbl janrining ixchamligi ta’sirida yuzaga keluvchi lingvistik tejamkorlikning kognitiv xususiyatlari aniqlanib, tejamkorlik faqat iqtisodiylik emas, balki ma’no sathlarini zichlashtiruvchi mental strategiya, ma’no implikatsiyasi, kontekstning kognitiv faolligi kabi jarayonlarga tayanishi ko‘rsatilgan, shuningdek, o‘zbek va ingliz drabbllarida tejamkorlik morfo-leksik qisqartirishlar, elliptik konstruksiyalar, stilistik belgilar orqali namoyon bo‘lishi chog‘ishtirma asosda isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi drabbllarida kognitiv metaforalarning funksional va semantik ahamiyati kontrastiv-stilistik usulda tahlil qilinib, ularning badiiy-ifodaviy vositasi, shuningdek, matn mazmunini tashkil etuvchi yetakchi semantik omil sifatida ifodalanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotining ilmiy natijalari, taklif va tavsiyalaridan quyidagi loyihalarda foydalanildi:
lisoniy tejamkorlik tamoyili tushunchasi, umumiy va farqli jihatlari, tejamkorlik tamoyilining kognitiv asoslari, uning mohiyati, talqini va tizimidagi o‘rni, o‘zbek va ingliz tilshunoslikda stilistik belgilarni emotsional ifodalarning faollashtiruvchisi talqinida va uning kognitiv, pragmatik, lingvokulturologik xususiyatlari, konseptlarning ifodalanishi, unga asoslangan maxsus manbalar kognitiv va pragmatik tahlili kabi masalalarni tahlil qilishda ushbu dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan Erasmus+ International KA107 Credit mobility “Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish va uning asarlarini xorijda targ‘ib qilish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-sentyabrdagi 04/1-1-2621-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarning lisoniy tejamkorlik tamoyilining emotsional ifodalarning faollashtiruvchisi stilistik belgilar tavsiflarini ochib berishning yangi imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek tilida lisoniy tejamkorlik tamoyilini qo‘llanilishi va uning kognitiv asoslari, uning mohiyati, talqini va o‘rni, o‘zbek tilshunoslikda emotsional ifodalarning faollashtiruvchisi stilistik belgilar va konseptlarning ifodalanishi, unga asoslangan maxsus manbalar kognitiv tahlili kabi masalalarni tarjima qilishda ushbu dissertatsiyaning xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-sentyabrdagi 04/1-1-2625-son ma’lumotnomasi). Natijada tanlab olingan drabblarda qo‘llangan zamonaviy o‘zbek tilining lisoniy tejamkorlik tamoyilining tarjima qilish bo‘yicha ilmiy xulosalarni boyitish imkonini bergan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi drabbl janrining stilistik vositalari va lingvistik tejamkorlik tamoyiliga mosligi taqqoslab o‘rganilishi; o‘zbek va ingliz tillaridagi drabbl janrini qiyosiy tahlil qilish, ularning umumiy va farqli jihatlarini aniqlash kabi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-fevraldagi 04/1-654-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishda tahlilga tortilgan o‘zbek va ingliz tillaridagi kichik janr sifatida o‘rganilgan  drabblarni mazkur loyihaning elektron platformasini boyitish imkonini berdi

Yangiliklarga obuna bo‘lish