Xolmatov Sanjarbek Xojimamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda investisiyalardan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3533. 
Ilmiy rahbar: Karimova Gulbaxor Abdusattarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qobulov Xotamjon Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashda investisiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali milliy valyutada, asosiy stavka 4 foizda, 10 yilga (5 yillik imtiyozli davr bilan) oziq-ovqat yo‘nalishida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish taklif etilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga eksport shartnomasi mavjud bo‘lgan, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplab berish zarurligi asoslangan;
meva-sabzavotchilik klasterlariga xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismiga Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya to‘lash taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda investisiyalardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida investisiyalar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda investisiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali milliy valyutada, asosiy stavka 4 foizda, 10 yilga (5 yillik imtiyozli davr bilan) oziq-ovqat yo‘nalishida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligi tomonidan 2026-yil 27-yanvarda berilgan №06/22-169-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifdan yangi loyihalarga investisiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hisobiga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravarga va eksport ko‘rsatkichlarini 2 baravarga oshirish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga eksport shartnomasi mavjud bo‘lgan, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplab berish zarurligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligi tomonidan 2026-yil 27-yanvarda berilgan №06/22-169-son ma’lumotnoma). Ushbu taklifdan Andijon viloyatida meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda (5 mlrd 350 mln so‘mlik 7 ta loyiha) foydalanilgan;
meva-sabzavotchilik klasterlariga xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismiga Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya to‘lash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligi tomonidan 2026-yil 27-yanvarda berilgan №06/22-169-son ma’lumotnoma). Natijada Andijon viloyatida 1 gektar ekin maydoniga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi maxsuloti barqaror o‘sib borib, 2022 yili 174,2 mln. so‘mni tashkil qilgan, bu 2020-yilga nisbatan 138 foiz demakdir; soxada ishlovchi 1 kishiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi maxsuloti qiymati xam barqaror o‘sib borib, 2022 yili 116,5 mln. so‘mni tashkil qilgan, bu 2020-yilga nisbatan 140 foiz demakdir;
qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda investisiyalardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan investisiyalar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21-apreldagi №204-son “2022 — 2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati hokimligi tomonidan 2026-yil 27-yanvarda berilgan №06/22-169-son ma’lumotnoma). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlardan Andijon viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravarga oshirish, investisiya loyihalari qiymatini 8050,0 mln. AQSh dollariga etkazish viloyat rejalarida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish