Raximjonova Shohsanam Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Davlat-Xususiy sherikligi tizimini menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasidan foydalanish asosida takomillashtirish”.(Oliy ta’lim misolida)”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5569.
Ilmiy rahbari: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent Davlat iqtisodiyot Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sultanov Alisher Sabirjanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’limda davlat-xususiy sherikligi tizimini menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasidan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «davlat-xususiy sherikligi tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, qaror qabul qilish muhiti, tavakkalchilik va foyda taqsimoti, shartnoma va institutsional cheklovlarni loyiha hayot sikli bo‘ylab bir butun tarzda uyg‘unlashtirish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarining umumiy samaradorligi va barqarorligini ta’minlaydigan kompleks boshqaruv mexanizmi jihatidan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi asosida davlat-xususiy sherikligini boshqarish mexanizmi qonunchilik bazasini mustahkamlash (QBM = 0,15), institutsional imkoniyatlarni kengaytirish (IIK = 0,18), shaffoflik va raqobatni ta’minlash (ShRT = 0,23), moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish (MMT = 0,25) hamda malakali kadrlar tayyorlash (MKT = 0,19) yo‘nalishidagi tadbirlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning konseptual modeli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishning loyiha konsepsiyasini tayyorlash (LK ≤ 3), tender jarayonlarini tashkil etish (3 ≤ TJ ≤ 6), moliyalashtirishni tashkil qilish (6 ≤ M ≤ 9), loyihalarni amalga oshirish va monitoring (9 ≤ LM ≤ 18), natijalarni baholash va jamoatchilikni xabardor qilish (18 ≤ NB ≤ 24) bosqichlariga ko‘ra muddat (oylar bo‘yicha) jihatidan maqbul chegaralarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini davlat-xususiy sherikligi loyihalari asosida uzoq muddatli rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasini bajarish asosida davlat-xususiy sherikligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «davlat-xususiy sherikligi tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi» tushunchasining iqtisodiy mazmunini turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, qaror qabul qilish muhiti, tavakkalchilik va foyda taqsimoti, shartnoma va institutsional cheklovlarni loyiha hayot sikli bo‘ylab bir butun tarzda uyg‘unlashtirish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarining umumiy samaradorligi va barqarorligini ta’minlaydigan kompleks boshqaruv mexanizmi jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ta’lim menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘iga asosan). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarining umumiy samaradorligi va barqarorligini ta’minlaydigan kompleks boshqaruv mexanizmi jihatidan takomillashtirilgan «davlat-xususiy sherikligi tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi» tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi asosida davlat-xususiy sherikligini boshqarish mexanizmi qonunchilik bazasini mustahkamlash (QBM = 0,15), institutsional imkoniyatlarni kengaytirish (IIK = 0,18), shaffoflik va raqobatni ta’minlash (ShRT = 0,23), moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish (MMT = 0,25) hamda malakali kadrlar tayyorlash (MKT = 0,19) yo‘nalishidagi tadbirlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №4179-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash orqali oliy ta’lim tizimida menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi asosida davlat-xususiy sherikligini boshqarish mexanizmi ni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning konseptual modeli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishning loyiha konsepsiyasini tayyorlash (LK ≤ 3), tender jarayonlarini tashkil etish (3 ≤ TJ ≤ 6), moliyalashtirishni tashkil qilish (6 ≤ M ≤ 9), loyihalarni amalga oshirish va monitoring (9 ≤ LM ≤ 18), natijalarni baholash va jamoatchilikni xabardor qilish (18 ≤ NB ≤ 24) bosqichlariga ko‘ra muddat (oylar bo‘yicha) jihatidan maqbul chegaralarini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №4179-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda asosiy bosqichlarga ko‘ra oylar bo‘yicha muddat jihatidan maqbul chegaralarini belgilash orqali ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning konseptual modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini davlat-xususiy sherikligi loyihalari asosida uzoq muddatli rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №4179-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilga oliy ta’limda DXSh loyihalari sonini 260-285 taga etkazish, DXSh loyihalarining qiymati 6500-7200 mln.doll.ni tashkil etishi va oliy ta’lim qamrovi 71,5% ga etishi, PF-5847 Farmonidagi 50% maqsadni 5-6 yil oldin bajarish imkoni mavjudligi aniqlangan.