Murtazaeva Gulayim Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq tillarida kompyuter leksikasining lingvistik xususiyatlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3529.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘ldoshev  Akromjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nzamatdinova Dilfuza Ko‘ptlewovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillari kompyuter leksikasining lingvistik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish, ularning tuzilishi, so‘z yasalish modellari, leksik-semantik xususiyatlarini, shu bilan birga, terminlarni o‘zlashtirish va moslashtirish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kompyuter terminlarining struktur-modelli tuzilishi, so‘z yasalish modellari (derivatsion turlari), ularning ichki va tashqi manbalar orqali shakllanish mexanizmlari affiksatsiya, kompaundlash, konversiya, abbreviatsiya, terminologik metaforalanish jarayonlarining ikki til tizimi kesimidagi funksional o‘rni asoslangan;
qoraqalpoq tilidagi kompyuter terminlarining tuzilishi tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning til tizimiga integratsiyalashuvi jarayonida kuzatiladigan fonetik moslashuv, morfologik adaptatsiya va leksika-semantik o‘zgarishlarning asosiy modellari aniqlangan, ularning struktur-funksional xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
qoraqalpoq tilidagi kompyuter terminlarining leksik-semantik jihati atroflicha tahlil qilinib, ularning semantik guruhlari, ingliz, rus va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning ma’no shakllanish mexanizmi va moslashuv darajasi ochib berilgan;
kompyuter terminlarining nominativ, metaforik va tizimlilik funksiyalari integrativ yondashuv asosida birgalikda tahlil qilinib, ularning texnik muloqot, internet kommunikatsiyasi va professional diskursdagi real qo‘llanish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kompyuter terminlarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi kompyuter terminlarining struktur-modelli tuzilishi, so‘z yasalish modellari (derivatsion turlari), ularning ichki va tashqi manbalar orqali shakllanish mexanizmlari affiksatsiya, kompaundlash, konversiya, abbreviatsiya, terminologik metaforalanish jarayonlarining ikki til tizimi kesimidagi funksional o‘rni hamda til tizimiga integratsiyalashuvi jarayonida kuzatiladigan fonetik moslashuv, morfologik adaptatsiya va leksika-semantik o‘zgarishlarning asosiy modellari aniqlangan, ularning struktur-funksional xususiyatlari haqidagi ilmiy yangilik Berdaq nomidagi Qoraqalpoq tarixi va madaniyati davlat muzeyi eksponatlari tavsifida keng qo‘llanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2024-yilning 6-dekabrdagi 344-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi kompyuter terminlarining tuzilishini chuqur tahlil qilishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq tilidagi kompyuter terminlarining leksik-semantik jihati atroflicha tahlil qilinib, ularning semantik guruhlari, ingliz, rus va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarning ma’no shakllanish mexanizmi va moslashuv darajasi haqidagi ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 29-yanvar 11-09/9-01/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi kompyuter terminlarining leksik-semantik tomoni har tomonlama tahlil qilingan;
kompyuter terminlarining nominativ, metaforik va tizimlilik funksiyalari integrativ yondashuv asosida birgalikda tahlil qilinib, ularning texnik muloqot, internet kommunikatsiyasi va professional diskursdagi real qo‘llanish mexanizmlari haqidagi ilmiy yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy bo‘limining 2025-yilning 29-avgust 13-21-449-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq kompyuter terminologiyasida so‘z yasashning asosiy modellari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish