Xamroev Alibek Shuxrat o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchi talabalarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped7684.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Ma’ruf Mo‘ydinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Tashnazarov Djasur Yuldashovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Artiqov Zoxidjon Sabirovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli vazn toifasidagi belbog‘li kurashchi talabalarning individual yondashuv asosida texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belbog‘li kurashchi talabalarning turli vazn (engil, o‘rta, og‘ir) toifalari bo‘yicha musobaqa sharoitlarida usullarni sifatli bajarish, raqibning hujumlariga qarshi samarali himoyalanish va qarshi hujum qilish (raqibni oldindan ko‘tarib yonboshdan oshirib tashlash va raqibni ikki tizza yordamida ko‘tarib o‘ng tomonga qaytarib tashlash kabi) harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks modelini ishlab chiqish hisobiga texnik-taktik tayyorgarligi rivojlantirilgan;
belbog‘li kurashchi talabalarning mashg‘ulotlarini maqsadli tashkillashtirish uchun texnik-taktik tayyorgarlikni ustuvor yoʻnalishlariga ko‘ra (moslashtirilgan va differinsial yondashuv asosida) yuklamalarning hajm va shiddatini individual tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlash hisobiga mikrotsikl tuzilishini oqilona rejalashtirish uslubiyatlari yaxshilangan;
belbog‘li kurashchi talabalarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda tortuvchi, bazaviy, musobaqa oldi mezotsikl bloklarini mashg‘ulotlarda maxsus tayyorlov va individual mashqlarni kombinatsion usulda qo‘llash hisobiga texnik-taktik harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
belbog‘li kurashchi talabalarning orqa, elka, bilak, qo‘l va oyoq mushaklarini mustahkanlashga hamda texnika samaradorligini (sherikni ko‘targan holda o‘ng va chap tomonlarga aylanish) oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlarni bajarishda yuklama shiddati hamda dam olish intervallarini vazn toifalariga nisbatan me’yorlash hisobiga musobaqalarda texnik-taktik harakatlarni qo‘llash imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Belbog‘li kurashchi talabalarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
belbog‘li kurashchi talabalarning turli vazn (engil, o‘rta, og‘ir) toifalari bo‘yicha musobaqa sharoitlarida usullarni sifatli bajarish, raqibning hujumlariga qarshi samarali himoyalanish va qarshi hujum qilish (raqibni oldindan ko‘tarib yonboshdan oshirib tashlash va raqibni ikki tizza yordamida ko‘tarib o‘ng tomonga qaytarib tashlash kabi) harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Renessans ta’lim universiteti belbog‘li kurashchi talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-aprel 02-16/3608-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchi talabalarning texnik usullarni bajarish samaradorligi 22,8 % ga yaxshilangan;
belbog‘li kurashchi talabalarning mashg‘ulotlarini maqsadli tashkillashtirish uchun texnik-taktik tayyorgarlikni ustuvor yoʻnalishlariga ko‘ra (moslashtirilgan va differinsial yondashuv asosida) yuklamalarning hajm va shiddatini individual tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlash hisobiga mikrotsikl tuzilishini oqilona rejalashtirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet Farg‘ona filiali belbog‘li kurashchi talabalarining darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-aprel 02-16/3608-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchi talabalarning texnik usullarni bajarish samaradorligi va taktik harakatlarni amalga oshirish qobilyati 21,7 % ga oshirishga erishilgan;
belbog‘li kurashchi talabalarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda tortuvchi, bazaviy, musobaqa oldi mezotsikl bloklarini mashg‘ulotlarda maxsus tayyorlov va individual mashqlarni kombinatsion usulda qo‘llash uslubiyatini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti belbog‘li kurashchi talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 11-aprel 
02-16/3608-son ma’lumotnomasi). Natijada, belbog‘li kurashchi talabalarning texnik-taktik tayyorgarligi 24,8 %  yaxshilashga erishilgan;
belbog‘li kurashchi talabalarning orqa, elka, bilak, qo‘l va oyoq mushaklarini mustahkanlashga hamda texnika samaradorligini (sherikni ko‘targan holda o‘ng va chap tomonlarga aylanish) oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlarni bajarishda yuklama shiddati hamda dam olish intervallarini vazn toifalariga nisbatan me’yorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport mahoratini takomillashtirish bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (belbog‘li kurash)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2025-yil 2-iyuldagi 305-I/Ch-son buyrug‘iga asosan O‘Q-0000211 raqamli guvohnoma). Natijada belbog‘li kurashchi talabalarning “O‘z vazniga teng raqibni ko‘krakdan oshirib tashlash” texnik usulini bajarish samaradorli 15,7 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish