Mo‘minov Shermuhammad Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolarni boshqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.07– ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Ped.373.2
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc) professor Abdumajidova Dildora Yo‘ldoshevna, p.f.d. (DSc), professor, Yo‘ldoshev Maqsud Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolarni boshqarish texnologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolar kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar nizoni keltirib chiqaruvchi ta’sir mexanizmlari guruhlariga asosan psixologik, kommunikativ, boshqaruv va tashkiliy darajalariga ko‘ra funksional tarzda aniqlangan;
vertikal nizolarni boshqarish mexanizmi motivatsion-emotsional, tashkiliy-menejerlik va kommunikativ unsurlarni qamrab olgan innovatsion boshqaruvning konseptual asosiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolarni boshqarishning menejer–pedagog–tarbiyachi o‘zaro hamkorligiga asoslangan, refleksiv-kompetensiyaviy yondashuvni integratsiyalovchi takomillashtirilgan boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining vertikal nizolarni boshqarish texnologiyasi vertikal nizolarni oldini olish, ularni samarali boshqarish va konstruktiv hal etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mehnat masalalarini rivojlantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolar dinamikasini boshqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida quyidagi ilmiy-metodik natijalar olingan:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vertikal nizolar kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli tarzda tahlil qilinib, ularning nizoni keltirib chiqaruvchi ta’sir mexanizmlari psixologik, kommunikativ, boshqaruv va tashkiliy darajalarga ko‘ra funksional asosda aniqlangan. Ushbu yondashuv asosida nizolarni erta aniqlash, ularning sabablari va oqibatlarini baholash hamda profilaktika choralarini belgilash bo‘yicha menejerlik kurslarining o‘quv moduliga “Maktabgacha ta’limda boshqaruv psixologiyasi” mavzusi kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-maydagi 03-33-1352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tizimida rahbar va pedagog xodimlarning konfliktologik xabardorligi oshdi, nizolarni oldini olish bo‘yicha amaliy mexanizmlar shakllandi.
vertikal nizolarni boshqarish mexanizmi motivatsion-emotsional, tashkiliy-menejerlik va kommunikativ unsurlarni qamrab olgan innovatsion boshqaruvning konseptual modeli asosida ishlab chiqish asosida rahbarlarning boshqaruv madaniyati, kommunikativ kompetensiyasi va emotsional barqarorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalardan “Jamoada sog‘lom psixologik muhit yaratish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-maydagi 03-33-1352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rahbarlarning nizoli vaziyatlarda qaror qabul qilish samaradorligi oshdi, nizolarni konstruktiv yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tizimli yondashuv amaliyotga tatbiq etildi.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida menejer–pedagog–tarbiyachi o‘zaro hamkorligiga asoslangan, refleksiv-kompetensiyaviy yondashuvni integratsiyalovchi takomillashtirilgan boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Ushbu model asosida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, muloqot madaniyatini rivojlantirish va jamoada sog‘lom psixologik muhit yaratish bo‘yicha metodik ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi fundamental tadqiqot loyihasining “IL-402104274 – Yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platformasini yaratish” doirasida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qo‘qon Davlat universitetining 2025-yil 10- maydagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyiha bilan uzviy bog‘liqlikda tadqiqot natijalari ta’lim tizimini innovatsion asosda boshqarish, qo‘llab-quvvatlash hamda rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining vertikal nizolarni boshqarish texnologiyasi vertikal nizolarni oldini olish, ularni samarali boshqarish va konstruktiv hal etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirildi. Mazkur yo‘nalishda “Boshqaruv psixologiyasi” o‘quv moduli, trening dasturi va metodik qo‘llanma ishlab chiqilib, rahbarlarning konfliktologik tayyorgarligini oshirish tizimiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-maydagi 03-33-1352-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rahbarlarning nizolarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi, jamoalarda psixologik barqarorlik va boshqaruv samaradorligi sezilarli darajada oshdi.