Kazbekov Salavat Alibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy va janubiy hududlarida avtotransport vositalaridan chiqayotgan chiqindilarning atrof muhitga ta’sirini baholash” 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5524
Ilmiy rahbar: Reymov Karjav Dauletbaevich Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/2025.27.12.T.14.01
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich texnika fanlari doktori, professor., Sultasheva Oralhan Genjemuratovna, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtotransport tashlamalarini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tumanlarida avtotransport tashlamalarining atrof-muhitga ta’sirini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli hududlarida avtomobillar chiqindilari tarkibidagi havoni ifloslantiruvchi moddalarning asosiy komponentlari aniqlangan;
birinchi marota Qoraqalpog‘istonning shimoliy va janubiy tumanlarida avtotransport vositalari chiqindilaridan atmosfera havosi ifloslanishining aholi salomatligiga ta’sirining sifat tahlili o‘tkazilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tumanlarida turli turdagi avtotransport vositalarining yoqilg‘i sarfi va atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdori hisoblab chiqilgan;
Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida avtotransport vositalarining chiqindilari bilan bog‘liq havo ifloslanishini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy hududlarida avtotransport vositalari chiqindilarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
atmosfera havosini avtotransport vositalaridan chiqadigan chiqindilardan ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining № 01/18-2-234-sonli hujjati, 17 yanvar 2025-yil). Natijada avtotransport vositalaridan foydalanish jarayonida ekologik xavfsizlikni barqaror tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
avtotransport vositalari chiqindilaridan atmosfera havosi ifloslanishining Qoraqalpog‘iston aholisi salomatligiga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining № 104-sonli hujjati, 17 yanvar 2025-yil). Natijada avtotransport vositalaridan foydalanish jarayonida ekologik xavfsizlikni barqaror tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
avtotransport vositalari chiqindilaridan atmosfera havosi ifloslanishining Qoraqalpog‘iston aholisi salomatligiga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 7-iyuldagi 01/02/5137-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik xavfsizlikni tartibga solish va avtotransport vositalari chiqindi gazlarining Qoraqalpog‘iston aholisi salomatligiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.