Dadaboev Farhodjon Fozilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatidagi transformatsiya jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.1.PhD/Fal850
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: O‘roqova Oysuluv Jamoldinovna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Ganiev Bahodir Sodiqjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Muxtorov Azamat falsafa fanlari doktori, professor.
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini transformatsiyalashuv jarayonlarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish hamda bu borada taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Raqamli dunyoda tadbirkorlik faoliyatining transformatsiyalanish zarurati falsafadagi umumiylik va xususiylik kategoriyalari asosida nazariy jihatdan asoslab berildi. Transformatsiyaning ijtimoiy deterministik omillari hamda uning dinamiklik, tuzilmaviylik va “sabab–oqibat”ga tayanadigan rivojlanish xususiyatlari tizimli ravishda yoritilgan.
Yangi O‘zbekistonda tadbirkor shaxsini shakllantirish jarayoni raqamli formatlar misolida ijtimoiy falsafiy jihatdan tahlil qilinib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tadbirkorlarning faol subekt sifatida maydonga chiqishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlab berildi. Bunda huquqiy, moddiy va ma’naviy omillar bilan birga tadbirkorlikning etnopsixologik jihatlari — tadbirkorlik faoliyatini loyihalash, shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish ehtiyoji kabi ichki motivlar transformatsiya jarayoni sifatida ochib berilgan.
Tadbirkorlik faoliyatidagi transformatsiya jarayonlarining shaxsga ta’siri yangi ilmiy yondashuv asosida talqin etildi. Xususan, tadbirkordan ish uslubini o‘zgartirish bilan birga raqamli ta’limni egallashga tayyorlik, yangilikka intilish, ijodkorlik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik va mas’uliyat kabi kreativ sifatlarni rivojlantirish zarurligi, hamda bu sifatlarning zamonaviy raqamli vositalar bilan integratsiyalanishini  aniqlab berilgan.
Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatidagi gender transformatsiyalanish jarayonlari ilk bor differensial jihatdan o‘rganilib, uning immanent (ichki) xususiyatlari chuqur tahlil qilindi. Natijada ayol va erkak tadbirkorlarning transformatsiyaga moslashuv darajasi, o‘ziga xos ehtiyojlari va rivojlanishlarini hisobga olgan holda tadbirkorlikni tashkil etish hamda boshqarishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini transformatsiyalashuv jarayonlarini ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha:
raqamli dunyoda tadbirkorlik faoliyatini transformatsiyalashuvining zaruriyati, ijtimoiy deterministik asoslari va raqamli transformatsiyaning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyasi vositasida asoslanganligiga doir tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 17-apreldagi 02/11-12-5054-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi tadbirkorlik faoliyatini transformatsiyalashuvining zaruriyati, ijtimoiy deterministik asoslari va raqamli transformatsiyaning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda raqamli davr tadbirkorlarini shakllantirish orqali jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning faol vakillariga aylantirishdagi omillari (huquqiy, moddiy, ma’naviy) va etnopsixologik (tadbirkorlik faoliyatini loyihalash, tadbirkor sifatida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji) transformatsiya jarayoni ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga keng tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi III-yo‘nalishiga oid oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar 10-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-seminarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 6-martdagi 412/2-son dalolatnomasi). Natijada yangi O‘zbekistonda raqamli davr tadbirkorlarini shakllantirish orqali jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning faol vakillariga aylantirishdagi omillari va etnopsixologik transformatsiya jarayoni takomillashtirilgan. 
Tadbirkorlik faoliyatidagi transformatsiya jarayonlari tadbirkordan ish uslubini o‘zgartirish bilan birga raqamli ta’lim olishga intilish, yangilikka o‘chlik, ijodkorlik, ishbilarmonlik, shaxsiy tashabbus, mas’uliyat kabi kreativ sifatlarni rivojlantirishni zamonaviy raqamli vositalarga integratsiyalay olishiga bog‘liqligi ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 10-apreldagi 04-36-1093-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi tadbirkorlik faoliyatidagi transformatsiya jarayonlari tadbirkordan ish uslubini o‘zgartirish va kreativ sifatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatidagi gender transformatsiyalashuv jarayonlarining differensial xususiyatlarini aniqlash va uning immanent, ya’ni ichki belgilarini chuqurroq bilish asosida tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarishga oid tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 30-avgustdagi 02/11-8061-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatidagi gender transformatsiyalashuv jarayonlarining differensial xususiyatlari tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish