Kodirov Xabibullo Nu’monjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oshqozon va ichak yara kasalliklarini xalq tabobati usuli bilan davolash” 14.00.41- Xalq tabobati (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib6408.
Ilmiy raxbar: Xakimov Nasrulla Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Qodirjon Abdusattarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamatqulova Surayyo Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, hamda yarali kolit kasalliklarini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, hamda xalq tabobati bilan uyg‘unlashgan davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
In vitro sharoitida turli nisbatdagi Calendula officinalis L., Inula helenium L., Achillea millefolium, Hypericum perforatum L., Plantago major L. hamda Bidens tripartita L. dorivor o‘simliklarning antiradikalli va antioksidantlik spektrofotometrik usulda aniqlash natijasida eng yuqori antioksidant faollikni namoyon qilgan aralashmalar asosida tabiiy kompozision oziq-ovqat qo‘shilmalar ishlab chiqilib, xalq tabobati usullariga ketma-ket qo‘llash asosida uyg‘unlashtirilgan;
ilk bor, mualliflik – “As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” nomli tabiiy kompozision oziq-ovqat qo‘shilmalar tarkibida oshqozon va ichak yallig‘lanish kasalligini keltirib chiqaruvchi immunitet pastligi oshirishda yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari kimyoviy tarkibi suvda eruvchi vitaminlar miqdori (B1, B2, B3, B6, C), polifenol birikmalar (rutin, kversetin, gall kislotasi, apigenin) zamonaviy YuSSX usullar yordamida aniqlangan;
“As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” oziq-ovqat qo‘shilmalari yallig‘lanish kasalligini keltirib chiqaruvchi metobolizm buzilishi, leykositlarning ko‘payishi, immunitet pastligi kabi alomatlarni bartaraf etishda va oldini olishda yordam beradigan 64 ta makro va mikroelementlar miqdori zamonaviy ICP-OES usulida aniqlangan;
“As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” oziq-ovqat qo‘shilmalari oshqozon va ichak epiteliy qavatini qayta tiklashida va metobolizmni tiklanishida, zararli radikallarni ingibirlab normallashtirish, oksidantlarni o‘ziga bog‘lash hisobiga nofaollashtirish evaziga oshqozon va ichak yallig‘lanish kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega ekanligi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan usullar yorddamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, hamda yarali kolit kasal-liklarini davolash va oldini olish uchun yaratilgan oziq-ovqat qo‘shilma-larini ishlab chiqish, hamda mazkur kasalliklarni davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natija-lar asosida uslubiy tavsiyanoma “Oshqozon va o‘n ikki baroqli ichak va yarali kolit kasalliklarini xalq tabobati usuli bilan davolash va profilaktikasi” ishlab chiqildi va quyidagi ilmiy yangiliklar asoslandi:
birinchi ilmiy yangilik: in vitro sharoitida turli massa nisbatidagi Calendula officinalis L., Inula helenium L., Achillea millefolium, Hypericum perforatum L., Plantago major L. hamda Bidens tripartita L. asosida olingan “As-kolit”, “As-Xaq” va “Anti-ulcer” oziq-ovqat qo‘shilmalarining antioksidant faolligini spektrofotometrik usulda aniqlash natijasida eng yuqori antioksidant faollikni namoyon qilgan aralashma asosida ishlab chiqilgan tabiiy kompozision oziq-ovqat qo‘shilma uchun resept va tashkilot standarti (TY 303271761-04:2025) ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi sanitariya-epidemiologik xulosasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, hamda yarali kolit kasalliklarini oldini olish va davolash xusuiyatiga ega oziq - ovqat qo‘shilmalarini optimal tarkibi asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, mazkur kasalliklarni davolashda yangi yaratilgan oziq - ovqat qo‘shilmalarini zamonaviy davolash usullari bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishi natijasida, ishlatiladigan asosiy sintetik dori vosita-larga nisbatan har bir bemordan bir oyda oshqozon va 12 b.i. yara kasallik-larida 262440 so‘mdan, 69225 so‘mga, ya’ni, 193215 iqtisod qilinadi. Yarali kolit 495000 so‘mdan 61800so‘m, ya’ni, 433200 so‘m iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, “As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” nomli tabiiy kompozision oziq-ovqat qo‘shilmalar tarkibida oshqozon va ichak yallig‘lanish kasalligini keltirib chiqaruvchi immunitet pastligi oshirishda yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari kimyoviy tarkibi suvda eruvchi vitaminlar miqdori (B1, B2, B3, B6, C), polifenol birikmalar (rutin, kversetin, gall kislotasi, apigenin) zamonaviy YuSSX usullar yordamida aniqlashga oid takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan TY 303271761-04:2025-sonli texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasining TY 303271761-04:2025 sonli texnologik yo‘riqnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi ishlab chiqilgan, tarkibida tabiiy antibiotiklar saqlagan OOQ da antioksidant, antiradikal va polifenol komponentlari mavjudligi tufayli, mazkur kasallikning hatar omillarini fitoterapevtik usullarda oldini olish mumkinligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, mazkur kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan OOQ da antioksidant, antiradikal va polifenol komponentlari mavjudligi tufay-li, mazkur kasallikning hatar omillarini fitoterapevtik usullarda oldini olish orqali, ishlatiladigan asosiy sintetik dori vositalarga nisbatan har bir bemordan bir oyda oshqozon va 12 b.i. yara kasalliklarida 262440 so‘mdan, 69225 so‘mga, ya’ni, 193215 so‘mga iqtisod qilinadi. Yarali kolit 495000 so‘mdan 61800so‘m, ya’ni, 433200 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: “As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” oziq-ovqat qo‘shilmalari yallig‘lanish kasalligini keltirib chiqaruvchi metobolizm buzilishi, leykositlarning ko‘payishi, immunitet pastligi kabi alomatlarni bartaraf etishda va oldini olishda yordam beruvchi makro va mikroelementlar miqdori zamonaviy ICP-OES usulida isbotlangan natijalar asosida ushbu vositani qo‘llash resepti va tashkilot standarti (TY 303271761-04:2025) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi sanitariya-epidemiologik xulosasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samara-dorligi: tarkibida kversetin toifasidagi tabiiy polifenollar saqlagan kompozi-siyalardan qo‘shimcha profilaktik maqsadda foydalanilganda virus hujayralari metabo-lizmidagi siklik reaksiyalarni ingibirlaganligi tufayli oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, hamda yarali kolit kasalligi asoratlarini davolash va profilaktika qilish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, yangi yaratilgan OOQ virus hujayralari metabolizmidagi siklik reaksiyalarni ingibirlaganligi tufayli oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasal-liklari, hamda yarali kolit kasalligi asoratlarini davolash va profilaktika qilish imkoni yuzaga kelganligi tufayli, mazkur kasallik-larni davolashda ishlatiladigan asosiy sintetik dori vositalarga nisbatan har bir bemordan bir oyda oshqozon va 12 b.i. yara kasalliklarida 262440 so‘mdan, 69225 so‘mga, ya’ni, 193215 iqtisod qilinadi. Yarali kolit 495000 so‘mdan 61800so‘m, ya’ni, 433200 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: “As-Kolit”, “Anti-Ulcer” va “As-Xaq” oziq-ovqat qo‘shilmalari oshqozon va ichak epiteliy qavatini qayta tiklashida va metobolizmni tiklanishida, zararli radikallarni ingibirlab normallashtirish, oksidantlarni o‘ziga bog‘lash hisobiga nofaollashtirish evaziga oshqozon va ichak yallig‘lanish kasalligini davolash va oldini olish xususiyatiga ega ekanligi xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirilgan usullar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 iyuldagi sanitariya-epidemiologik xulosasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, hamda yarali kolit kasalliklarini davolash va oldini olish uchun yaratilgan “Asko-lit”, “Asxaq” va “Anti-ulcer” oziq ovqat qo‘shilmalari yordamida zamonaviy standart davolash usullari bilan uyg‘unlashgan yangi davolash usuli ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etil-gan uslubiy tavsiyanoma bo‘yicha, mazkur kasalliklarni davolash va oldini olish uchun yaratilgan OOQ yordamida zamonaviy standart davolash usullari bilan uyg‘unlashgan yangi davolash usuli ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilganligi tufayli ushbu kasallik-larni davolashda ishlatiladigan asosiy sintetik dori vositalarga nisbatan har bir bemordan bir oyda oshqozon va 12 b.i. yara kasalliklarida 262440 so‘mdan, 69225 so‘mga, ya’ni, 193215 iqtisod qilinadi. Yarali kolit 495000 so‘mdan 61800so‘m, ya’ni, 433200 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.