Djumanov Turat Alimbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5731.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Razzaqov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi korxonalarining daromad shakllanishi va moliyaviy holatini kompleks baholash uchun “Moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichi (MBIK)” metodikasini 10 ta asosiy moliyaviy ko‘rsatkich bo‘yicha ishlab chiqish taklif etilgan;
milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi ekinlarini eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirib, “Uzbek seeds” milliy brendi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini 15 foizini eksport qilish taklif etilgan;
oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshirish orqali lizing to‘lovini 10 foizini oldindan to‘lash, 10 foiz tashabbuskorlar ulushini esa 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshirish taklif etilgan;
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan xaridorlarga qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha bo‘lgan muddatga berish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi korxonalarining daromad shakllanishi va moliyaviy holatini kompleks baholash uchun “Moliyaviy barqarorlik integral ko‘rsatkichi (MBIK)” metodikasini 10 ta asosiy moliyaviy ko‘rsatkich bo‘yicha ishlab chiqish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabr 05/04-04-688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha yillik real o‘sish sur’ati masalan 4-5 foiz bo‘lsa, MBIK metodikasi orqali boshqaruv qarorlarini aniqroq qabul qilish bu sur’atni 1,5-2 baravar oshirish imkoniyatini yaratgan;
milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi ekinlarini eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirib, “Uzbek seeds” milliy brendi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini 15 foizini eksport qilish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabr 05/04-04-688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyani amaliyotga joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining 15 foizini “Uzbek seeds” brendi bilan eksport qilish, yuqori narxda sotish brendli va eksportbop urug‘larni odatda ichki bozorga nisbatan 15-30 foiz qimmatroq sotish imkoniyati yaratilgan;
oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshirish orqali lizing to‘lovini 10 foizini oldindan to‘lash, 10 foiz tashabbuskorlar ulushini esa 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshirish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabr 05/04-04-688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu model orqali iqtisodiy faollik oshirilib, kichik biznesni rag‘batlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga zamin yaratiladi, shuningdek, lizing foizi past (3-5 foiz) bo‘lsa, barqarorlik 10-15 foizga oshishiga olib kelgan;
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan xaridorlarga qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha bo‘lgan muddatga berish taklifi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabr 05/04-04-688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muddati 10 yilgacha, boshlang‘ich to‘lov 5-10 foiz (texnika qiymatidan). Imtiyozli davr 1-2 yil (faqat foiz to‘lanadi, asosiy qarz keyinroq to‘lanadi), zamonaviy texnika bilan ta’minlash orqali, texnika parkini yangilash, eskirish darajasini 65 foizdan 25 foizga tushirish imkoniyati yaratilgan.