Ilmuratov Shovkat Maxsumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘allachilik klasterlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3424
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baltashev Jursinbay Muratbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘allachilik klasterlarining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “g‘allachilik klasterlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni g‘alla etishtirish va sotish jarayonlaridagi qiymat zanjirini “fermer - kooperatsiya - logistika - qayta ishlash - moliya - raqamli monitoring” elementlari asosida yagona boshqaruv platformasiga birlashtirib, resurslar samaradorligi hamda daromad barqarorligini ta’minot zanjirlari orqali optimallashtirish jihatidan takomillashtirilgan;
g‘allachilik klasterlari samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlari tizimi «a’lo» (Ki > 1), «yaxshi» (Ki = 0,1dan 1,0 gacha), «qoniqarli» (Ki= -1,0 dan 0,1gacha), «yomon» (Ki < -1) mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
mintaqaviy (hududiy) g‘allachilik klasterlarining namunaviy tuzilmasi hamda ularning faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi innovatsion rivojlanish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, yangi biznesni yaratish, sinergetik ta’sirni tatbiq etish orqali umumiy iqtisodiy samarani ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
g‘allachilik klasterlarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari va xususiyatlari, samaradorligini belgilovchi omillar tizimini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar g‘alla etishtirish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘allachilik klasteri tizimidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish samaradorligini va rentabelligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “g‘allachilik klasterlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini g‘alla etishtirish va sotish jarayonlaridagi qiymat zanjirini “fermer - kooperatsiya - logistika - qayta ishlash - moliya - raqamli monitoring” elementlari asosida yagona boshqaruv platformasiga birlashtirib, resurslar samaradorligi hamda daromad barqarorligini ta’minot zanjirlari orqali optimallashtirish jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion iqtisodiyot” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 8-apreldagi
1-9-6/68-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda g‘alla etishtirish va sotish jarayonlarida resurslar samaradorligi hamda daromad barqarorligini ta’minot zanjirlari orqali optimallashtirish jihatidan takomillashtirilgan “g‘allachilik klasterlari” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
g‘allachilik klasterlari samaradorligini baholashning integral ko‘rsatkichlari tizimi «a’lo» (Ki > 1), «yaxshi» (Ki = 0,1dan 1,0 gacha), «qoniqarli» (Ki= -1,0 dan 0,1gacha), «yomon» (Ki < -1) mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi
№05/05-04-509-son hamda Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025-yil 15-iyuldagi 02/10-1205-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliy tatbiqi klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish zanjirining barqarorligini oshirish, g‘allachilik sohasini klaster asosida tashkil etish jarayonlarini ilmiy asoslash, hududlar bo‘yicha ixtisoslashuv yo‘nalishlarini aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
mintaqaviy (hududiy) g‘allachilik klasterlarining namunaviy tuzilmasi hamda ularning faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi innovatsion rivojlanish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, yangi biznesni yaratish, sinergetik ta’sirni tatbiq etish orqali umumiy iqtisodiy samarani ta’minlash jihatidan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi
№05/05-04-509-son hamda Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025-yil 15-iyuldagi №02/10-1205-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi klaster tarkibidagi ishtirokchilar o‘rtasidagi manfaatlarni muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish zanjirining samaradorligini oshirish va klasterning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
g‘allachilik klasterlarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari va xususiyatlari, samaradorligini belgilovchi omillar tizimini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan g‘alla etishtirish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi №05/05-04-509-son hamda Sirdaryo viloyati “Bobur qishloq xo‘jaligi” MChJning 2025-yil 25-iyundagi 04/185-son ma’lumotnomalari). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida klaster tarkibiy bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni baholash, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini bergan.