Tursunov Hojiakbar Hamidullo o‘g‘lining 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kar va zaif eshituvchi yuqori sinf o‘quvchilarining  axborot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari”. 13.00.03 – Maxsus pedagogika 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped8868.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharofutdinova Ra’no Shavkatovna, pedagogika fanlari  doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavxar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Voxobova Muniraxon Sadirdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda axborot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etishning korreksion-rivojlantiruvchi jarayonlarini vizual-jest bilan ichki integrallashuv darajasining real ta’limiy sharoitdagi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
nutqiy muloqot korreksion fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari mobil muloqot va axborot kompetensiyasini dars va mashg‘ulot aloqadorligida shakllantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan  “IT Navigator” ilovasini fikr va assotsiatsiya uyg‘unligida ta’sirchan refleksiya muhitida modifikatsiyalash asosida ochib berilgan; 
yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda axborot kompetensiyasini rivojlantirish modelining korreksion-didaktik komponenti kognitiv faoliyatda integrativ lug‘atni o‘zlashtirishga doir algoritmik bosqichlarda ta’limiy faollashtiruvchi axborotli-metodik majmuani kompensatsiya darajasi dinamikligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda axborot  kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari imitatsion o‘qitish shakllarini aralash ta’lim (blended learning) jarayonida adaptiv qo‘llashga doir ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarida axborot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etishning korreksion-rivojlantiruvchi jarayonlarini vizual-jest bilan ichki integrallashuv darajasining real ta’limiy sharoitdagi barqarorligini ta’minlashga oid takliflari “Media va axborot savodxonligi” nomli o‘quv qo‘llanmasini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, 509034-raqamli guvohnoma). Natijada, yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
nutqiy muloqot korreksion fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari mobil muloqot va axborot kompetensiyasini dars va mashg‘ulot aloqadorligida shakllantirishni ta’minlashga oid takliflari  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish Agentligi tomonidan Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida shaxmat sport turini ommalashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 22-fevraldagi 326/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning muloqot qilish yo‘llari va ijtimoiylashtirish  mexanizmlari amaliyotga keng joriy etish imkoniyati yaratilgan; 
yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda axborot kompetensiyasini rivojlantirish modelining korreksion-didaktik komponenti kognitiv faoliyatda integrativ lug‘atni o‘zlashtirishga doir algoritmik bosqichlarda ta’limiy faollashtiruvchi axborotli-metodik majmuani kompensatsiya darajasi dinamikligida qo‘llash bo‘yicha takliflari “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning “S-PM-26”-sonli shartnomasi asosida beg‘araz qon donorlik innovatsion loyihasida amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi «Raqamli texnologiyalar markazi» unitar korxonasining 2025-yil 15-maydagi 008/05.25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishning dasturiy-texnik imkoniyatlarini kengaytirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish