Sharipova Asal Sarvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zo‘ravonlik mavjud oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar hissiy buzilishlarining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P555.
Ilmiy rahbar: Kamilova Nadira Gayratovna psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abdurayimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Markendudi Marina Anatolevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: oilaviy zravonlik mavjud bulgan oilalarda tarbiyalanayotgan usmirlik va ilk o‘spirinlik yosh davridagi respondentlarda hissiy buzilishlarning psixologik xususiyatlarini urganish hamda ularni intervensiyalash dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarining emotsional holatiga ko‘ra, onaga yo‘naltirilgan tajovuzning guvohi bo‘lgan bolalarda xavotirlanish, agressiya, frustratsiya va rigidlikning namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib, o‘smir qizlarda rigid fikrlash, o‘g‘il bolalarda agressivlik va frusratsiya bilan bog‘liq hissiy buzilishlarning dominant ekani aniqlangan;
bolalar ijtimoiy-psixologik moslashuviga emotsional buzilishlarning ta’siri natijasida tengdoshlar bilan muloqot uslubining differensial farqlanishiga asoslanib, oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bolalarda adaptiv muloqotning dominant xarakterga ega bo‘lishi aniqlangan;
oilada onaga nisbatan zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalarning psixoemotsional holatiga ko‘ra, ona tomonidan nazorat va bostirilgan agressiya hissiy fonning beqarorlashuviga olib kelganligi tufayli ona-bola munosabatlarida salbiy emotsional tonning kuchliligi aniqlangan;
zo‘ravonlik mavjud bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning hissiy buzilishlarini korreksiyalashda agressivlik, frustratsiya, rigidlik va xavotirlanish darajasini pasaytirish muhimligiga ko‘ra psixoemotsional holatni barqarorlashtiruvchi intervensiya orqali ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zo‘ravonlik mavjud oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar hissiy buzilishlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarining emotsional holatiga ko‘ra, onaga yo‘naltirilgan tajovuzning guvohi bo‘lgan bolalarda xavotirlanish, agressiya, frustratsiya va rigidlikning namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib, o‘smir qizlarda rigid fikrlash, o‘g‘il bolalarda agressivlik va frusratsiya bilan bog‘liq hissiy buzilishlarning dominant ekani aniqlangan xulosalar O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son ma’lumotnomasi). Natijada, zo‘ravonlikning turli shakllariga duch kelgan respondentlar hissiy holatining psixologik xususiyatlarini jins va yoshga oid farqlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
bolalar ijtimoiy-psixologik moslashuviga emotsional buzilishlarning ta’siri natijasida tengdoshlar bilan muloqot uslubining differensial farqlanishiga asoslanib, oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bolalarda adaptiv muloqotning dominant xarakterga ega bo‘lishi aniqlangan xulosalar O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son ma’lumotnomasi). Natijada, zo‘ravonlikka duch kelgan bolalarning hissiy holati bilan ularning ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ochib berilgan;
oilada onaga nisbatan zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalarning psixoemotsional holatiga ko‘ra, ona tomonidan nazorat va bostirilgan agressiya hissiy fonning beqarorlashuviga olib kelganligi tufayli ona-bola munosabatlarida salbiy emotsional tonning kuchliligi aniqlangan xulosalar O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar va ota-onalar munosabatlari xususiyatlarining bilvosita zo‘ravonlik mavjud bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan respondentlardagi hissiy buzilishlar dinamikasiga tasiri tadqiq qilingan;
zo‘ravonlik mavjud bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning hissiy buzilishlarini korreksiyalashda agressivlik, frustratsiya, rigidlik va xavotirlanish darajasini pasaytirish muhimligiga ko‘ra psixoemotsional holatni barqarorlashtiruvchi intervensiya orqali ijtimoiy moslashuv darajasini oshirish zarurati dalillangan xulosalar O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 4-iyuldagi PM–73-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning hissiy sohasini barqarorlashtirish va konstruktiv ijtimoiy pozisiya shakllanishiga ko‘maklashadigan psixokorreksion intervensiya dasturini ishlab chiqiqlgan.