Raimov Mamasoat Safar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining  o‘rni (IX-XV asrlar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1326
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mazkur tadqiqotning maqsadi IX–XV asrlarda Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlash, shuningdek, ushbu jarayonlarning tarixiy oqibatlarini yozma va moddiy manbalar tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Termiz shahri o‘z tarixi davomida uch marta o‘rnini o‘zgartirganligi, Amudaryo, Surxondaryo va Pattakesar kechuvlari negizida vujudga kelganligi, shaharning vujudga kelishi hamda toponimiyasining kelib chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlar birlamchi manbalar, mahalliy va chet ellik tarixchilarning asarlari  asosida dalillangan; 
Somoniylarning kelib chiqishi Termiz shahri bilan bog‘liqligi, o‘rta asrlardagi Somon qishlog‘ining Qirqqiz va Sulton Saodat atrofida vujudga kelganligi, Termizning somoniylar va chag‘oniyonlik muhtojiylar o‘rtasidagi kurash markaziga aylanish sabablari birlamchi manbalar asosida aniqlangan;
Termizning g‘aznaviylar va saljuqiylar sulolalari davrida g‘oyat muhim strategik punkt bo‘lganligi, IX-XII aslarda Termiz shahrining yirik ilm-fan va diniy markazga aylanganligi, shahar hunarmandchiligi yuqori darajada rivojlanganligi arxeologik ma’lumotlar va tarixiy manbalar asosida aniqlangan;
Chingizxon bosqinidan so‘ng Termizning Surxon daryosi tomon ko‘chganligi, bu jarayonda sayyidlarning roli katta bo‘lganligi, Eski Termizdagi Dabdaba mavzeyining Chingiztepa deb atalish sabablari, Amir Temur davlatida Termizning strategik va ramziy ahamiyati  asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. “Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining o‘rni (IX – XV asrlar)” mavzusini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
Termiz shahri o‘z tarixi davomida uch marta o‘rnini o‘zgartirganligi, Amudaryo, Surxondaryo va Pattakesar kechuvlari negizida vujudga kelganligi, shaharning vujudga kelishi hamda toponimiyasining kelib chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlar birlamchi manbalar, mahalliy va chet ellik tarixchilarning asarlari  asosida dalillangan haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2023-yil 25-maydagi 02-32-821-son ma’lumotnomasi). Natijalar Termiz shahrining shakllanishi va tarixiy taraqqiyotiga oid ilmiy xulosalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qildi.
Somoniylarning kelib chiqishi Termiz shahri bilan bog‘liqligi, o‘rta asrlardagi Somon qishlog‘ining Qirqqiz va Sulton Saodat atrofida vujudga kelganligi, Termizning somoniylar va chag‘oniyonlik muhtojiylar o‘rtasidagi kurash markaziga aylanish sabablari haqidagi ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining 2023-yil 25-maydagi 02-32-821-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Termiz shahrining tabiiy-geografik va harbiy-strategik ahamiyatiga oid ilmiy xulosalar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilinishga xizmat qildi. 
Termizning g‘aznaviylar va saljuqiylar sulolalari davrida g‘oyat muhim strategik punkt bo‘lganligi, IX-XII aslarda Termiz shahrining yirik ilm-fan va diniy markazga aylanganligi, shahar hunarmandchiligi yuqori darajada rivojlanganligi haqidagi  ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 24-maydagi № 02-22/487-son ma’lumotnomasi). Bu esa, Termizning o‘rta asrlar davriga oid diplomatik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlar haqidagi ilmiy asoslangan xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga singdirilib, yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik sadoqati tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi. 
Chingizxon bosqinidan so‘ng Termizning Surxon daryosi tomon ko‘chganligi, bu jarayonda sayyidlarning roli katta bo‘lganligi, Eski Termizdagi Dabdaba mavzeyining Chingiztepa deb atalish sabablari, Amir Temur davlatida Termizning strategik va ramziy ahamiyati haqidagi  ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 24-maydagi № 02-22/487-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Termiz shahrining hunarmandchilik, tarixiy sinovlar va siyosiy merosiga oid ilmiy xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga singdirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish