Meliboeva Shoxista Sharofiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq tabobati amaliyoti uchun brokkoli karami asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarni olish», 14.00.41 – Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3970.
Ilmiy rahbar: Jalilov Fazliddin Sodiqovich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Salahidinov Adiljon XXX, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Hasanova Diloromxon To‘ychievna, kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
mahalliylashtirilgan brokkoli karami ekstrakti asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchaning kapsula shakli tarkib va texnologiyasini ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mahalliylashtirilgan brokkoli karami ekstraktining fizik-kimyoviy, farmatsevtik-texnologik xususiyatlarini tahlil qilgan holda uning kapsula shakli tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qadoqlangan “Glyukobrassisin” kapsula shaklining biologik faol qo‘shimcha kapsulalari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘yilgan talab belgilangan va sertifikatlangan;
xalq tabobati amaliyoti uchun tavsiya etilayotgan biologik faol qo‘shimchasi peroral qo‘llashda engil toksiklikka ega bo‘lib, LD₅₀ > 1,6 g/kg deb baholanganligi xisobiga bezararligi aniqlangan;
“Glyukobrassisin” biologik faol qo‘shimchasining ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini standart terapiya tarkibida qo‘llashda klinik belgilarining yaqqol ravishda kamayganligi, biokimyoviy ko‘rsatkichlardan umumiy oqsil va al`bumin miqdorining sezilarli darajada oshganligi hamda bemorlar hayot sifatining yaxshilanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xalq tabobati amaliyoti uchun brokkoli karami asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarni olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.07.2025 y. 22/01-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: mahalliylashtirilgan brokkoli karami ekstraktining fizik-kimyoviy, farmatsevtik-texnologik xususiyatlarini tahlil qilgan holda uning kapsula shakli tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi № 25-m/152-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 11-iyundagi 66-son, Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 13-iyundagi 6-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17-iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: brokkoli karami ekstrakti asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchaning uchun Texnik shartlar (Ts 310619568003:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (Ty 310619568-003:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan, natijada “Bio Boost Hold” MChJda kapsula shaklidagi BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi import o‘rnini bosuvchi BFQlar assortimentini kengaytirishga xizmat qilish imkonini beradi. Xulosa: brokkoli ekstraktining fizik-kimyoviy, farmatsevtik-texnologik xususiyatlarini tahlil qilgan holda uning kapsula shakli tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari asosida eng maqbul tarkib «Brokkoli» ekstrakti – 200,0 mg (66,7%), maltodekstrin – 89,5 mg (29,8%), aerosil 200 – 7,5 mg (2,5%), kalsiy stearat – 3,0 mg (1,0%) deb topilib, ushbu tarkibli kapsulalanuvchi massani №1 o‘lchamli (76±5 mg) to‘ldirilmagan kapsulalarga 0,3 g ±15% dan joylab, ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qadoqlangan “Glyukobrassisin” kapsula shaklining biologik faol qo‘shimcha kapsulalari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘yilgan talab belgilangan va sertifikatlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi № 25-m/152-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 11-iyundagi 66-son, Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 13-iyundagi 6-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17-iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur kapsulaning tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilganligi va standartlanganligi keng miqyosda ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi farmatsevtik yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: «Tezlashtirilgan eskirtirish» turg‘unlikni aniqlash testi natijalari Maqbul tarkib va texnologiya asosida olingan 011224 seriyali “Glyukobrassisin” biologik faol qo‘shimcha kapsulalari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha biologik faol qo‘shimchalarga qo‘yilgan talab - milliy standart O‘zMSt 166:2024 ga javob beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: xalq tabobati amaliyoti uchun tavsiya etilayotgan biologik faol qo‘shimchasi peroral qo‘llashda engil toksiklikka ega bo‘lib, LD₅₀ > 1,6 g/kg deb baholanganligi xisobiga bezararligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi № 25-m/152-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 11-iyundagi 66-son, Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 13-iyundagi 6-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17-iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida brokkoli ekstrakti kapsulalari o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining 002552-sonli ruxsatnomasi va 2024 yil 7-avgust 11-sonli ekspertiza xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: mahalliylashtirilgan xomashyo asosida arzon va bezarar BFQ ishlab chiqarish imkonini bergan. Xulosa: «Glyukobrassisin» kapsula 200 mg (seriya: 011224; amal qilish muddati: 12.2026), «BIO BOST HOLD» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqargan biologik faol qo‘shimchasi peroral qo‘llashda engil toksiklikka ega bo‘lib, LD₅₀ > 1,6 g/kg deb baholandi. Bu ko‘rsatkich **Xaberman klassifikatsiyasiga ko‘ra 4-toifa (kam toksik moddalar) ** ga to‘g‘ri keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: “Glyukobrassisin” biologik faol qo‘shimchasining ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini standart terapiya tarkibida qo‘llashda klinik belgilarining yaqqol ravishda kamayganligi, biokimyoviy ko‘rsatkichlardan umumiy oqsil va al`bumin miqdorining sezilarli darajada oshganligi hamda bemorlar hayot sifatining yaxshilanganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 30 maydagi № 25-m/152-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini davolashning yangi usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati  ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 2025 yil 11-iyundagi 66-son, Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 13-iyundagi 6-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17-iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turini standart davolash samaradorligini oshirish va remissiya davrini maksimal uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislash va davolashga ketadigan umumiy vaqt hamda mablag‘ni tejash imkoniyatini yaratadi. Xulosa: Ichak ta’sirlanish sindromi gipomotor turi bilan kasallangan bemorlarni davolashda standart terapiyaga qo‘shimcha ravishda “Glyukobrassisin” kapsulalarini 1 oy va undan ortiq muddat mobaynida qo‘llash klinik belgilarining yaqqol ravishda kamayganligi, biokimyoviy ko‘rsatkichlardan umumiy oqsil va al`bumin miqdorining sezilarli darajada oshganligi hamda bemorlar hayot sifatining yaxshilanganligi kuzatildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish