Yuldasheva Gulchexra Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homiladorlikdan oldin COVID-19 o‘tqazgan homilador ayollarning klinik va immunologik holati”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya hamda 14.00.01 – Akusherlik va giinekologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib4751.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Djabbarova  Yulduz Kasimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tib.26.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmankulova Zuxra Jandarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikdan oldingi davrda COVID-19 o‘tkazgan homilador ayollarning klinik va immunologik holatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor homiladorlikdan oldingi qisqa predgravilar davrda koronavirus infersiyasining og‘irlik darajasidan qat’i nazar, ona organizmining homilaga nisbatan immunologik tolerantligi buzilishi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan so‘ngi halokat holatlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini simptomsiz o‘tkazgan ayollarda gestatsiyaning turli bosqichlarida yallig‘lanishga hos sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8)  miqdori oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdori pasayishi aniqlangan;
ilk bor IFNα miqdorining pasayishi hamda IFNγ miqdorining oshishi homila holatini baholashda prognostik mezon ekanligi isbotlangan;
ilk bor COVID‑19 infeksiyasinining oqibatlari ayollar reproduktiv tizimga ta’sir ko‘rsatishi va bu holat gestatsiya davrida sitokin holatining dinamik o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Homiladorlikdan oldingi davrda COVID-19 o‘tkazgan homilador ayollarning klinik va immunologik holatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik:  homiladorlikdan oldingi qisqa predgravilar davrda koronavirus infersiyasining og‘irlik darajasidan qat’i nazar, ona organizmining homilaga nisbatan immunologik tolerantligi buzilishi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan so‘ngi halokat holatlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikdan oldin koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan ayollar uchun antenatal yordam sifatini oshirishga, gestatsiya davrining fiziologik kechishini ta’minlash, homilaning yo‘qotilishini oldini olish, uning normal bachadonda rivojlanishini ta’minlash hamda perinatal o‘limni kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish COVID-19 bilan bog‘liq sitokin profilini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan  va 118 bemorda davolash xarajatlarini 73632000 so‘mga tejashga imkon bergan; xulosa: homiladorlikdan oldingi qisqa predgravilar davrda koronavirus infersiyasining og‘irlik darajasidan qat’i nazar, ona organizmining homilaga nisbatan immunologik tolerantligi buzilishi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruqdan so‘ngi halokat holatlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini simptomsiz o‘tkazgan ayollarda gestatsiyaning turli bosqichlarida yallig‘lanishga hos sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8)  miqdori oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdori pasayishi aniqlanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: sitokin holati dinamikasining aniqlangan xususiyatlari onadan bolaga patologik javobning yallig‘lanish immunologik genezining ustunligini tasdiqlashga imkon beradi va klinik jihatdan homilaning hayotiy zarur ta’minoti, rivojlanishining yomonlashuvi, hatto muddatidan oldin tushishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi; iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi homiladorlik asoratlarining immunologik genezini aniqlashga imkon berdi, kompleks farmakoterapiyani o‘tkazish 118 bemor uchun yotoq kunlari sonini kamaytirish hisobiga 56086580 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan; xulosa: homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini simptomsiz o‘tkazgan ayollarda gestatsiyaning turli bosqichlarida yallig‘lanishga hos sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8)  miqdori oshishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-4) miqdori pasayishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor IFNα miqdorining pasayishi hamda IFNγ miqdorining oshishi homila holatini baholashda prognostik mezon ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: etilgan klinik oldi immunodiagnostika usullari homiladorlikni to‘xtatish xavfi tufayli shifoxonaga yotqizish holatlari va homila saqlanmaslik holatlari sonini kamaytirish imkonini berdi; iqtisodiy samaradorligi: klinik oldi immunodiagnostika va taklif etilgan kompleks terapiyani qo‘llash orqali homiladorlikni tushish xavfining davomiyligini va asoratlar sonini kamaytirishga, shuningdek, bir bemor uchun davolash xarajatini 624000 so‘mgacha qisqartirishga erishildi, 118 nafar bemor uchun jami 73632000so‘m iqtisod qilindi; xulosa: IFNα miqdorining pasayishi hamda IFNγ miqdorining oshishi homila holatini baholashda prognostik mezonligi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID‑19 infeksiyasinining oqibatlari ayollar reproduktiv tizimga ta’sir ko‘rsatishi va bu holat gestatsiya davrida sitokin holatining dinamik o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 16 noyabrda №8n-r/1281-son bilan tasdiqlangan «Homiladorlikdan oldin COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarda interferonlar sintezini baholash diagnostika mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida  2024 yil 26 sentyabrdagi №38-sonli va Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialida 2024 yil 25 sentyabrdagi №113-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/21-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikkacha koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan ayollarga ko‘rsatiladigan antenatal yordam sifatining oshishi gestatsiya davrining fiziologik kechishini ta’minlashga, homila yo‘qotilishini oldini olishga, uning normal bachadonda rivojlanishiga hamda perinatal o‘lim holatlarini kamaytirishga qaratilgan; iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik patologiyasi patogeneziga yo‘naltirilgan kompleks farmakoterapiyani qo‘llash davolash muddatlarini qisqartirishga va har bir bemor uchun 475310 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejashga imkon berdi; xulosa: COVID‑19 infeksiyasinining oqibatlari ayollar reproduktiv tizimga ta’sir ko‘rsatishi va bu holat gestatsiya davrida sitokin holatining dinamik o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish