Allaberganova Nargiza Polvannazirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalari (Tayyorlov guruhi misolida)”,  13.00.08 –  Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6872
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Surayyo Saloxiddinovna - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,  (PhD), dotsent; Xudoyqulov Xol Jumaevich - pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“iqtisodiy tushunchalar”ni shakllantirishga qaratilgan motivatsion, intellektual va riskologik komponentlar tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalar yig‘indisini o‘zlashtirish, polifunksional yondashuvga asoslangan ta’limiy faoliyatlarda pedagogik-psixologik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida hamda ota-onalar bilan munosabatni tahliliy o‘rganishga ko‘ra aniqlashtirilgan; 
iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik STEAM ta’lim texnologiyasini rivojlanish markazlariga yo‘naltirish orqali tayyorlov guruhi bolalarida kun tartibiga asosan ta’lim-tarbiya faoliyatining turli polifunksional jihatlarini integratsiyalash o‘yin, muloqot, amaliy faoliyat hamda kuzatish asosida takomillashtirilgan;
polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish mualliflik modelini ishlab chiqish asosida bolalarda iqtisodiy tushuncha, masʼuliyat, tejamkorlik, tadbirkorlik va mehnatga ongli munosabatni shakllantirish, iqtisodiy tushunchalarni egallash jarayonini samarali tashkil etish, nazariy hamda amaliy jihatdan takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushuncha mazmuni, metodlari va vositalarining o‘zaro integratsiyasi, iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning metodik ta’minotini ishlab chiqish hamda iqtisodiy faoliyat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida samaradorlik oshirilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
“iqtisodiy tushunchalar”ni shakllantirishga qaratilgan motivatsion, intellektual va riskologik komponentlar tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalar yig‘indisini o‘zlashtirish, polifunksional yondashuvga asoslangan ta’limiy faoliyatlarda pedagogik-psixologik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida hamda ota-onalar bilan munosabatni tahliliy o‘rganishga ko‘ra taklif va tavsiyalaridan 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Maktabgacha pedagogika” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil                  30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-94 nashr ruxsatnomasi) Natijada, polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalar ongida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish orqali iqtisodiy tushuncha berishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash imkoni oshirilgan;
iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik STEAM ta’lim texnologiyasini rivojlanish markazlariga yo‘naltirish orqali tayyorlov guruhi bolalarida kun tartibiga asosan ta’lim-tarbiya faoliyatining turli polifunksional jihatlarini integratsiyalash o‘yin, muloqot, amaliy faoliyat hamda kuzatishga doir takliflardan 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Maktabgacha pedagogika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi            429-sonli buyrug‘i, 429-94 nashr ruxsatnomasi) Natijada, polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish mualliflik modelini ishlab chiqish asosida bolalarda iqtisodiy tushuncha, masʼuliyat, tejamkorlik, tadbirkorlik va mehnatga ongli munosabatni shakllantirish, iqtisodiy tushunchalarni egallash jarayonini samarali tashkil etish, nazariy hamda amaliy jihatdan taklif va tavsiyalari 60110200 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Maktabgacha pedagogika” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i,              429-94 nashr ruxsatnomasi) Natijada, tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish jarayonini tizimli tashkil etish va uning mazmun-metodik ta’minotini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushuncha mazmuni, metodlari va vositalarining o‘zaro integratsiyasi, iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning metodik ta’minotini ishlab chiqish hamda iqtisodiy faoliyat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida “Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyalari (Tayyorlov guruhi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalarining amaliyotga tatbiqi yuzasidan ma’lumotnoma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-martdagi 03-33-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polifunksional yondashuv asosida tayyorlov guruhi bolalarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish