Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi toqchi qavmining etnomadaniy jarayonlarga ta’siri”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1358
Ilmiy rahbar: Dulanov Otabek Yuldashevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shaymardanovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: aynan Surxon vohasida mavjud bo‘lgan toqchi qavmi aholisining etnohududiy joylashuvlari, ijtimoiy-ma’naviy asoslari, tarixiy va madaniy rivojlanishi keng tahlil qilindi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati misolida toqchi qavmlarining geografik-hududiy joylashuvi, moddiy va nomoddiy madaniyati, etnografik xususiyatlari hamda etnik tarixi urug‘, qabila, qavm, elat va millat shakllanishi nuqtai nazaridan ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan manbalar va adabiyotlar asosida tizimli ravishda o‘rganilganligi, mazkur yondashuv mintaqaning etnik jarayonlarini qayta talqin etish imkonini berganligi aniqlangan;
toqchi qavmlarga oid milliy meros va an’analarni qayta tiklashga qaratilgan davlat siyosatining mazmuni hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati tahlil qilinib, globallashuv jarayonlari sharoitida toqchi qavmlarining boshqa hududlardagi qavmlardan farqli xususiyatlari, xususan, madaniy an’analari, shevalari va lingvistik turlanishining saqlanishi hamda o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Surxondaryo viloyatlaridagi toqchi qavmlari aholisining umumiy ijtimoiy-madaniy xususiyatlari, dasht va cho‘l hududlaridagi o‘troq hamda ko‘chmanchi qavmlardan ajratib turuvchi lokal farqlari aniqlanib, zamonaviy assimilatsiya jarayonlarining ushbu qavmlar xo‘jalik an’analari, tabiat manzaralaridan foydalanish tajribasi hamda tabiiy resurslarni o‘zlashtirish usullariga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi, shuningdek hududning ekoturizm imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
toqchi qavmlarining moddiy va ma’naviy madaniyati, xususan uy-joy qurilishi an’analari, foydalanilgan xomashyo manbalari, badiiy bezak va taqinchoqlar tizimi, milliy kiyimlar hamda ularning o‘ziga xos bichish usullari, kashtachilik va so‘zana san’ati, rang va ip tayyorlash texnologiyalari, an’anaviy taomlar va noyob giyohlardan foydalanish tajribasi, xalq og‘zaki ijodi, dunyoviy va diniy bilimlaridagi farqlovchi jihatlar majmuaviy tahlil qilinib, mazkur omillar toqchi qavmlarining etnoturizm salohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon vohasi toqchi qavmining etnomadaniy jarayonlari va hududda joylashgan boshqa etnik birliklarning tarixiy-etnografik tahlil va qiyoslash orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida:
Surxondaryo viloyati misolida toqchi qavmlarining geografik-hududiy joylashuvi, moddiy va nomoddiy madaniyati, etnografik xususiyatlari hamda etnik tarixi urug‘, qabila, qavm, elat va millat shakllanishi nuqtai nazaridan ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan manbalar va adabiyotlar asosida tizimli ravishda o‘rganilganligi, mazkur yondashuv mintaqaning etnik jarayonlarini qayta talqin etish imkonini berganligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida “Surxon vohasi toqchi qavmining etnomadaniy jarayonlari” mavzusidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-789-son ma’lumotnomasi). Natijada toqchi qavmlarining etnomadaniy jarayonlariga oid ilmiy asoslangan xulosalar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etilib, tarixiy-etnografik bilimlarni ommalashtirish, jamoatchilik ongida etnik xotirani mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
toqchi qavmlarga oid milliy meros va an’analarni qayta tiklashga qaratilgan davlat siyosatining mazmuni hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mohiyati tahlil qilinib, globallashuv jarayonlari sharoitida toqchi qavmlarining boshqa hududlardagi qavmlardan farqli xususiyatlari, xususan, madaniy an’analari, shevalari va lingvistik turlanishining saqlanishi hamda o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqida ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida “Surxon vohasi toqchi qavmining etnomadaniy jarayonlari” mavzusidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-maydagi 02-31-789-son ma’lumotnomasi). Natijada toqchi qavmlarining milliy merosi va an’analarini asrash hamda rivojlantirishga oid ilmiy xulosalar ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka etkazilib, globallashuv sharoitida etnomadaniy xususiyatlarni anglash va qadrlash, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligi oshirildi;
Surxondaryo viloyatlaridagi toqchi qavmlari aholisining umumiy ijtimoiy-madaniy xususiyatlari, dasht va cho‘l hududlaridagi o‘troq hamda ko‘chmanchi qavmlardan ajratib turuvchi lokal farqlari aniqlanib, zamonaviy assimilatsiya jarayonlarining ushbu qavmlar xo‘jalik an’analari, tabiat manzaralaridan foydalanish tajribasi hamda tabiiy resurslarni o‘zlashtirish usullariga bevosita ta’sir ko‘rsatganligi, shuningdek hududning ekoturizm imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati bo‘limi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida dissertatsiya ma’lumotlaridan ma’naviyat soatlarini tashkil etish, targ‘ibot va ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 26-may № 02-22/ 503-son ma’lumotnomasi). Natijada toqchi qavmlarining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va xo‘jalik an’analariga oid ilmiy xulosalar ma’naviyat soatlari, targ‘ibot va ma’ruza materiallari mazmuniga singdirilib, aholining etnomadaniy bilimlarini boyitish, ekologik tafakkurni shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
toqchi qavmlarining moddiy va ma’naviy madaniyati, xususan uy-joy qurilishi an’analari, foydalanilgan xomashyo manbalari, badiiy bezak va taqinchoqlar tizimi, milliy kiyimlar hamda ularning o‘ziga xos bichish usullari, kashtachilik va so‘zana san’ati, rang va ip tayyorlash texnologiyalari, an’anaviy taomlar va noyob giyohlardan foydalanish tajribasi, xalq og‘zaki ijodi, dunyoviy va diniy bilimlaridagi farqlovchi jihatlar majmuaviy tahlil qilinib, mazkur omillar toqchi qavmlarining etnoturizm salohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati bo‘limi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida dissertatsiya ma’lumotlaridan ma’naviyat soatlarini tashkil etish, targ‘ibot va ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 26-may № 02-22/ 503-son ma’lumotnomasi). Natijada toqchi qavmlarining moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid ilmiy asoslangan xulosalar ma’naviyat soatlari hamda targ‘ibot-ma’ruza materiallari mazmuniga integratsiya qilinib, etnomadaniy merosni anglash va qadrlash, etnoturizm salohiyatini targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish