Davidova Dilrabo Tadjibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4286.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar:   Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Juraev Voxid Toshmamatovich, pedagogika fanlar doktori (DSc), dotsent, Otamurodov G‘olib Ro‘zimurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari formativ va summativ baholashning kompetensiyaviy yondashuv asosida integratsiyalashuvi, indikatorlarga asoslangan monitoring mexanizmlarini joriy etish hamda o‘quvchilarning individual rivojlanish traektoriyasini aks ettiruvchi diagnostik vositalardan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringi mexanizmi fanlar kesimida kompetensiyalarga yo‘naltirilgan baholash mezonlarini ishlab chiqish, formativ baholash orqali o‘quvchilarning individual ta’limiy rivojlanishini muntazam diagnostika qilish hamda summativ baholash natijalarini raqamli tahlil vositalari orqali umumlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringi modeli o‘quv fanlarining ixtisoslashuv darajasidan kelib chiqib baholash mazmunini tabaqalashtirish, ta’limiy natijalarning dinamikasini aks ettiruvchi pedagogik diagnostika vositalarini qo‘llash hamda baholash natijalarini ta’lim jarayonini refleksiv boshqarish omiliga aylantirish orqali takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringining samaradorligi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va intellektual rivojlanishidagi o‘zgarishlarni vaqt kesimida taqqoslash imkonini beruvchi pedagogik diagnostika ko‘rsatkichlari, baholash natijalarining barqarorlik va ishonchlilik darajasini aniqlovchi nazariy mezonlar hamda ta’limiy yutuqlarning sifat jihatdan o‘sishini ifodalovchi tahliliy indikatorlar hisobga olingan holda aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari ko‘ra: 
yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari formativ va summativ baholashning kompetensiyaviy yondashuv asosida integratsiyalashuvi, indikatorlarga asoslangan monitoring mexanizmlarini joriy etish hamda o‘quvchilarning individual rivojlanish traektoriyasini aks ettiruvchi diagnostik vositalardan foydalanish asosida aniqlashtirishga oid takliflar Islom taraqqiyot banki Islom hamjihatlikni rivojlantirish jamg‘armasining “Ta’lim sohasidagi global hamkorlik” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 03-33-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini monitoring qilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringi mexanizmi fanlar kesimida kompetensiyalarga yo‘naltirilgan baholash mezonlarini ishlab chiqish, formativ baholash orqali o‘quvchilarning individual ta’limiy rivojlanishini muntazam diagnostika qilish hamda summativ baholash natijalarini raqamli tahlil vositalari orqali umumlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 233-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 03-33-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog xodimlari uchun yangi baholash tizimi asosida ta’lim sifatini monitoring qilish imkoniyati kengaygan;  
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringi modeli o‘quv fanlarining ixtisoslashuv darajasidan kelib chiqib baholash mazmunini tabaqalashtirish, ta’limiy natijalarning dinamikasini aks ettiruvchi pedagogik diagnostika vositalarini qo‘llash hamda baholash natijalarini ta’lim jarayonini refleksiv boshqarish omiliga aylantirish orqali takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” PF-55-son Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 03-33-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi baholash tizimini joriy etish asosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati boshqarish samaradorligi oshgan;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringining samaradorligi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va intellektual rivojlanishidagi o‘zgarishlarni vaqt kesimida taqqoslash imkonini beruvchi pedagogik diagnostika ko‘rsatkichlari, baholash natijalarining barqarorlik va ishonchlilik darajasini aniqlovchi nazariy mezonlar hamda ta’limiy yutuqlarning sifat jihatdan o‘sishini ifodalovchi tahliliy indikatorlar hisobga olingan holda aniqlashtirishga oid takliflar Islom taraqqiyot banki Islom hamjihatlikni rivojlantirish jamg‘armasining “Ta’lim sohasidagi global hamkorlik” loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 3-fevraldagi 03-33-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati monitoringi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarishning amaliy ahamiyati ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish