Nizamova Madina Shanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trombofiliya mavjud ayollarda homilani ko‘tara olmaslikning klinik-genetik aspektlari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3695.
Ilmiy rahbar: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonova Gulnoza Murodovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikni ko‘tara olmaslik patogenezida qon ivish tizimi genetik polimorfizmlarini o‘rganish, ularning xavf omillarini aniqlashdagi prognostik ahamiyatini baholash orqali patogenetik asoslangan profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishi va uning asoratli kechishida ginekologik hamda somatik kasalliklar, shuningdek homila tushishi, rivojlanmasligi kabi asoratlangan akusherlik anamnezi yetakchi klinik omillar ekanligi, ularni erta aniqlash yuqori xavf guruhidagi ayollarda xomila tushish xafvini erta bosqichda aniqlanishi isbotlangan;  
trombofiliya qayd etilgan ayollarda MTHFR C677T gen mutatsiyasining FV Leiden G1691A va protrombin G20210A mutatsiyalariga nisbatan etiologik jixatdan ustuvorligi aniqlangan hamda uning homiladorlikni ko‘tara olmaslik xavfini belgilovchi mustaqil prediktor ekanligi isbotlangan;
trombofiliyaning FV Leiden (G1691A), protrombin G20210A va MTHFR C677T gen mutatsiyalari hamda ular kombinatsiyasidagi genetik polimorfizmlar qon ivish tizimi faolligini oshirib, platsentar mikrotsirkulyasiyaning buzilishi oqibatida homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan va ularning reproduktiv yo‘qotishlar xavfini belgilovchi diagnosik markerlar ekanligi isbotlangan;
trombofiliya qayd etilgan homilador ayollarda prognostik mezonlar va gemostaziologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra ishlab chiqilgan diagnostik va davolash taktikasini tanlash tartibotining homila tushishi xavfini erta aniqlash va asoratlarni oldini olishda samarador ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trombofiliyasi bor ayollarda homiladorlik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini umumklinik, anamnestik, instrumental, genetik, gemostaziologik tekshiruvlar orqali o‘rganish va homiladorlikni olib borishning patogenetik asoslangan usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishi va uning asoratli kechishida ginekologik hamda somatik kasalliklar, shuningdek homila tushishi, rivojlanmasligi kabi asoratlangan akusherlik anamnezi yetakchi klinik omillar ekanligi, ularni erta aniqlash yuqori xavf guruhidagi ayollarda xomila tushish xafvini erta bosqichda aniqlanishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrdagi 11-24/406-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Trombofiliyada homila tushishini prognozlash va oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent shahar 9-tumanlararo perinatal markazining  2024 yil 11 dekabrdagi 93-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2025 yil 11 maydagi 15-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trombofiliya mavjud ayollarni homila tushish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga erta ajratish va maqsadli profilaktika choralarini qo‘llash homiladorlikning fiziologik kechishini ta’minlash, homila tushishi va reproduktiv yo‘qotishlar chastotasini kamaytirish imkonini berib, akusherlik asoratlari bilan bog‘liq tibbiy va ijtimoiy yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: standart klinik amaliyot sharoitida homila tushishi bilan bog‘liq bitta holat uchun umumiy tibbiy xarajatlar statsionar davolash, dori vositalari, laborator va instrumental tekshiruvlar hamda qo‘shimcha kuzatuv, mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish kabi xarajatlar yig‘indisi sifatida tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi xarajatlarni minimallashtirish (Cost-Minimization Analysis) tamoyiliga ko‘ra baholandi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, trombofiliyali ayollarda klinik xavf omillari o‘z vaqtida aniqlanmagan taqdirda homila tushishining bitta holatiga to‘g‘ri keladigan umumiy tibbiy xarajat quyidagi formula orqali ifodalandi: X₁ = Xt + Xb; bu erda Xt - statsionar davolash, dori-darmon ta’minoti, laborator va instrumental tekshiruvlarni qamrab oluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar; Xb - mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish bilan bog‘liq bilvosita xarajatlar bo‘lib, ularning o‘rtacha yig‘indisi 3200000 so‘mni tashkil etgan. Ishlab chiqilgan prognostik algoritm va individuallashtirilgan kuzatuv taktikasi qo‘llanilishi natijada xavf omillari erta aniqlangan va maqsadli profilaktika o‘tkazilgan 35 nafar bemorda ushbu asoratlarning oldi olingan bo‘lib, tadqiqot ko‘lamidagi jamlangan iqtisodiy samara ΣΔX=ΔX×n=3200000×35=112000000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: olingan natijalar ginekologik va somatik kasalliklar hamda asoratlangan akusherlik anamnezini erta aniqlashga asoslangan klinik yondashuv nafaqat reproduktiv yo‘qotishlarning oldini olish, balki sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va tibbiy yordamning umumiy iqtisodiy samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan yuqori ahamiyatga ega ekani isbotlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: trombofiliya qayd etilgan ayollarda MTHFR C677T gen mutatsiyasining FV Leiden G1691A va protrombin G20210A mutatsiyalariga nisbatan etiologik jixatdan ustuvorligi aniqlangan hamda uning homiladorlikni ko‘tara olmaslik xavfini belgilovchi mustaqil prediktor ekanligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrdagi 11-24/406-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Trombofiliyada homila tushishini prognozlash va oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent shahar 9-tumanlararo perinatal markazining  2024 yil 11 dekabrdagi 93-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2025 yil 11 maydagi 15-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trombofiliyaning genetik shakllarini hisobga olgan holda homiladorlikni ko‘tara olmaslik xavfini erta stratifikatsiya qilish homiladorlik asoratlarining kamayishi, reproduktiv natijalarning yaxshilanishi hamda ayollarning hayot sifati va ruhiy barqarorligini oshirishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: trombofiliyaning irsiy va orttirilgan shakllari hamda gen polimorfizmlari kombinatsiyasining homiladorlikni ko‘tara olmaslik xavfini 9,5 barobar oshirishi aniqlanishi klinik amaliyotda yuqori xavf guruhini aniq stratifikatsiya qilish imkonini yaratdi. Mazkur yondashuvning iqtisodiy samaradorligi xarajat-samara tahlili, differensial xarajatlar usuli hamda ijtimoiy tejam ekvivalenti usuli asosida kompleks tarzda tahlil qilindi. Standart klinik amaliyot sharoitida genetik xavf omillari hisobga olinmasdan homilador ayollarni kuzatishda barcha bemorlar uchun bir xil diagnostika va kuzatuv taktikasi qo‘llanilib, bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tibbiy xarajatlar C₀=2800000 so‘mni tashkil etdi. Genetik polimorfizmlar asosida xavf stratifikatsiyasi joriy etilgan sharoitda esa kengaytirilgan diagnostika va profilaktik chora-tadbirlar faqat yuqori xavf guruhiga kirgan ayollarda amalga oshirilib, bir bemor uchun o‘rtacha xarajat C₁=1900000 so‘mgacha kamaygan. Shu asosda bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔC₁=C₀-C₁=900000 so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy samara qo‘shimcha ravishda reproduktiv yo‘qotishlarning oldi olinishi hisobiga shoshilinch gospitalizatsiya, qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar hamda uzoq muddatli statsionar davolash xarajatlarining qisqarishi bilan ifodalandi. Ushbu komponentlar ijtimoiy ekvivalent sifatida pul ifodasida baholanib, bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha iqtisodiy tejam Sₑ=3200000 so‘mni tashkil etib, umumiy yakka iqtisodiy samara E₁=ΔC₁+Sₑ=4100000 so‘mga teng bo‘ldi. Tadqiqot ko‘lamida esa (n=35 nafar bemor) umumiy iqtisodiy samara ΣE=4100000×35=143500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: trombofiliyani irsiy va orttirilgan shakllari hamda asosiy genetik polimorfizmlarni hisobga olgan holda xavfni stratifikatsiya qilish klinik ahamiyat bilan bir qatorda sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlab, mazkur ilmiy yangilikning amaliy qiymatini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: trombofiliyaning FV Leiden (G1691A), protrombin G20210A va MTHFR C677T gen mutatsiyalari hamda ular kombinatsiyasidagi genetik polimorfizmlar qon ivish tizimi faolligini oshirib, platsentar mikrotsirkulyasiyaning buzilishi oqibatida homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan va ularning reproduktiv yo‘qotishlar xavfini belgilovchi diagnosik markerlar ekanligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrdagi 11-24/406-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Trombofiliyada homila tushishini prognozlash va oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent shahar 9-tumanlararo perinatal markazining  2024 yil 11 dekabrdagi 93-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2025 yil 11 maydagi 15-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trombofiliyaga oid genetik xavf omillarini hisobga olgan holda reproduktiv yo‘qotishlar xavfini erta aniqlash homiladorlikning fiziologik kechish chastotasini oshirish, asoratli homiladorlik holatlarini kamaytirish va reproduktiv natijalarni yaxshilash imkonini berdi. Mazkur yondashuv ayollarda takroriy homila tushishi bilan bog‘liq ruhiy zo‘riqish va xavotir darajasini pasaytirish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda oilaviy va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: trombofiliyaning FV Leiden (G1691A), protrombin G20210A va MTHFR C677T gen mutatsiyalari hamda ular kombinatsiyasidagi genetik polimorfizmlarni klinik amaliyotda hisobga olish orqali reproduktiv yo‘qotishlar xavfini erta aniqlash iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan baholandi. Iqtisodiy tahlil muqobil varinatlarni qiyosiy baholash usuli  hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni tejash modeli asosida amalga oshirildi. Genetik xavf omillari inobatga olinmagan sharoitda homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan bog‘liq har bir klinik holatda statsionar yordam, medikamentoz davolash, laborator va instrumental diagnostika hamda qo‘shimcha kuzatuvni o‘z ichiga olgan tibbiy xizmatlar uchun o‘rtacha 3500000 so‘m xarajat talab etilgan. Genetik markerlar asosida xavfni erta stratifikatsiya qilish natijasida mazkur asoratlarning oldi olinishi bilan bog‘liq holda ushbu xarajatlarning amaliy jihatdan yuzaga kelmasligi ta’minlangan. Shu asosda bir bemor uchun iqtisodiy samara ΔC₁=Cb − C₀ formulasi orqali ifodalandi, bu erda Cb -asorat yuzaga kelgan holatdagi bazaviy xarajatlar, C₀ -asorat oldi olingan sharoitdagi xarajatlar bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra ΔC₁=3500000 so‘mni tashkil etdi. Tadqiqot ko‘lamida iqtisodiy samara kumulyativ iqtisodiy ta’sir usuli orqali baholanib, umumiy iqtisodiy samara 35 nafar bemor uchun ΣΔC=3500000 × 35=122500000 so‘mga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur yondashuvni qo‘llash natijasida asoratlar bilan bog‘liq shoshilinch akusherlik yordamiga murojaatlar sonining qisqarishi, qo‘shimcha diagnostik tadqiqotlar hamda statsionar davolashga ehtiyojning kamayishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun bilvosita iqtisodiy sarf-xarajatlarning sezilarli darajada qisqarishiga olib kelgan. Mazkur holat umumiy iqtisodiy yuklama kamayishi koeffisienti orqali baholanib, genetik markerlarga asoslanib klinik qaror qabul qilishning iqtisodiy jihatdan maqbul ekanligini tasdiqladi. Xulosa: trombofiliyaga oid asosiy genetik polimorfizmlarni hisobga olgan holda reproduktiv yo‘qotishlar xavfini erta aniqlash klinik ahamiyat bilan bir qatorda bir bemor uchun 3,5 mln so‘m, tadqiqot ko‘lamida esa 122500000 so‘m so‘m iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: trombofiliya qayd etilgan homilador ayollarda prognostik mezonlar va gemostaziologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra ishlab chiqilgan diagnostik va davolash taktikasini tanlash tartibotining homila tushishi xavfini erta aniqlash va asoratlarni oldini olishda samarador ekanligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrdagi 11-24/406-t-son qarori bilan tasdiqlangan “Trombofiliyada homila tushishini prognozlash va oldini olish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Toshkent shahar 9-tumanlararo perinatal markazining  2024 yil 11 dekabrdagi 93-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2025 yil 11 maydagi 15-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 04 sentyabrdagi 24/24-son xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: Genetik markerlarga asoslangan va reproduktiv yo‘qotishlar xavfini erta aniqlash usulida xomila tushishi ehtimolini (P₀) taxminan 25% ga kamaygan bo‘lsa, individual yondashuv va profilaktik choralarni o‘z ichiga olgan taktik algoritm orqali bu ko‘rsatkich taxminan 50% ga kamaygan. Natijada,  4-5 holatda xomila tushishining oldi olingan. Bir homila tushishining o‘rtacha iqtisodiy yo‘qotishi (Cₗₒₛₛ) har tomonlama xarajatlar (davolash, laboratoriya testlari, ish haqi yo‘qotishi va boshqa xarajatlar) hisobga olinganda taxminan 4500000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu algoritm orqali umumiy tejash miqdori B=N×Cₗₒₛₛ ≈ 4,375×4500000=19687500 so‘mni tashkil qilgan. Algoritm qo‘llanilgan har bir bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat Cᵢₙₜ (trombofiliya monitoringi, terapiyasi va qo‘shimcha tekshiruvlar) taxminan 4200000 so‘mni tashkil etib, jami iqtisodiy samara Cₜₒₜₐₗ=35×4200000=147 mln. So‘mni tashkil qilgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan genetik markerlarga asoslangan taktik algoritm homila tushishi xavfini 50% ga kamaytirib, 4-5 ta asorat holatining oldini oldi va tadqiqot ko‘lamida jami iqtisodiy samara 147000000 so‘mni tashkil etgan, bu esa mazkur yondashuvning klinik samaradorligi bilan bir qatorda iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiqligini isbotlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish