Radjapova Intizor Egamberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tarjimada badiiy tasvir vositalarining saqlanishi (Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr” asari tarjimasi misolida)”, 10.00.06 - “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6259.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismoilovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Masharipova Nargiza Otaxonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarjimada badiiy tasvir vositalarining saqlanishi va tarjima adekvatligidagi ahamiyatini Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr” asarining ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi misolida ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatlararo tarjimada badiiy tasvir vositalarining semantik va stilistik qiymatlarini saqlab qolish, ingliz va o‘zbek madaniy kodlarining kesishish nuqtalarini aniqlash hamda ularning farqlarini bartaraf etish uchun ko‘p bosqichli tahlil tizimini o‘z ichiga olgan yangi nazariy-amaliy asoslarga ega kompleks metodologiyasi ilmiy jihatdan dalillangan;
Viktoriya davri ingliz adabiyotidagi psixologik portretni yaratishda qo‘llaniladigan badiiy vositalarning o‘zbek tili tarjimasida ifodalanish usullari tizimli takomillashtirishni ta’minlovchi tasnif mezoni ishlab chiqilib, ilmiy jihatdan asoslangan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga bilvosita tarjimada asliyatning hissiy ta’sir kuchini saqlab qolish, epizoddagi atmosfera esa o‘zbek kitobxonida ham shu kabi his-tuyg‘ularni uyg‘otishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinmaydigan holatlarda uning hissiy funksiyasini boshqa vositalar orqali kompensatsiya qiluvchi maxsus yondashuvlar “Jeyn Eyr” asarining o‘zbekcha tarjimasi misolida asoslab berilgan;
semantik mazmun, stilistik funksiyasi va madaniy maqbullik mezonlarini uyg‘unlashtirgan, tarjima sifatini baholashga xizmat qiluvchi, matnning emotsional va ifoda qudratini mujassamlashtirgan tarjima strategik usullari hamda samaradorligini aniqlashga xizmat qiladigan elektron dastur yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Jeyn Eyr” asarining ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasida badiiy tasvir vositalarining saqlanish xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
madaniyatlararo tarjimada badiiy tasvir vositalarining semantik va stilistik qiymatlarini saqlab qolish, ingliz va o‘zbek madaniy kodlarining kesishish nuqtalarini aniqlash hamda ularning farqlarini bartaraf etish uchun ko‘p bosqichli tahlil tizimini o‘z ichiga olgan yangi nazariy-amaliy asoslarga ega kompleks metodologiyasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining nazariy qismini qamrab olishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 2-sentyabrdagi 525/2-son maʼlumotnomasi). Natijada, loyihada tarjimashunoslik taraqqiyoti uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgan;
Viktoriya davri ingliz adabiyotidagi psixologik portret yaratishda qo‘llaniladigan badiiy vositalarning o‘zbek tili tarjimasida ifodalanish usullarini takomillashtirishni ta’minlovchi tasnif mezoniga oid ilmiy xulosalardan Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2 - CBHE-JP - ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” loyihasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yildagi 18-avgustdagi 06146/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy ifoda vositalarini professional darajada qayta yaratish tarjimaning sifati va asl matnga yaqinligini belgilovchi, hal qiluvchi omil sifatida loyiha ilmiy bazasini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga bilvosita tarjimada asliyatning hissiy ta’sir kuchini saqlab qolish, epizoddagi atmosfera esa o‘zbek kitobxonida ham shu kabi his-tuyg‘ularni uyg‘otishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinmaydigan holatlarda uning hissiy funksiyasini boshqa vositalar orqali kompensatsiya qiluvchi maxsus yondashuvlarga oid xulosalardan “Xorazm” teleradiokanalining “Assalom Xorazm”, “Najot - bilimda” radioeshittirishi dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanalining 2025-yil 31-iyuldagi 612-son maʼlumotnomasi). Natijada, badiiy tarjima sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va tarjima sifatini yaxshilashga erishilgan;
semantik mazmun, stilistik funksiyasi va madaniy maqbullik mezonlarini uyg‘unlashtirgan, tarjima sifatini baholashga xizmat qiluvchi, matnning emotsional va ifoda qudratini mujassamlashtirgan tarjima strategik usullari hamda samaradorligini aniqlashga xizmat qiladigan elektron dastur O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurіdagі іntellektual mulk
agentlіgі tomonіdan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan “Tarjima sifatini baholash tendensiyalari” nomli elektron dastur ma’lumotlar bazasining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 9-sentyabrdagi №54947-son guvohnomasi). Natijada, foydalanuvchilar uchun badiiy tasvir vositalarining tarjimada semantik mazmuni, stilistik funksiyasi va madaniy maqbullik mezonlarini uyg‘unlashtirgan, matnning emotsional va ifoda qudratini mujassamlashtirgan tarjima strategik usullari samarali qo‘llash va tarjima sifatini baholashga imkonini bergan.